Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim boʻyicha psixolog
(metodist)
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur
lavozim
yoʻriqnomasi
Bolalarni
ijtimoiy-psixologik
qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim boʻyicha psixolog (metodist)
(bundan buyon matnda –
boʻlim psixolog (metodist))ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab
beradi.
2. Psixolog (metodist) tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
boshligʻining buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Psixolog (metodist) bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Psixolog (metodist) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.