• Taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish Shoʻbai boshligʻining lavozim yoʻriqnomasi 1-bob. Umumiy qoidalar
  • Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet167/322
    Sana17.05.2024
    Hajmi3,57 Mb.
    #239820
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   322
    Bog'liq
    lavozim yoʻriqnomalari

    4-bob. Yetakchi mutaxassisning
    javobgarligi 
    9. Yetakchi mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq 
    boʻlimga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob 
    beradi. 
    10. Shoʻba faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob 
    beradi. 
    11. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
    texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan 
    xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
    12. Shoʻbada hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga 
    shaxsan javob beradi. 
    13. Yetakchi mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning 
    qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradi. 
    14. Yetakchi mutaxassis mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga 
    asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada 
    bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda 
    intizomiy va moddiy javobgardir. 


    Taʼlim tashkilotlari infratuzilmasini rivojlantirish Shoʻbai boshligʻining lavozim 
    yoʻriqnomasi 
    1-bob. Umumiy qoidalar 
    1. Taʼlim tashkilotlari
    infratuzilmasini rivojlantirish Shoʻba 
    (keyingi oʻrinlarda –
    Shoʻba boshligʻi) lavozimiga oliy maʼlumotli, oʻzbek va rus tillarini biladigan (ingliz va boshqa 
    xorijiy tillari maʼqullanadi), tegishli sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis 
    tayinlanadi. 
    2. Shoʻba boshligʻi Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining boshligʻi (keyingi 
    oʻrinlarda – Boshliq) tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda buyruq asosida tayinlanadi va 
    ozod etiladi. 
    Shoʻba boshligʻi bevosita boshliqqa boʻysunadi va oʻz faoliyatini boshqarma rahbariyati 
    tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
    3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 
    Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
    qarorlari va farmoyishlariga, vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda 
    boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga (bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi 
    Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlari), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha 
    va maktab taʼlimi vazirligi Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish 
    toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib 
    boradi. 

    Download 3,57 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   322




    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘i maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari

    Download 3,57 Mb.
    Pdf ko'rish