-bob. Yetakchi mutaxassisning majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Yetakchi mutaxassisning majburiyatlari 
4. Yetakchi mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa 
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish; 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi 
qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini shaxar tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari 
tomonidan bajarilishini taʼminlaydi.
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari 
hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq buyruqlari va topshiriqlari 
bilan zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash; 
5. Yetakchi mutaxassis quyidagilarni amalga oshiradi: 
-Boshqarma xodimlarini mehnat va mehnatga haq toʻlash ishlarini muddatida kechiktirmay 
bajarilishini taʼminlaydi, xodimlarning oylik maoshini xisoblash, ularni oʻz vaqtida berib 
borilishini taʼminlash, moddiy va pul mablagʻlarini toʻgʻri saqlanishi va sarflanishini 
taʼminlaydi; 
-Buxgalteriya hisobini Yoʻriqnomaga va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan 
holda yuritadi;
-Hisobxona hujjatlarini oʻz vaqtida va toʻgʻri rasmiylashtirilishini hamda amalga 
oshirilayotgan operatsiyalarnining qonuniyligini doimiy nazorat qiladi; 
-Byudjet va byudjetdan tashqari mablagʻlarni harajatlar smetasida koʻzda tutilgan (unda 
belgilangan tartibda kiritilgan oʻzgarishlari bilan) muayyan maqsadlarga toʻgʻri va tejamli 
sarflanishini taʼminlaydi; 
-Viloyat moliya boshqarmasiga choraklik, yillik hisobot va balanslarni tuzib muddatida 
taqdim etadi (№ 1-shakl, 2-shakl, , 2-rj, debitor va kreditor qarzdorlik); 
-Markazlashgan tartibda ajratilgan mablagʻlarni maqsadli sarflaninishini taʼminlaydi, 
Umummilliy dastur asosida xarid qilingan va yetkazib berilgan mebel va oʻquv laboratoriya, 
sport jixozlarini hujjatlarini rasmiylashtiradi va belgilangan tartibda shaxar-tuman Maktabgacha 
va maktab taʼlimi boʻlimlari tomonidan kirim qilinishini nazorat qiladi hamda vazirlikka hisobot 
topshiradi; 


-Buxgalteriyada sub schetlar boʻyicha tahliliy hisob kitoblar yuritadi;
-DSI hisobotlarni topshiradi;
-Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi boʻyicha 
tartiblashtirilib, memorial-orderlar jamgʻarma vedomostlar bilan rasmiylashtiradi; 
-Vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tizimdagi tashkilotlar va taʼlim muassasalariga 
metodik yordam koʻrsatishni tashkil etadi;
-Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish 
tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (Adliya vazirligida 2001 yil 5 aprelda 1023-son 
bilan roʻyxatga olingan) asosan boshqarma, tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi 
boʻlimlari va taʼlim muassasalarining yaroqsiz holga kelgan asosiy vositalarini hisobdan 
chiqarish boʻyicha tegishli hujjatlarni vazirlikka taqdim etadi; Boshqarma tizimidagi quyi 
tashkilotlar chorak va yillik moliyaviy hisobotlari topshirish muddatlarini belgilaydi, moddiy 
boyliklar va pul mablagʻlari hisobini tashkil etish va ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazish muddatini 
belgilaydi; Markazlashgan mablagʻlar, markazlashgan tadbirlar oʻtkazish bilan bogʻliq shaxsiy 
hisob varaqlar boʻyicha sarf-xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻlarning hisob-kitobini 
yuritadi. 
-Buxgalteriya hujjatlarini saqlanishiga javob beradi va ularning belgilangan tartibda 
saqlovga topshirilishini taʼminlaydi;
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining Maktabgacha va maktab 
taʼlimi tizimini takomillashtirish bilan bogʻliq barcha qarorlari boʻyicha tizimdagi taʼlim 
muassasalari hisobchilariga metodik yordam koʻrsatish, tizimda uchrayotgan xato-kamchiliklarni 
oldini olish maqsadida seminarlar tashkil etish; 
-Statistika boshqarmasiga 1T, 1NH shakli (en kam ish xaqi buyicha), 1 notijarat shakli 
buyicha hisobotlarni topshirish; 
-Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasiga Koʻmaklashish jamgʻarmasiga umumtaʼlim 
muassasalarinig byudjettan tashqari jamgʻarmalaridan oʻtkazilgan mablagʻlar boʻyicha 
hisobotlarni topshirish; 
-Xarajatlar smetasida ajratilgan mablagʻlar boʻyicha shartnomalar tuzish va mablagʻlarning 
toʻgʻri sarflanishini taʼminlash; 
-Davlat aktivlarini ruyxatga olish va butligini taʼminlash buyicha ishlarni amalga oshirish 
va property.davaktiv.uz saytiga hisobotlarning toʻgʻri kiritilishini taʼminlash. 
-Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni 
muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi; 
-Boshqarmaning ish rejasi, shuningdek boshqarma boshligʻini topshirigʻiga asosan xizmat 
safarlariga boradi; 
-Boshqarmaning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni 
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun 
hujjatlari talablariga rioya qiladi; 
-Faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, 
ommaviy axborot vositalarining murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi. 
-Bosh nutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
-Bosh nutaxassis quyidagilarni bajarishi shart: 
ichki mehnat tartibi qoidalarining, jamoa va mehnat shartnomalarning talablari va shartlari, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilish; 
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Boʻlim boshligʻi, tegishliligi boʻyicha boshqarma boshligʻi 
oʻrinbosari va boshqarma boshligʻi oldida hisobot beradi. 
boshqarma nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki 
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi 


qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining 
ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; 
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati
va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin 
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy 
axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya 
qilinishini taʼminlash; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
6. qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Yetakchi mutaxassisning majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish