va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan kirim qilinishini nazorat qiladi xamda vazirlikka hisobot
topshiradi;
-Buxgalteriyada sub schetlar boʻyicha tahliliy hisob kitoblar yuritadi;
-DSI hisobotlarni topshiradi;
-Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi boʻyicha
tartiblashtirilib, memorial-orderlar jamgʻarma vedomostlar bilan rasmiylashtiradi;
-Vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tizimdagi tashkilotlar va taʼlim
muassasalariga
metodik yordam koʻrsatishni tashkil etadi;
-Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish
tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (Adliya vazirligida 2001 yil 5 aprelda 1023-son
bilan roʻyxatga olingan) asosan boshqarma, tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimlari va taʼlim muassasalarining yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarini hisobdan
chiqarish boʻyicha tegishli hujjatlarni vazirlikka taqdim etadi; Boshqarma tizimidagi quyi
tashkilotlar chorak va yillik moliyaviy hisobotlari topshirish
muddatlarini belgilaydi, moddiy
boyliklar va pul mablagʻlari hisobini tashkil etish va ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazish muddatini
belgilaydi; Markazlashgan mablagʻlar, markazlashgan tadbirlar oʻtkazish bilan bogʻliq shaxsiy
hisob varaqlar boʻyicha sarf-xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻlarning hisob-kitobini
yuritadi.
-Buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javob beradi va ularning belgilangan tartibda
saqlovga topshirilishini taʼminlaydi;
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Maktabgacha va maktab
taʼlimi tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq barcha qarorlari boʻyicha tizimdagi taʼlim
muassasalari hisobchilariga metodik yordam koʻrsatish, tizimda uchrayotgan xato-kamchiliklarni
oldini olish maqsadida seminarlar tashkil etish;
-Statistika boshqarmasiga 1T, 1NH shakli (en kam ish haqi boʻyicha), 1 notijorat shakli
boʻyicha hisobotlarni
topshirish;
-Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga Koʻmaklashish jamgʻarmasiga umumtaʼlim
muassasalarinig budjetdan tashqari jamgʻarmalaridan oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha
hisobotlarni topshirish;
-Xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻlar boʻyicha shartnomalar tuzish va mablagʻlarning
toʻgʻri sarflanishini taʼminlash;
-Davlat aktivlarini roʻyxatga olish va butligini taʼminlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish
va property.davaktiv.uz saytiga hisobotlarning toʻgʻri kiritilishini taʼminlash.
-Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi;
-Boshqarmaning ish rejasi, shuningdek boshqarma boshligʻini topshirigʻiga asosan xizmat
safarlariga boradi;
-Boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun
hujjatlari
talablariga rioya qiladi;
-Faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan,
ommaviy axborot vositalarining murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi.
-Bosh mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
-Bosh mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalarining, jamoa va mehnat shartnomalarning talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilish;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boʻlim boshligʻi, tegishliligi boʻyicha boshqarma boshligʻi
oʻrinbosari va boshqarma boshligʻi oldida hisobot beradi.
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish,
sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining
ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya
qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
6. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.