• 4-bob. Shoʻba boshligʻining javobgarligi
  • -bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet144/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    3-bob. Shoʻba boshligʻining huquqlari 
    6. Shoʻba boshligʻi quyidagi huquqlarga ega: 
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa 
    normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 
    maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga tegishli masalalar boʻyicha hududiy boʻlinmalar 
    faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar ishlab 
    chiqish va ularni boshqarma boshligʻi (vazir)ga kiritish; 
    viloyat miqyosidagi psixologik-pedagogik tashxis va defektologiya yoʻnalishi boʻyicha 
    konferensiyalar, forumlar, seminar-treninglar, koʻrik-tanlovlar tashkil etish; 
    ilgʻor pedagogik va psixologik metodikalarni oʻrganish va ularni mahalliy sharoitga 
    moslashtirib amaliyotga tatbiq etish ishlarini muvofiqlashtirish; 
    oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun kasbiy maslahatlar berish; 
    umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlarida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot 
    oyligi va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish; 
    umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarni kasbga oʻrgatish jarayonlarini tashkil 
    etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
    umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi psixologlarni attestatsiyadan oʻtkazish ularni 
    malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish; 
    “Deviant” xulqli oʻquvchi-yoshlarning muammolari bilan bogʻliq psixologik maslahat 
    tadbirlarini oʻtkazish; 
    nutqida nuqsoni bor bolalarni aniqlash, hisobga olish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 
    qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etilishini nazorat qilish va ularning faoliyatini 
    muvofiqlashtirib borish; 
    4-bob. Shoʻba boshligʻining
    javobgarligi 
    8. Shoʻba boshligʻi oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga 
    yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
    9. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob 
    beradi. 
    10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    11. Shoʻbada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga 
    shaxsan javob beradi. 
    12. Shoʻba boshligʻi imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
    13. Shoʻba boshligʻi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan 
    zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun 
    Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy 
    javobgardir. 



    Download 3,57 Mb.
    1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish