Hududiy
boshqarma
tasarrufidagi
muassasa
va
tashkilotlar,
shuningdek,
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va
tashkilotlarning xarajatlar smetasi, shtatlar jadvallari va tarifikatsiya roʻyxatlarini
tuzish uchun
tegishli boʻlgan koʻrsatkichlar oʻzgarishini tahlil qilib borilishini taʼminlaydi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari va davlat maktabgacha taʼlim
tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab
taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan shtatlar jadvalini qabul qilinishini va tahlil qilgan holda
jamlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim
tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruhlar boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab
taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan xarajatlar smetalarini qabul qilinishini va tahlil qilgan
holda jamlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilishini taʼminlaydi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumiy oʻrta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim
tashkilotlarining ish haqi toʻlovlari boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimlari tomonidan yuborilgan qoʻshimcha mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni qabul
qilinishini va tahlil qilgan holda jamlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborilishini
taʼminlaydi;
Hududiy
boshqarma,
tasarrufidagi
muassasa
va
tashkilotlar,
shuningdek,
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va
tashkilotlarida
ortiqcha
rejalashtirilganligi
aniqlangan
mablagʻlar,
shtat
birliklari
toʻldirilmaganligi, shuningdek, tarmoq, shtatlar va kontingentlar boʻyicha reja bajarilmaganligi
natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlarni chegirish boʻyicha doimiy tahlil qilib borilishini
taʼminlaydi, chegiriladigan mablagʻlar toʻgʻrisida Hududiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga
axborot
kiritib boradi;
Hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirilishini (daromadlarini oshirishni) tahlil qilib boradi hamda
xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Boʻlim, Hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalar hamda
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari xodimlari tomonidan vazirlik topshiriqlarini
bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻyilgan taqdirda, ularga chora koʻrish
yuzasidan Hududiy
boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga taklif kiritadi;
Boʻlimning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, faoliyat
yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻish, tahlil qilish va birgalikda ishlashni tashkil
qiladi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va boshqa taʼlim muassasalari
va tashkilotlarga kiritiladigan lavozimlar boʻyicha ish haqi toʻlovlari, ustama haq va boshqa
qoʻshimcha toʻlovlar belgilanishi yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan holatlarda
metodik yordam koʻrsatadi;
Hududiy boshqarma tizimidagi tashkilot va muassasalarning bosh hisobchi va bosh
iqtisodchilariga oʻquv-treninglar tashkil etadi;
hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar
va boshqa
tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan
shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi;
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona
foydalanish, mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va
kamchiliklar kelib chiqishi mumkin boʻlgan
holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya
etishni taʼminlaydi;
Hududiy
boshqarma,
tasarrufidagi
tashkilot
va
muassasalar,
shuningdek,
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va
tashkilotlarning xarajatlar smetasi rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirish
holatlarini tahlil qilinishini taʼminlaydi;
tashkilot va muassasalar, korxonalar va fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ular
yuzasidan hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlashni taʼminlaydi, yuridik va
jismoniy shaxslarni shaxsan qabul qiladi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Hududiy
boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga axborot kiritib boradi.