14. Bosh hisobchi mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan
zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda
intizomiy va moddiy
javobgardir.
Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi bosh mutaxassisi (hisobchi)ning lavozim
yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi bosh
mutaxassisi (hisobchi) (bundan buyon matnda – bosh mutaxassis)ning lavozim majburiyatlari,
huquqlari va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh mutaxassis Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri,
Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda
Hududiy boshqarma) boshligʻi buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi
va lavozimdan ozod
etiladi.
Bosh mutaxassis boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati tomonidan
tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari
va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga, vazirlikning Hayʼati qarorlari, vazirning
buyruq va farmoyishlariga,
vazirlikning hujjatlari hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning Hayʼati qarorlari,
boshliq
buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlagan
holda faoliyatini olib boradi.