|
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari Pdf ko'rish
|
bet | 146/322 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 3,57 Mb. | | #239820 |
Bog'liq lavozim yoʻriqnomalari
3-bob. Metodistning huquqlari
6. Metodist quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga tegishli masalalar boʻyicha hududiy boʻlinmalar
faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflar ishlab
chiqish va ularni boshqarma boshligʻi (vazir)ga kiritish;
viloyat miqyosidagi psixologik-pedagogik tashxis va defektologiya yoʻnalishi boʻyicha
konferensiyalar, forumlar, seminar-treninglar, koʻrik-tanlovlar tashkil etish;
ilgʻor pedagogik va psixologik metodikalarni oʻrganish va ularni mahalliy sharoitga
moslashtirib amaliyotga tatbiq etish ishlarini muvofiqlashtirish;
oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun kasbiy maslahatlar berish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlarida “Kasb va yoshlar” ochiq muloqot
oyligi va boshqa shu kabi tadbirlarni tashkil etish;
umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi psixologlarni attestatsiyadan oʻtkazish ularni
malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
“Deviant” xulqli oʻquvchi-yoshlarning muammolari bilan bogʻliq psixologik maslahat
tadbirlarini oʻtkazish;
nutqida nuqsoni bor bolalarni aniqlash, hisobga olish, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari
qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etilishini nazorat qilish va ularning faoliyatini
muvofiqlashtirib borish;
4-bob. Metodistning
javobgarligi
8. Metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
9. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob
beradi.
10. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
11. Shoʻbada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga
shaxsan javob beradi.
12. Metodist imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka
muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy
javobgardir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari
|