|
-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish Pdf ko'rish
|
bet | 104/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish
shoʻbasi boshligʻining huquqlari
7. Shoʻba boshligʻi quyidagi huquqlarga ega:
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi faoliyatiga yakka
boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini
muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va funksional vazifalar, aniq
topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilash;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi
zimmasiga yuklatilgan
vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, xulosalar
va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman (shahar) boʻlimlari, tasarrufdagi tashkilotlar
shuningdek
boshqarma
rahbariyati
bilan
kelishilgan
holda
boshqa
davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro
hamkorlik qilish;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi zimmasiga yuklangan
vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbarlari bilan kelishgan holda boshqarma tarkibiy
boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlaridan xodimlarini jalb etish,
shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va malakali ekspertlarini, shu jumladan,
fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha boshqarma boshligʻiga taklif kiritish;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi vakolatiga kiruvchi
masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar)
boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif
tayyorlash;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa,
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish
shoʻbasi xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak
koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish
va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
8. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini muvofiqlashtirish shoʻbasi boshligʻi qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni amalga oshiradi.
|
| |