Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish Shoʻbasi bosh mutaxassisining
lavozim
Yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur
lavozim yoʻriqnomasi Taʼlim tashkilotlarida
tarbiyaviy ishlarni
muvofiqlashtirish Shoʻba si bosh mutaxassisi (keyingi oʻrinlarda – bosh mutaxassis) shoʻba
boshligʻining topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi.
2. Bosh mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi
oʻrinlarda Hududiy boshqarma deb yuritiladi) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
Bosh mutaxassis bevosita boshqarma boshligʻi va shoʻba boshligʻiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning
buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini
nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga
amal qilgan holda
faoliyatini olib boradi.