tuman, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tizimidagi maktabgacha taʼlim
tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tashkil etish va tibbiy xizmatlar boʻyicha amalga
oshirilayotgan ishlarni Hukumat qarorlari, vazirlik va boshqarma hayʼati qarorlari hamda boshqa
idoraviy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼlim muassasalarida oʻrganadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ilgʻor shakl
va usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini yaratadi hamda mazkur yoʻnalishda ish olib borayotgan
ijodkor xodimlar, taʼlim muassasa rahbarlari faoliyatini oʻrganishda qatnashadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tibbiy xizmat koʻrsatish monitoringini olib boradi,
natijalar asosida tegishli takliflarni tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
boshligʻiga kiritadi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbariyati tomonidan boʻlimga
berilgan topshiriqlar yuzasidan tezkor maʼlumotlarni elektron pochta orqali tegishliligi boʻyicha
umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yuboradi, ijrosini nazorat qiladi
hamda monitoringini olib
boradi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining koʻrsatmasiga asosan oʻz
vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha maktabgacha taʼlim tashkilotlariga metodik yordam
koʻrsatadi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining yillik, yarim yillik va choraklik ish
rejasi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida
va sifatli ijro etilishi monitoringini olib boradi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining ish rejasi,
shuningdek, boʻlim
rahbariyatining topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining obroʻsi va shaʼniga putur
yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar
bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
oʻz vaqtida koʻrib chiqadi.
boʻlimning boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, faoliyat
yoʻnalishlari boʻyicha tegishli axborotlarni yigʻish, tahlil qilish;
boʻlim hayʼati, ishlab chiqarish yigʻilishlarida ishtirok etish, tuman (shahar) maktabgacha
taʼlim tashkilotlarini faoliyatini sogʻlom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini
muvofiqlashtirib
borish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom va xavfsiz ovqatlanish masalalarini
rivojlantirish hamda tashkil etish yuzasidan istiqbol va joriy ish rejalarini ishlab chiqish, uni
boʻlimning umumiy ish rejasi bilan muvofiqlashtirish hamda bajarilishini taʼminlash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining kunlik tibbiy meʼyorlar va
sanitariya-gigiyena talablari asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishi, oshxonalarda
tayyorlanayotgan ovqatlar, ovqat tayyorlash texnologiyalari qoidalari boʻyicha seminarlar tashkil
etish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni belgilangan sanitariya qoidalari,
meʼyorlari va gigiyena normalariga muvofiq holda sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil
etilishini nazorat qilish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun qulay boʻlgan, amaliyotda sinalgan
ovqatlantirishning noanʼanaviy usullarini keng joriy etish (
Autsorsing, keytring va boshqalar);
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarini sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha
yuritiladigan hujjatlarni toʻgʻri yuritilishini nazorat qilish va metodik yordam koʻrsatish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlar kesimida sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishni
tashkil etish
monitoringini amalga oshirish;
ovqatlantirish bilan bogʻliq kasalliklarni oldini olish maqsadida oʻrnatilgan tartib asosida
tibbiy xizmatni nazorat qilish;
maktabgacha taʼlim tashkiloti oshpaz va hamshiralari uchun maktabgacha taʼlim tashkilotida
bolalarni sogʻlom va xavfsiz ovqatlantirishga doir amaliy va oʻquv seminarlar tashkil etish va ularni
malaka oshirishlarini taʼminlash;
maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi uchun ularning faoliyatini samarali tashkil etish
uchun amaliy va oʻquv seminarlar tashkil etish va ularni malaka oshirishlarini taʼminlash;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarini sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normalariga
muvofiq sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishini nazorat qilish;
bolalar isteʼmoli uchun sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar
berilishini nazorat qilish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida kuz-qish mavsumi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari
zaxirasini yaratish uchun mavjud ehtiyojni aniqlash;
maktabgacha taʼlim tashkiloti omborxonalarida oziq-ovqat
mahsulotlarini sifatli saqlash,
mavsumiy zaxiralardan toʻlaqonli foydalanishini nazorat qilish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha yaratilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda
faol ishtirok etish, taʼlim tizimini tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni joylarga
yetkazish va nazoratini olib borish, boʻlimning tarkibiy boʻlinmalari bilan faoliyat uzviyligini
taʼminlash;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.