-bob. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining huquqlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

3-bob. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining huquqlari 
6. Boʻlim boshligʻi quyidagi huquqlarga ega: 
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
boʻlim mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan 
muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat shartnomasiga 
oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, 
shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
pensiya taʼminotini olish; 
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 


davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish; 
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar 
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; 
xizmatga oid masalalar yuzasidan rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi davlat fuqarolik 
xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish; 
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda 
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; 
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, 
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining 
va ish haqining saqlanib qolishi; 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan 
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; 
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan 
barcha usullar bilan himoya qilish; 
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat 
qilish; 
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish; 
yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, boʻysunuvidagi xodimlar 
faoliyatini muvofiqlashtirish, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash va funksional vazifalar, aniq 
topshiriqlarning bajarilishi uchun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilash; 
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, 
xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va boshqarmadan, tasarrufdagi tashkilotlar 
shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va 
ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish; 
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boshqarma tarkibiy boʻlinmalari, tasarrufdagi 
tashkilotlar tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va kamchiliklarni bartaraf 
etish boʻyicha taklif tayyorlash; 
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron 
pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 
mehnat qonunchiligi asosida xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish, 
shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish; 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining huquqlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish