Taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish Shoʻba bosh mutaxassisi lavozim
yoʻriqnomasi
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Taʼlim tashkilotlari
infratuzilmasini rivojlantirish
boʻyicha bosh mutaxassis (keyingi
oʻrinlarda –
Bosh mutaxassis
) lavozimiga oliy maʼlumotli, oʻzbek va rus tillarini biladigan
(ingliz va boshqa xorijiy tillari maʼqullanadi), tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega
mutaxassis tayinlanadi.
2. Bosh mutaxassis Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining boshligʻi (keyingi
oʻrinlarda – Boshliq) tomonidan buyruq asosida tayinlanadi va ozod etiladi.
Bosh mutaxassis Boshliq va Shoʻba boshligʻiga boʻysunadi.
3. Bosh mutaxassis Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda
boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha
va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish
toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib
boradi.