Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarning birinchi va ikkinchi guruhlar
boʻyicha tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan
xarajatlar smetalarini qabul qiladi va va tahlil qilgan holda jamlab Maktabgacha va maktab
taʼlimi vazirligiga yuborishga tayyorlaydi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tomonidan qamrab olingan, respublika
budjetidan moliyalashtiriladigan umumtaʼlim muassasalarining ish haqi toʻlovlari boʻyicha
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan yuborilgan qoʻshimcha
mablagʻ ajratish uchun buyurtmanomalarni qabul qiladi va va tahlil qilgan holda jamlab
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuborishga tayyorlaydi;
Hududiy boshqarma tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning budjetdan tashqari
jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirilishini (daromadlarini oshirishni) tahlil qilib boradi hamda
xarajatlarni optimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari va boshqa taʼlim
muassasalarining kiritiladigan lavozimlar boʻyicha ish haqi toʻlovlari, ustama haq va boshqa
qoʻshimcha toʻlovlar belgilanishi yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelgan holatlarda
metodik yordam koʻrsatadi;
taqsimlangan Hududiy boshqarma, tasarrufidagi tashkilot va muassasalar, shuningdek,
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab olingan muassasa va
tashkilotlar boʻyicha xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablagʻlarni oʻz vaqtida oʻzlashtirib
borish holatlarini tahlil qiladi;
moliyaviy masalalarga oid oʻquv-treninglarda ishtirok etadi;
hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va
boshqa tadbirlarni tashkil qiladi, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan
shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etadi;
Davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib
chiqishi mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, budjet intizomiga rioya etishni tahlil qiladi;
tashkilot va muassasalar, korxonalar va fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, ular
yuzasidan hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlaydi, zarur hollarda yuridik va
jismoniy shaxslarni shaxsan qabul qiladi;
Moliya boʻlimi