oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish.
shoʻba
faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish,
boʻysunuvidagi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va
funksional vazifalar, aniq topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik
doirasini belgilash;
shoʻba
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan
maʼlumotlar, xulosalar va boshqa hujjatlarni boshqarma xodimlari va tuman (shahar) boʻlimlari,
tasarrufdagi tashkilotlar shuningdek boshqarma rahbariyati bilan kelishilgan holda boshqa davlat
va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va ular bilan oʻzaro
hamkorlik qilish;
shoʻba zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun boshqarma rahbarlari bilan
kelishgan holda boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar)
boʻlimlaridan xodimlarini jalb etish, shuningdek boshqa tashkilotlarning mutaxassislari va
malakali ekspertlarini, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etilishi boʻyicha
boshqarma boshligʻiga taklif kiritish;
shoʻba vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari,
tasarrufdagi tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va
kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif tayyorlash;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa,
elektron pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
mehnat qonunchiligi asosida shoʻba xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan
ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish yuzasidan
boshqarma boshligʻiga takliflar kiritish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini
oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
7. Shoʻba boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi
mumkin.