Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish
shoʻbasi metodistining lavozim
Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur
lavozim
yoʻriqnomasi
Maktabgacha
taʼlim
tashkilotlarini
muvofiqlashtirish shoʻbasi metodisti
(bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim
majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2.Metodist Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻi (bundan buyon matnda
— boshliq) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Metodist bevosita boshqarma boshligʻi, oʻrinbosar va shoʻba boshligʻiga boʻysunadi
va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga
oshiradi.
3. Metodist lavozimiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini
egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan, kamida ikki
yillik ish stajiga ega boʻlgan, sohaga oid normativ huquqiy hujjatlarni tushunadigan, hujjatlar
bilan ishlash layoqatiga ega hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi tayinlanadi.
4. Metodist Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va
farmoyishlariga,
Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
qarorlari
va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga, boshqarma boshligʻi
koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda
vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi) hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini
olib boradi.