hududlar boʻyicha kitobxonlik toʻgaraklari faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni oladi
va umumlashtiradi;
statsionar va kunduzgi oromgohlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy va uslubiy
yordam koʻrsatadi;
oʻziga tegishli boʻlgan yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun
Boshqarma boshligʻiga kiritadi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga
rioya etadi;
Boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, murojaatlarini
oʻz vaqtida koʻrib chiqadi, sayyor qabullar tashkil etadi;
murojaatlarda koʻtarilgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha Boshqarma boshligʻiga
tegishli takliflar kiritadi.
5. Metodistga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.