dalolatnomalar tuzish hamda foto lavhalar asosida hisobotlarni shakllantirish, doimiy ravishda
ishchi holatda boʻlishini taʼminlash (rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda yoritish);
tuman boʻlimi tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining, tasarrufidagi tashkilotlarning axborot
xavfsizligi
siyosatiga, talablariga amal qilishni nazorat qiladi;
axborot xavfsizligi siyosatiga, talablariga rioya qilmagan xodimlar boʻyicha maʼlumotlarni
tegishli chora koʻrish maqsadida boʻlim boshligʻiga kiritadi;
umumiy oʻrta taʼlim maktablarida va taʼlim tashkilotlarida dasturiy tizimlar, elektron taʼlim
resurslarining joriy etilishi, AKT infratuzilmasi va loyihalarining amalga oshirilishini
muvofiqlashtirish;
Hududlarga berilayotgan kompyuter sinflari va qoʻshimcha jihozlarini roʻyxatda koʻrsatilgan
umumtaʼlim maktablariga oʻzgarishsiz yetib borishini va “Informatika va axborot texnologiyalari”
fani xonasiga oʻrnatilishini taʼminlash;
umumtaʼlim maktablariga etkazib berilayotgan kompyuterlarga dasturlashga oid zamonaviy
dasturiy tizimlar, tuman boʻlimi tomonidan yaratilgan platforma (resurs)lar va boshqa taʼlim
resurslarini oʻrnatilishini, internetdan samarali foydalanish uchun ichki lokal tarmoqqa ulanishi
hamda dars jarayonida keng foydalanishlari uchun sharoit yaratib berilayotganini nazorat qilish;
tuman boʻlimining axborot xavfsizligi siyosatini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, IT
faoliyatni rivojlantirish boʻyicha konsepsiya, strategiya, dastur va rejalar hamda sohaga oid boshqa
meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda
tasdiqlanishini nazorat qiladi;
maktabgacha va maktab taʼlimi tuman (shahar) boʻlimi tizimini raqamlashtirish, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqish, joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlashga
qaratilgan ishlarini amalga oshiradi hamda nazorat qiladi;
tuman boʻlimining raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot
xavfsizligini taʼminlash boʻyicha joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi;
tuman boʻlimi nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari,
ichki
mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi
qoidalari talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining
ushbu qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik
obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar
va maxfiy axborot
bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini
taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻliming tegishli buyrugʻiga muvofiq AKT
ni joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish metodistiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar hamda
lavozim yoʻriqnomasida belgilangan majburiyatlarning toʻlaqonli bajarilishi;
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻliming tegishli buyrugʻiga muvofiq AKT
ni joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish metodisti faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz
koʻrsatkichlarga erishilishi;
hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishi;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi hamda ularni but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin
xavfsizligi talablariga rioya qilinishi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari talablariga rioya
etish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar
va maxfiy axborotlar bilan ishlashda belgilangan talablarga rioya qilish, foydalanilishi cheklangan
maʼlumotlarni oshkor qilmaslik, Tuman boʻlimining obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin
boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik.