kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qiladi;
kutubxonalar faoliyati monitoringini olib boradi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish
boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
Darsliklar boʻyicha metodist oʻz lavozim majburiyatlari hamda tuman (shahar) maktabgacha
va maktab taʼlimi boʻlimi Nizomiga muvofiq oʻziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli
va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada texnika va
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi;
darsliklar boʻyicha metodist hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini
taʼminlashga shaxsan javob beradi;
darsliklar boʻyicha metodist mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonunchilik
hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada
bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy
va moddiy javobgardir.