muassasalari, boshqaruv organlari, vazirlik rahbariyati topshirigʻiga asosan davlat va xoʻjalik
boshqaruvi boshqa organlari bilan samarali amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishda Boshqarma
boshligʻiga koʻmaklashadi;
boshqarmada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan choraklik, yarim yillik va yillik
hisobotlarni tayyorlash;
vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruq va farmoyishlarini, boshqarma boshligʻi,
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlash;
boshqarma boshligʻi oʻrinbosari yoʻqligida uning vazifasini bajarish;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida boshqarma boshligʻi va boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
oldida hisobot beradi.
7. Bosh mutaxassisi quyidagilarni bajarishi shart:
Hudud aholisining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, fuqarolarning oʻzini
oʻzi boshqarish organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan takliflarni
oʻrganish natijalari boʻyicha tanlov eʼlon qilish orqali davlat-xususiy sheriklikning loyihasini
amalga oshirishni taklif qilish;
davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat umumtaʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga
qoʻyish:
xususiy sherikka obyektni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni belgilangan
muddatlarda, tartibda va shartlarda taqdim etishi;
xususiy sheriklarga qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar
taqdim etilishida koʻmaklashishi;
davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat umumtaʼlim tashkilotlarida
xorijiy tajribalarning oʻrganilishi, ulardan oʻrnatilgan tartibda foydalanilishi boʻyicha metodik
yordamlar uyushtirish;
8. Shoʻba boshligʻi quyidagi vakolatlarga ega boʻlishi kerak:
harakatchanlikka intilish – butun kuch-gʻayrati bilan ishlash, qisqa vaqt mobaynida reja
tuzish va rejaga asosan harakat qilishga tayyor boʻlish;
noaniqlik sharoitlarida harakat qilish qobiliyatiga ega boʻlish – oʻzgarishlarga yaxshi
moslashish, axborot yetishmasligi sharoitlarida qarorlar qabul qilishga va harakat qilishga
koʻnikmalarga ega boʻlish;
intellektual salohiyat – yaxshi intellektual qobiliyatlar, kuzatuvchanlik, oʻtkir zehnga ega
boʻlish;
tashkilotchilik qobiliyatlari – koʻrsatilgan muddatlarda qoʻyilgan vazifani bajarish uchun
barcha zarur resurslar (xodimlar, vositalar v.h.)ni yigʻa olish koʻnikmalari;
muammolarni yechish – yechim variantlarini kompleks oʻrganish orqali murakkab
masalalarni yecha olish va sezilarli natijalarga erishishga intilish qobiliyati;
yaxshi rivojlangan strategik fikrlash.