• 8-rasm. TJ ni chiziqlarini chizish.
  • 9-rasm. Bosh UQM ni chiziq belgilar bilan jihozlash sxemasi
  • Qoplama yuzasiga aerodrom chiziqlarini chizish Aerodrom chiziqlarini chizadigan ....
  • -rasm. Aralash porogli SUQM ni (a) va ikki polosali aerodromlardagi o‘ng va chap SUQM ni (b) chiziqlarini chizish sxemasi




    Download 338,4 Kb.
    bet2/2
    Sana20.12.2023
    Hajmi338,4 Kb.
    #124489
    1   2
    Bog'liq
    6-Amaliy ish

    6-rasm. Aralash porogli SUQM ni (a) va ikki polosali aerodromlardagi o‘ng va chap SUQM ni (b) chiziqlarini chizish sxemasi.



    5-rasm. RY ning chiziqsi.

    1-RY o‘qi; 2- RY ning SUQM bilan tutash joyi; 3- Havo kemalarini yerda yurgizib olib chiqishdan oldingi kutish joylari; 4- rulejning chiziqlanadigan yon polosalari.


    SUQM ning cheti xalqaro aerodromlarda, IKAO ning I-III kategoriyalari bo‘yicha jihozlangan SUQM larda chiziqlar chiziladi. Bu chiziqlar eni 0,9 m. bo‘lgan va qoplama chetidan 1 m. masofada joylashgan. SUQM ning har ikki chetidan tortiladigan sidirsa chiziqlardan iborat. Parallel SUQM larni qo‘nishga kiriladigan tarafdan boshlab, qo‘shimcha (chap) va R (o‘ng) harflari bilan chiziqlanadi. Ular ko‘rinish ostonasi belgilari va QMYB orasiga qo‘yiladi.
    Rullash yo‘laklari (RY) qoplamalarida chiziqlar chiziladi (7-rasm): bo‘ylama o‘q. RY va SUQM ning tutash joylari, havo kemalari SUQM ga burilib chiqishidan oldin kutadigan joylar (dastlabki start joyi) va RY ning chekkalari (yuk ko‘tarmaydigan qoplamalar). RY bo‘ylama o‘qi va RY ning SUQM bilan tutash joylarni burilish radiusi bo‘yicha uzluksiz chiziqlar bilan chiziqlar chiziladi. Havo kemasi SUQM ga chiqish oldidan kutish joylari 4 ta ko‘ndalang chiziq bilan belgilanadi (ikkita punktir, ikkita sidirsa chiziq). Ular SUQM o‘qidan 120 m. narida, agar I-III kategoriyada jihozlangan bo‘lsa: 90 m. masofada, agar SUQM jihozlanmagan bo‘lsa va A,B,V, 75 m-7, D va 30 m-Ye.
    RY chetidagi, kutish maydonchalaridagi, perronlardagi, asosiy qoplamalardan ajratib olish qiyin bo‘lgan yuk ko‘tarmaydigan qoplamalarni bir-biridan ikkita sidirsa chiziq bilan ajratiladi. Ular shunday tortiladiki, chiziqning tashqi cheti asosiy qoplama va yo‘l chetining chegarasi bilan ustma-ust tushishi kerak. Turish joylari (TJ) va perronlarni chiziqlarini chizish (8-rasm) quyidagilardan iborat: to‘g‘riburchakli, egriburchakli rullash o‘qlari; turish joyi va uning raqamini ko‘rsatuvchi T-simon belgilar; havo kemalariga xizmat ko‘rsatish zonalar konturi: maxsus mashinalar va avtotransport harakatiga tegishli yo‘llar va belgilar. TJ va perronlar chiziqlarining sxemasi havo kemalarining joylashuvi va ularga xizmat ko‘rsatish texnologiyasini e’tiborga olish kerak. Xizmat ko‘rsatish zonasining konturi sakkiz burchak shaklida, sidirsa qizil chiziq bilan belgilanadi. Uning hamma tomonlari havo kemasining gabarit nuqtalaridan kamida 2 m. narida bo‘lishi kerak.
    Havo kemalarining gabarit o‘lchamlari, burilishdagi minimal radiuslar va to‘siqlar bilan orasidagi xavfsiz masofalar 8-jadvalda berilgan.

    8-jadval.



    Havo kemalari-ning turi

    Gabaritlar, m.

    Burilish-dagi minimal radius, m

    Xavfsiz masofa, m




    uzunligi

    Eni (samo-
    lyotda qanot-lar qulochi, vertolyotda vint diametri)

    Turgan havo kemalari orasida

    Turgan yoki yurayotgan havo kemasi bilan to‘siqlar orasida

    Samolyotlar

    Tu-154

    47,9

    37,5

    22

    7

    8

    Tu-134

    35,0

    29,0

    16

    5

    6

    Il-62

    51,3

    43,2

    25

    7

    8

    Il-86

    59,5

    48,1

    23

    7

    7,5

    Il-76

    76,6

    50,5

    15

    7

    7,5

    Il-18

    35,4

    37,4

    19

    7

    7,5

    An-12

    33,1

    38,0

    15

    7

    7,5

    An-24

    23,5

    29,2

    17

    5

    6

    An-26

    23,5

    29,2

    11,5

    6

    7

    An-30

    24,5

    29,9

    11,5

    6

    7

    An-2

    12,7

    18,2

    6

    3

    4

    Yak-40

    20,4

    25,0

    10

    3

    4

    Yak-42

    36,2

    32,5

    12,5

    6

    7

    L-410

    13,6

    17,6

    4,8

    3

    4

    M-15

    12,7

    22,4

    5

    3

    4

    Vertolyotlar

    Ka-26

    13,0

    13,0

    12

    6

    6

    Mi-1

    17,5

    14,5

    12

    7

    7

    Mi-2

    17,4

    14,5

    12

    7

    7

    Mi-4

    25,0

    21,0

    16

    11

    11

    Mi-6

    42,0

    35,0

    28

    18

    18

    Mi-8

    25,2

    22,3

    16

    11

    11

    Mi-10k

    41,9

    35,0

    28

    18

    18


    8-rasm. TJ ni chiziqlarini chizish.

    1- to‘g‘ri va egri chiziq bo‘yicha rullash o‘qlari; 2- havo kemasi to‘xtaydigan joydagi T-simon belgi; 3,4,5- turar joylar raqamlari; 6- xizmat ko‘rsatish zonasi.


    Maxsus avtotransport vositalari havo kemalari bilan to‘qnashib ketishining oldini olish uchun harakat yo‘llari, turish joylari, kirish va chiqish joylari (ruxsat etilgan va noilojdan) ham chiziqlanadi. Harakat yo‘llarining bari aylana bilan tugaydi, ya’ni halqa bo‘ylab yurish imkoni bor.


    Xavfli joylar (dara, tog‘, relefning qiya joylari) yaqinidagi vertodromlarda to‘siqlar borligini ko‘rsatadigan belgilar, xavfli joylar tomonga qaratilgan o‘tkir burchaklar (300) shaklida bo‘ladi.

    Aerodromlarni chiziq belgilari bilan jihozlash


    V,G,D,Ye klassli grunt aerodromlarida, XX aerodromlarida, shuningdek, A,B,V,G,D va yordamchi V,G,D klassdagi aerodromlarning zahira yo‘laklarida 9-jadvalda ko‘rsatilgan chiziq belgilari qo‘yiladi.

    9-Jadval.



    Chiziq belgilari

    Aerodromlarning gruntli uchish-qo‘nish
    yo‘laklari, klasslar:

    Asosiy

    Zahira

    Yordamchi

    Ye va XX da aviatsiya

    V,G,D

    A,B,V,G,D

    V,G,D

    Yo‘lak markazi

    +

    +

    +

    -

    Chegaraviy

    +

    +

    +

    +*

    Qo‘ndiruvchi «T»

    +

    +

    +

    +

    Qo‘nish zonasi

    +

    +

    +

    -

    Burchakli

    +

    -

    -

    -

    Kirish

    +

    +

    +

    +*

    Yon chegaralar

    +

    +

    -

    -

    KPB o‘qi bo‘yicha

    +

    +

    -

    -

    KPB va BPRM orasidagi, o‘q bo‘ylab yaqinlashish

    +


    -

    -

    -

    Yaqinlashish

    +

    -

    -

    -

    RY belgilari

    +

    -

    -

    -

    TJ belgilari

    +

    -

    -

    -




    9-rasm. Bosh UQM ni chiziq belgilar bilan jihozlash sxemasi:

    1-BUQM ning markazining oraliq belgisi; 2- chegaraviy belgi; 3- qo‘nish zonasining belgilari; 4- KPB chegaralarining yon belgilari; 5- KPB o‘qining belgilari; 6- KPB va BPRM orasidagi o‘q belgilari; 7- yaqinlashish belgilari; 8- kirish belgilari; 9- burchak belgilari; 10- qo‘nish belgisi «T».


    Hamma klassdagi chiziq belgilari-namunaviy, biroq ularning miqdori va oraliq masofalari har xil. Belgilar shunday qo‘yiladiki, ular aniq ko‘rinsin va transport vositalari ularga shikast yetkazmasin. Ularning konstruktiv elementlarida nozik joyi bo‘lishi kerak. 7-rasmda V,G,D klassdagi aerodromlarning bosh UQM iga chiziq belgilar qo‘yish ko‘rsatilgan. Belgilar rangi joyiga qarab yoz va qish mavsumlari uchun doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. RY, TJ va gruntli aerodromlarning perronlariga chegaraviy belgilar qo‘yiladi.


    Kunduzgi chiziqlar joy fonida aniq ajralib turishi, hamma yo‘nalishda ko‘rinishi va bir-biridan keskin farqlanuvchi rangli belgilar (qizil yoki to‘q sariq va oq) ga ega bo‘lishi kerak.
    Binolar va inshootlarga chiziq belgilari qo‘yish zaruriyatini, ular qanday bo‘lishini FA organlari va manfaatdor tashkilotlar aniqlaydi.
    Aerodrom hududidagi radiotexnika ob’ektlariga maxsus chiziqlar va nuri belgilar qo‘yiladi.
    Qoplama yuzasiga aerodrom chiziqlarini chizish
    Aerodrom chiziqlarini chizadigan .... mashina markasini tanlab olamiz va uni bir smenadagi ish unumdorligi quyidagi formula orqali topiladi.

    Pm=1000 · Vp · Kb · KT=


    Aerodrom chizig‘ini chizadigan mashinining bir ish smenasidagi ish unumdorligi
    m3
    Qurilayotgan aerodromimizning ajratuvchi va aerodrom chetki chiziqlarini chizamiz. Uning uzunligi:

    V = L· b = m


    Ish kunini aniыlaymiz:
    N=L/Pm= sm
    Bu mashinadan ikki dona olganligimi sababli uning smenalar sonini quyidagicha topamiz.
    n =
    =
    ish soati t= · 8= soat
    Aerodrom chiziqlarini chizish ishi aerodrom yoqasini mustahkamlash ishlari olib borilayotgan paytda bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi.
    Download 338,4 Kb.
    1   2




    Download 338,4 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Aralash porogli SUQM ni (a) va ikki polosali aerodromlardagi o‘ng va chap SUQM ni (b) chiziqlarini chizish sxemasi

    Download 338,4 Kb.