Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat koʻrsatishni muvofiqlashtirish
shoʻbasi bosh mutaxassisning lavozim yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat
koʻrsatishni muvofiqlashtirish shoʻbasi bosh mutaxassis
(bundan buyon matnda –bosh
mutaxassis)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod
etiladi.
Bosh mutaxassis bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati
tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma
boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.