|
6-amaliy ish Mavzu: Aerodrom elementlari markirovka rejasini tuzish va hisoblash Ishdan maqsad
|
bet | 1/2 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 338,4 Kb. | | #124489 |
Bog'liq 6-Amaliy ish
6-amaliy ish
Mavzu: Aerodrom elementlari markirovka rejasini tuzish va hisoblash
Ishdan maqsad: Talabalar amaliy ishlarini bajarish jarayonida aerodrom elimentlarini markirovka qilish ishlarini rejasini tuzish va tashkil qilish ishlarini o‘rganadilar.
Nazariy qism
Sun’iy qoplamali aerodromlarni chiziqlarini chizish
Aerodrom inshootlari chegaralarini aniq belgilash uchun chiziqlarini chizish tizimi qo‘llaniladi. Bu tizim xavfsizlik sharoitlarini yaratish uchun xizmat qiladi. Ko‘rinib turishiga qarab, chiziqlarini chizish «kunduzgi» va «kechki» bo‘ladi. Birinchisi kunduzi ko‘rinadi, ikkinchisi elektr chiroqlari bilan yoritiladi.
Aerodrom sun’iy qoplamalarining kunduzgi chiziqlari GOST 23331-78 ga, gruntli aerodromlardagi uchish yo‘laklariniki esa-GOST 25269-82 ga javob berishi kerak.
SUQM, RD, MS va perronlar qoplamasi, maxsus avtotransport va mexanizatsiya vositalari yuradigan yo‘llar hammasi chiziqlar chizilishi shart. SUQM dagi belgilar oq rangda, RD, MS va perronlardagilar - ko‘pincha to‘qsariq (sariq) rangda bo‘ladi va SUQM dagidan shakli va rangi bilan ajralib turishi kerak. Kunduzgi chiziqlar sxemasi va shakli barcha klass aerodromlar uchun IKAO - fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining talablariga javob beradigan namunalarga asoslanadi. Turli klass aerodromlardagi chiziqlarning belgilar soni, o‘lchamlari va orasidagi maqsadlar turlicha bo‘ladi. XX da qo‘llanadigan hamma turdagi aviatsiya bazalariga chiziqlar qo‘yiladi. SUQM da chiziq belgilari quyidagilarga qo‘yiladi: yo‘lak (polosa) ning ko‘rinish ostonasi, qo‘ndirish magnit - yo‘l burchagi (QMYB) ning raqami, ko‘ndalang o‘q, qo‘nish zonasi, qat’iy masofa va chetlari. Agar ikki yo‘lakli aerodrom va yo‘lak uzaytirilgandan keyingi surilgan ostona bo‘lsa, hammasi ham chiziqlar chiziladi. Chiziqlarini chizish ikkala tomondan bir xil, simmetrik sxemada bajariladi. «A» klass aerodromning SUQM ni chiziqlarini chizish 4-rasmda keltirilgan.
SUQM ning ostonasini to‘g‘riburchakli, parallel, yo‘l o‘qiga simmetrik joylashgan chiziqlar bilan chiziqlanadi. (6-rasm, a). Ostona doimiy yoki vaqtincha surilgan bo‘lsa, chiziqlarini chizish ko‘ndalang chiziqlar va strelkaga o‘xshash belgilar yordamida bajariladi (6-rasm, b). QMYB ning raqamlari SUQM ning oxirgi uchastkalarida, har qaysi ostona oldida ikki xonali qilib yoziladi. Ular SUQM o‘qining magnit azimutini bildiradi. Bu raqamlar azimutning haqiqiy qiymatini o‘lchab, oxirgi sonini no‘lgacha yaxlitlab topiladi (5 va undan katta bo‘lsa, katta tomonga, aks holda, kichik tomonga yaxlitlanadi). Shu prinsipdan bir xil raqam hosil bo‘lsa, oldiga «O» qo‘yiladi. SUQM ning o‘qini bir xil uzunlikdagi bo‘ylama polosalar bilan belgilanadi. Ular orasidagi masofa (punktir) polosalar uzunligiga teng olinadi. Qo‘nish zonasiga simmetrik joylashgan qo‘shaloq to‘g‘riburchakli polosalar tortiladi. Ular SUQM o‘qiga parallel va har 150 metrda aerodromining klassiga qarab, 4 tadan 12 tagacha miqdorda bo‘ladi. SUQM ning eng cheti (tores) dan boshlangan qat’iy masofa parallel juft polosalar bilan belgilanib, ular qo‘nish zonasining ikkinchi juft parallel polosalari bilan ustma-ust tushadi.
|
| |