AKTni joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish boʻyicha metodistining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi AKTni joriy etish va taʼlimni raqamlashtirish boʻyicha
metodist (bundan buyon matnda – metodist)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va
javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Metodist tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining buyrugʻiga
koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Metodist bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz faoliyatini
boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Metodist
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.