oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
8. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi
metodisti qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
4-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi
metodistining
javobgarligi
9. Metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda shoʻba nizomiga muvofiq shoʻbaga
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
10. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi faoliyati bilan bogʻliq
boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi.
11. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari,
tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
12. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasida hujjatlar bilan
ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob beradi.
13. Metodist imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan
xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
14. Metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.