fuqarolarga yoʻqolgan va yaroqsiz holatga kelgan shahodatnomalari oʻrniga dublikat
shahodatnoma olish uchun elektron tizimdan kelgan arizalarni belgilangan vaqtda koʻrib
chiqilishini nazorat qilish;
umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish boʻyicha
prognoz
koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf oʻquvchilari uchun
“Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirishda koʻmaklashish;
shahodatnomalarga berilgan buyurtmani tahlil qilish, attestat,
oltin va kumush medallarga
nomzodlar roʻyxatini oʻrganish, maktab hujjatlariga boʻlgan ehtiyojni aniqlash hamda nizom
talablariga muvofiq buyurtmalarni shakllantirish va shoʻba boshligʻiga taqdim etish;
maktab
bitiruvchilariga
e-shahodatnoma.uz
elektron
tizimida
shahodatnomalarga
buyurtmalarni oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish;
erp.uzedu.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni shakllantirilishini
taʼminlash va nazorat qilish;
oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtishda davlat
xizmatlari orqali ariza
topshirgan fuqarolar murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini taʼminlash.
umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni
muvofiqlashtirish;
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
tartibi,
mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik
obroʻsini hurmat qilish;
taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.