• Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi mudiri – bosh hisobchining lavozim Yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
  • -bob. Yetakchi mutaxassisning javobgarligi




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    4-bob. Yetakchi mutaxassisning javobgarligi 
    6. Yetakchi mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda nizomga muvofiq yuklatilgan 
    vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
    7. Yetakchi mutaxassis faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi 
    uchun javob beradi. 
    8. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    9. Yetakchi mutaxassis hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini 
    taʼminlashga shaxsan javob beradi. 
    10. Yetakchi mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
    11. Yetakchi mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga 
    asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
    bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda 
    intizomiy va moddiy javobgardir. 


    Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi mudiri – bosh hisobchining 
    lavozim 
    Yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi mudiri – 
    bosh hisobchi (bundan buyon matnda – bosh hisobchi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va 
    javobgarliklarini belgilab beradi. 
    2. Bosh hisobchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, 
    Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda 
    Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod 
    etiladi. 
    Bosh hisobchi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Bosh hisobchi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
    Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari 
    va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va 
    farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, 
    vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari, boshliq 
    buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan 
    holda faoliyatini olib boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Yetakchi mutaxassisning javobgarligi

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish