-bob Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini hamda oʻqitishning




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini hamda oʻqitishning 
muqobil shakllarini tashkil etish boʻyicha metodistining lavozim majburiyatlari 
4. Metodist quyidagilarni amalga oshiradi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, 
farmoyishlari va qarorlari, hukumat qaror va farmoyishlarini, davlat dasturlari asosida qabul 
qilingan, Mahalliy davlat hokimiyat organlarining qarorlari, buyruqlari ijrosini toʻliq bajarilishini 
taʼminlash; 
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga, vazirlikning hujjatlari hamda 
koʻrsatmalariga, agentlikning qarorlari va buyruqlari, boshqarmaning hayʼati qarorlari, boshliq 
buyruqlari va topshiriqlari bilan shoʻbaga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini 
taʼminlash; 
shoʻbaning faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, uning yillik, choraklik va istiqbol ish 
rejalarining ishlab chiqilishini tashkil qilish, ularni boshqarmaning umumiy ish rejasi bilan 
muvofiqlashtirish, ularda belgilangan tadbirlarning sifatli ijro etilishi ustidan nazorat qilish; 
ish taqsimoti asosida xodimlarining lavozim majburiyatlariga rioya qilinishini taʼminlash; 
Metodist vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boʻlimning buyruq, xat va hujjatlari 
loyihalarini tayyorlash va rahbariyatga imzoga kiritish; 
Metodist kasbiy, metodik va ilmiy salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish, ichki mehnat 
tartibi qoidalariga rioya qilish, ish taqsimoti asosida shoʻba xodimlarining huquq va 
majburiyatlarini belgilash, xodimlar oʻrtasidagi vazifalar taqsimotiga zaruriyatga qarab tegishli 
oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, boʻlim vakolatiga kiradigan vazifalarni hal etish chora-
tadbirlarini belgilash; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi 
oʻrinlarda-maktabgacha taʼlim tashkilotlari) direktorlari va ulardagi pedagog kadrlar bilan ishlash; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, tugatish va qayta tashkil etish 
masalalarida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshliqlariga taklif kiritish; 
boʻlimning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, boʻlim 
faoliyatiga doir maʼlumotlar hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatiga oid axborotlarni 
yigʻish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash; 
davlat, nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ularning muqobil shakllari, davlat-


xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati, ularni 
qoʻllab-quvvatlash boʻyicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini oʻrganish, 
muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 
bolalarni maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich toʻliq qamrab olinishini taʼminlash 
maqsadida amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish; 
maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga qamrovini oshirish, ayniqsa 6 yoshli 
bolalarni toʻliq qamrab olish orqali boshlangʻich taʼlimga sifatli tayyorlash choralarini koʻrilishini 
taʼminlash; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini 
hisobini olib borilishini nazorat qilish; 
davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va ularning muqobil shakllarini yana-da 
rivojlantirish boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni tahlil qilish, mavjud muammolar boʻyicha boʻlim 
boshligʻiga taklif kiritish; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʼlmagan hududlarda maktabgacha taʼlim 
tashkilotlari tashkil etish va bolalar qamrovini oshirish boʼyicha boʼlim boshligiga takliflar kiritish; 
Taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida seminar, 
koʻrik-tanlov va boshqa tadbirlarni tashkil etish; 
Tashkilotlari faoliyati hamda taʼlim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik va psixologik 
usullar bilan oʻqitishning ilgʻor shakllari va usullarini oʻyinlar orqali joriy etilishi yuzasidan davlat 
va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga amaliy metodik yordam koʻrsatish; 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun metodbirlashmalar faoliyatini tashkil 
etish; 
Taʼlim tashkilotlarida olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonini oʻrganish hamda oʻrganish 
natijalariga koʻra taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha metodik 
tavsiyalar tayyorlash; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish va tashkilotdan chiqarilishini 
hisobini olib borilishini nazorat qilish; 
“Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari” 
hamda “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, oʻquv-uslubiy 
qoʻllanmalarini amaliyotga tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish; 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning 
davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori talablari hamda 
davlat oʻquv dasturi va variativ (muqobil) dasturlari, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarini amaliyotga 
tatbiq etish yuzasidan yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilish; 
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarida, maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning metodik kengash, metodik uyushma 
ishlarini tashkillashtirish, turli tanlovlar, koʻrgazmalar, musobaqalar oʻtkazish boʻyicha Nizom va 
zarur hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi; 
bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantirish, ularning 
maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish hamda maktabgacha taʼlim sohasiga oid normativ-
hujjatlarga rioya etilishi ustidan monitoring olib borilishini nazorat qilish; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavqeyini koʻtarishda jamoatchilik tashkilotlari bilan 
hamkorlik ishlarini yoʻlga qoʻyilishini nazorat qilish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha ommaviy axborot vositalarida tuman (shahar) maktabgacha va 
maktab taʼlimi boʻlimlari va tashkilotlari faoliyati va maqsadlarini, tizimda amalga oshirilayotgan 
islohotlarni targʻib qilib borish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini reytingini aniqlash 
jarayonida ishtirok etish, ularni tahlil qilish hamda tegishli xulosalar tayyorlash va ularga metodik 
yordam koʻrsatish; 


maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalar uchun shart-sharoitlar yaratilishi hamda moddiy-
texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha boʻlim boshligʻiga takliflar kiritish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayoniga 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga 
oid ilgʻor tajribalarni oʻrganish, aniqlash hamda ommalashtirish ishlarini nazorat qilish; 
bolalarni maktabga tayyorlash boʻyicha moslashuvchan, muqobil modellarni rivojlantirish 
boʻyicha axborot-tahlil ishlarini oʻtkazadi hamda takliflar tayyorlashda ishtirok etadi; 
Oliy taʼlim muassasalari va pedagogika kollejlarini bitirayotgan yosh mutaxassislarni 
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga jalb qilish va ularni qiziqishini uygʻotish boʻyicha oliy taʼlim 
muassasalari bilan hamkorlikda ishlarni muvofiqlashtirib borish; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlariga doir statistik maʼlumotlar, shuningdek ishchi va pedagog 
xodimlarining soni va tarkibi boʻyicha hisobotlarni yigʻish, umumlashtirish; 
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hamda samarali 
metodlarini joriy etish; 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagogik kadrlari faoliyatini baholash jarayonini amalga 
oshirish va monitoringini yuritish; 
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlarini qonun doirasida ragʻbatlantirish 
boʻyicha takliflar kiritish; 
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar bilan 
taʼminlanganligi, mavjud ehtiyoj hamda vazirlik (agentlik) tomonidan taqdim etiladigan oʻquv-
metodik va didaktik adabiyotlarni tarqatish; 
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, 
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish. 
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida yoʻnalishi boʻyicha kelib tushgan xat, ariza va 
shikoyatlar hamda murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish; 
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat 
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari 
talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining ushbu 
qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; 
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va 
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish; 
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan 
maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan 
ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini 
taʼminlash; 
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan 
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi 
talablariga rioya qilinishini taʼminlash; 
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini hamda oʻqitishning

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish