• 2-bob. Shoʻba boshligʻining majburiyatlari
  • Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat Shoʻbasi boshligʻi lavozim




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat Shoʻbasi boshligʻi lavozim
    yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat 
    shoʻbasi boshligʻi
     
    (bundan buyon matnda – shoʻba boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, 
    huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
    Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻlimi bilan kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
    Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab 
    taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra 
    lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
    Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
    va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
    farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma 
    boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va 
    Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari) amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 
    2-bob. Shoʻba boshligʻining majburiyatlari 
    4. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: 
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va boshqa 
    qonun hujjatlari, vazirlik hayʼati qarorlari, vazir va uning oʻrinbosarlarining buyruqlari va 
    topshiriqlari bilan oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida taʼminlash hamda 
    idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish; 
    yoʻnalishi boʻyicha kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha boshqarma 
    boshligʻiga takliflar taqdim etish, ularning professional, oʻz ishini bilishi, amaliy tajribaga, 
    yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini 
    taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish, mutasaddilik 
    qilinadigan boʻlinmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish; 
    yoʻnalishi boʻyicha xodimlarni ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu 
    jumladan, ularning egallab turgan lavozimida qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib 
    chiqish boʻyicha takliflarni boshqarma boshligʻi (vazir)ga kiritish, funksional vazifalar va 
    yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha tizimli 
    chora-tadbirlar koʻrish; 
    oʻz yoʻnalishi boʻyicha taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish boʻyicha 
    amaliy-uslubiy yordam berish; 
    turli yoshdagi iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash tadbirlarini oʻtkazish, ularni 
    saralash va taʼlim tizimining ayrim fanlar chuqurlashtirilib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan davlat 
    umumtaʼlim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga qabul qilish komissiyasi 
    faoliyatida ishtirok etish; 
    5. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart: 
    ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, 
    mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; 
    Boshqarma boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli 
    bajarishni taʼminlashi; 
    bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boshqarma boshligʻi oldida hisobot berishi. 



    Download 3,57 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va psixologik xizmat Shoʻbasi boshligʻi lavozim

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish