• 2-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari
  • Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish Shoʻba si boshligʻining lavozim




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish Shoʻba si boshligʻining lavozim 
    yoʻriqnomasi
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur 
    lavozim 
    yoʻriqnomasi 
    Pedagog 
    kadrlar 
    salohiyatini 
    oshirishni 
    muvofiqlashtirish Shoʻbasi boshligʻi
     
    (bundan buyon matnda – Shoʻba boshligʻi)ning lavozim 
    majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Shoʻba boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, 
    Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda 
    Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra Vazirlik bilan kelishilgan holda lavozimga 
    tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
    Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, 
    vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq 
    buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan 
    holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Shoʻba boshligʻining lavozim majburiyatlari 
    4. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: 
    vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
    koʻrsatmalariga, agentlikning qarorlari va buyruqlari, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq 
    buyruqlari va topshiriqlari bilan Shoʻbaga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini 
    taʼminlash; 
    Shoʻba 
    faoliyatiga 
    umumiy 
    rahbarlik 
    qilish, 
    uning 
    yillik, 
    choraklik
    va istiqbol ish rejalarining ishlab chiqilishini tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish 
    rejasi bilan muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat 
    qilish; 
    ish taqsimoti asosida Shoʻba xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini 
    taʼminlash; 
    boshqarmaning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, faoliyat 
    yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻish, tahlil qilish; 
    vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarmaning buyruq, xat va hujjatlari 
    loyihalarini tayyorlash va rahbariyatga imzoga kiritish; 
    umumiy faoliyati yuzasidan boshqarma rejasiga koʻra apparat yigʻilish, hayʼat majlisi va 
    ishlab chiqarish yigʻilishlariga maʼlumotlar tayyorlash va boshqarma boshligʻi va uning birinchi 
    oʻrinbosariga taqdim etish; 
    Shoʻba xodimlarining kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil 
    etish, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya qilish, ish taqsimoti asosida Shoʻba xodimlarining 
    huquq va majburiyatlarini belgilash, xodimlar oʻrtasidagi vazifalar taqsimotiga zaruriyatga qarab 
    tegishli oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, Shoʻba vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish 
    chora-tadbirlarini belgilash; 
    oʻz yoʻnalishi boʻyicha hududiy tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi Shoʻba 
    lari rahbar va kadrlari bilan ishlash; 
    boshqarmaning boshqa Shoʻbalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, Shoʻba
    faoliyatiga doir maʼlumotlar hamda hududlardan malaka oshirish faoliyatiga oid axborotlarni 
    yigʻish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash; 


    maktab taʼlimi tashkilotlari pedagog kadrlarining kasbiy mahoratini diagnostikadan 
    oʻtkazish va bilim koʻrsatkichlarini baholash sinovlarida ishtirok etishini taʼminlash; 
    tizimdagi maktabgacha va maktab taʼlimi rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz kasbiy 
    rivojlantirish kurslariga oʻz vaqtida va toʻla jalb qilinishini taʼminlash; 
    tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan navbatdagi kalendar 
    yilda rahbar va pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish boʻyicha shakllantirilgan buyurtmalarni 
    malaka oshirish yoʻnalishlari va tashkilotlari boʻyicha guruhlarga ajratgan holda umumlashtirsh; 
    pedagog kadrlar kasbiy rivojlantirish boʻyicha umumlashtirilgan buyurtmalarni 
    Vazirlikka taqdim etish; 
    tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining “Uzluksiz kasbiy taʼlim” 
    maxsus elektron platformasi bilan ishlash faoliyatini muvofiqlashtirish; 
    uzluksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish va qayta tayyorlash) kurslarining oʻquv 
    rejasi, dasturi, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlarini tayyorlash, oʻquv kurslarining davomiyligi 
    hamda ularni tashkil etish shakllari boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritish; 
    tizimda faoliyat koʻrsatayotgan pedagog xodimlar malakasini oshirish istiqbol rejalarini 
    belgilash, yillik reja asosida malaka oshirishga yuborilishini nazorat qilish; 
    rahbar va pedagog kadrlarni malakasini oshirishda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot 
    instituti va hududiy Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari bilan 
    hamkorlikda ishlash va ularni oʻz vaqtida malaka oshirish kurslariga jalb etish; 
    jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va chaqiruvga qadar boshlangʻich rahbarlarini 
    malakasini oshirishda hududiy pedagogika oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish; 
    pedagoglarni malakasini oshirish bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari 
    bilan hamkorlik qilish; 
    muayyan mutaxassislikka talab ortishi munosabati bilan ayrim pedagog kadrlarning qayta 
    ixtisoslashuvi yuzasidan Vazirlikka takliflar kiritish; 
    oʻrta maxsus maʼlumotli pedagoglarni maxsus sirtqi va sirtqi Shoʻbalarda oʻqish uchun 
    oliy taʼlim tashkilotlariga yoʻnaltirish ishlarini amalga oshirish; 
    taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali 
    metodlarini joriy etish; 
    kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, 
    texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. 
    oʻziga berilgan vakolatlar doirasida Shoʻbaga kelib tushgan xat, ariza va shikoyatlar 
    hamda murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish; 
    boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki 
    mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi 
    qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining 
    ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; 
    xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va 
    ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
    maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin 
    boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy 
    axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya 
    qilinishini taʼminlash; 
    foydalanish 
    uchun 
    oʻziga 
    topshirilgan 
    mebel, 
    xona 
    jihozlari, 
    tashkiliy
    va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
    5. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 



    Download 3,57 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagog kadrlar salohiyatini oshirishni muvofiqlashtirish Shoʻba si boshligʻining lavozim

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish