3-bob. Bolalarni ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash va inklyuziv taʼlim boʻyicha psixolog
(metodist)ning huquqlari
6. Psixolog (metodist) quyidagi huquqlarga ega:
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga,
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish;
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish;
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish;
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish;
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish;
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari,
shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish;
qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat
pensiya taʼminotini olish;
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish;
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish;
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish;
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi
davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha
takliflar kiritish;
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi;
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda,
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining
va ish haqining saqlanib qolishi;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy zararning kompensatsiya qilinishi;
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan
barcha usullar bilan himoya qilish;
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat
qilish;
oʻzining shaxsiy hujjatlari toʻplami bilan tanishish;
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar,
xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va boshqarmadan, tasarrufdagi tashkilotlar
shuningdek boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish va
ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron
pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va
qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
|