4-bob. Yetakchi mutaxassisning
javobgarligi
8. Yetakchi mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim
nizomiga muvofiq
boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob
beradi.
9. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun
javob beradi.
10. Foydalanish uchun oʻziga
topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi
ish olib boradigan
xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
11. Shoʻbada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini
taʼminlashga shaxsan javob beradi.
12. Yetakchi mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi
bergan xulosalarning
qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi.
13. Yetakchi mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga
asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga
muvofiq tegishli tartibda
intizomiy va moddiy javobgardir.
Oʻzbekiston Respublikasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligining 2023-yil 20 - dekabrdagi
565-son buyrugʻiga
36-ILOVA
TUMAN (SHAHAR) MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMI
XODIMLARINING LAVOZIM YOʻRIQNOMALARI
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi tumani (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻi (bundan buyon matnda – boʻlim boshligʻi)ning
lavozim majburiyatlari, huquqlari
va javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Boʻlim boshligʻi bevosita Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga (bundan
buyon matnda – hududiy boshqarmalar) hamda tuman (shahar) hokimligiga boʻysunadi hamda oʻz
faoliyatini yuqori turuvchi hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ish reja asosida
amalga oshiradi.
3. Boʻlim boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va
Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi) hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.