2-bob. Inson resusrlarini boshqarish boʻyicha inspektor-metodistining lavozim
majburiyatlari
4. Inson resusrlarini boshqarish boʻyicha inspektor-metodist quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruq va farmoyishlariga, vazirlikning hujjatlari
hamda koʻrsatmalariga, boshqarmaning hayʼati qarorlari, hududiy boshqarma boshligʻi va boʻlim
boshligʻining buyruqlari va topshiriqlari bilan yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida ijro etilishini
taʼminlash;
tuman (shahar) miqyosida Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimining kadrlar xizmati sohasini
rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qiladi hamda ushbu sohadagi
muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni boʻlim boshligʻiga va hududiy boshqarmaga taqdim
etadi;
boʻlimning shtat birligi, xodimlar zaxira tarkibi haqida choraklik statistik hisobotlarni
hududiy boshqarmaga taqdim etadi;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari, idoraviy mansub tashkilot va
muassasalar tuzilmasi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalarini tarkibiy boʻlinmalar bilan birgalikda
ishlab chiqadi;
kadrlarning mehnat salohiyatini imkoni boricha toʻliq ishga solish asosida boʻlim oldiga
qoʻyilgan vazifalarni bajarishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirish boʻyicha ishlarni olib
boradi;
muntazam ravishda istiqbolli kadrlarni tanlash, seleksiya qilish ishlarini olib boradi va ularni
kadrlar zaxirasiga kiritadi;
Kadrlar xizmati sohasidagi zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda Davlat
xizmatini rivojlantirish agentligining hududiy filiali bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
inson resurslarini rivojlantirish, istiqbolli kadrlar seleksiyasini joriy etish, kadrlarni seleksiya
qilish,
saralab
olish
va
joy-joyiga
qoʻyishda zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanilishini taʼminlaydi;
zaxiraga olingan nomzodlarni maxsus tayyorlash boʻyicha dasturlar asosida bosqichma-
bosqich moʻljallangan lavozimlarga tayyorlab borish ishlarini tashkil qiladi;
hududiy boshqarma boshligʻi nomenklaturasiga kiritilgan lavozimlarga oʻrnatilgan tartibda
tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlarini hududiy boshqarmaga taqdim etadi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab
olish va joy-joyiga qoʻyishning shaffof va adolatli tartibi asosida boʻsh ish oʻrinlariga (vakant
lavozimlarga) tanlov oʻtkazilishini taʼminlaydi;
kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va obyektiv baholash asosida eng munosib
va qobiliyatli shaxslarni tegishli lavozimlarga qabul qilish hamda ularning xizmat pogʻonalari
boʻyicha koʻtarilishini nazarda tutuvchi meritokratiya tamoyilini amaliyotga joriy qilinishi
yuzasidan boʻlim mudiriga takliflar kiritadi;
boʻlim boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi vakant lavozimlarni egallash boʻyicha tanlovlarni
tashkillashtiradi, ochiq mustaqil tanlovlarni oʻtkazish komissiyasining ishchi organi faoliyatini
samarali yoʻlga qoʻyadi, kadrlar tanlashda shaffoflikni taʼminlaydi;
boʻlimda mavjud tegishli vakant lavozimlar haqida vacancy.argos.uz portali orqali eʼlon
beradi;
vakant lavozimlarga vacancy.argos.uz portali orqali ariza bergan nomzodlarning vakant
lavozim uchun belgilangan malaka talablariga mosligi oʻrganilishini tashkillashtiradi, Davlat
xizmatini rivojlantirish agentligining hududiy filiallari bilan kelishilgan holda test sinovi oʻtkazadi,
nomzodlar shaxsiy kabinetiga har bir bosqich natijalarini kiritadi.
tanlov komissiyasi raisi va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hududiy filiali bilan
kelishilgan holda vakant lavozimga nomzodlar uchun suhbat kunini belgilanishi va suhbat
oʻtkazilishini taʼminlaydi;
suhbat natijalari yuzasidan Tanlov komissiyasi bayonnomasi loyihasini ishlab chiqadi,
komissiya aʼzolari bilan kelishilgan holda tasdiqlash uchun raisga kiritadi;
tanlov komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomani rasmiylashtirib, tanlov
natijalari haqida vacancy.argos.uz portali orqali nomzodlarga maʼlum qiladi va portalga
joylashtiradi;
vakant lavozimlarga nomzodlarning barcha fazilatlari va ustunliklarini obyektiv baholash
imkonini beradigan ochiq mustaqil saralab olish asosida ularni ishga qabul qilish yuzasidan boʻlim
boshligʻiga takliflar kiritadi;
xodimlarda yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga
toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha vakolati doirasida ishlarni amalga
oshiradi;
boʻlim boshligʻi va komissiya aʼzolari bilan birgalikda eng muhim samaradorlik
koʻrsatkichlari asosida boʻlim xodimlari faoliyatining natijadorligini baholanishda, xodimlar
faoliyati samaradorligining oʻlchanadigan indikatorlari (eng muhim koʻrsatkichlar) koʻrsatgan
natijalar tahlilining xolisligi va haqqoniyligini nazorat qilishda hamda indikatorlar natijalarini tahlil
qilishda ishtirok etadi;
boʻlim xodimlari tomonidan mehnat intizomiga rioya etilishini nazorat qilib boradi;
Davlat va tarmoq mukofotlariga tavsiya etish boʻyicha taʼlim muassasalari takliflarini
oʻrganish uchun tegishli komissiyaga taqdim etadi, taʼlim-tarbiya jarayoniga oʻzining ijobiy
hissasini qoʻshayotgan xodimlarni taqdirlash boʻyicha komissiya xulosasi asosida boʻlim
boshligʻiga takliflar kiritadi, nomzodlarning tegishli hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda hududiy
boshqarmaga taqdim etadi;
Davlat va tarmoq mukofotlari hisobini yuritish va mukofotlarni belgilangan tartibda
taqdirlangan xodimlarga topshirilishini taʼminlaydi;
taʼlim sohasini rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan xodimlarni boʻlim boshligʻining
faxriy yorligʻi bilan taqdirlash ishlarini tashkil etadi;
boʻlimda xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish va ularning
personallashtirilgan hisobi yuritilishini, shuningdek, tasarruf tashkilotlari kadrlarining hujjatlari
almashinuvini tashkillashtiradi;
boʻlimda xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish, ularga oʻzgartirishlar va
qoʻshimchalarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida (keyingi
oʻrinlarda – “YAMMT” IDAK) HRM.ARGOS.UZ elektron dasturiga roʻyxatdan oʻtkazilishi,
xodimlarning elektron mehnat daftarchasiga yozuvlarni, kadrlar faoliyatiga oid buyruqlarni
kiritilishi va tasdiqlanishini taʼminlaydi;
boʻlim boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimdagi xodimlarning personallashtirilgan
hisobi, shu jumladan elektron maʼlumotlar bazasi, ularning shaxsiy yigʻmajildi yuritilishini
taʼminlaydi, shuningdek, xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlash choralarini
koʻradi;
mehnat intizomini mustahkamlash, kadrlar qoʻnimsizligi va ish vaqtini yoʻqotishni
kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishda, ularning bajarilishini nazorat qilishda
ishtirok etadi;
boʻlim va uning tizimida mehnat qonunchiligi buzilishlarini, shuningdek, ularni keltirib
chiqaruvchi sabab va omillarni bartaraf etish boʻyicha boʻlim boshigʻiga takliflar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati,
vazirlik hamda boshqarmaning hujjatlari ijrosini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlanmaganligi, ular
ijrosini tashkil etishda nazoratning past darajasi sabablari tahlil qilinishini va bunga yoʻl qoʻygan
masʼul xodimlarga intizomiy jazo choralari koʻrilishi boʻyicha asoslangan takliflarni boʻlim
boshligʻiga kiritib boradi;
kadrlar tarkibiga oid hisobotlarni toʻplanishi, tahlil qilinishi, boshqarmaga va boshqa vakolatli
yuqori turuvchi organlarga taqdim qilinishini taʼminlaydi;
pedagog kadrlar yetishmovchiligi boʻyicha tahlillar asosida qabul kvotalarini shakllantirish
yuzasidan takliflarni oʻrnatilgan tartibda boshqarmaga kiritadi;
kadrlar masalasi boʻyicha boʻlim tizimidagi muassasalar faoliyatini muvofiqlashtiradi,
shuningdek, ularning oʻzaro hamjihatligini taʼminlaydi va uslubiy yordam koʻrsatadi, oʻquv-
seminarlar tashkil etadi;
taalluqliligi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi,
murojaatlarda koʻtarilgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha taʼlim muassasalariga tegishli
takliflar kiritadi, zarur hollarda mazkur maʼlumotlarni muhokama qilish uchun boʻlim boshligʻiga
taqdim etadi;
Ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun boʻlim boshligʻiga kiritadi;
boʻlimda xodimlar bilan mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish va ularning
personallashtirilgan hisobi yuritilishini, shuningdek, tasarruf tashkilotlari kadrlarining hujjatlari
almashinuvini taʼminlaydi;
boʻlim boshligʻi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimdagi xodimlarning personallashtirilgan
hisobi, shu jumladan elektron maʼlumotlar bazasi, ularning shaxsiy yigʻmajildi yuritilishini
taʼminlaydi, shuningdek, xodimlar shaxsiy maʼlumotlarining xavfsizligini taʼminlash choralarini
koʻradi;
taʼlim muassasalarining pedagog kadrlar bilan taʼminlanganlik holatini oʻrganadi va tahlil
qiladi, pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlaydi;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari pedagogik xodimlarining tarkibi boʻyicha statistik
maʼlumotlarni fanlar, tumanlar kesimida yigʻadi, umumlashtiradi va hududiy boshqarmaga taqdim
qilinishini taʼminlaydi;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining bandligi, kadrlar
qoʻnimsizligi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtiradi va hududiy boshqarmaga taqdim qiladi;
maktabgacha va maktab ta’ilmi bo‘limi va umumta’lim maktablari rahbar, pedagog va
mutaxassis xodimlarning (keying o‘rinlarda - xodimlar) malaka oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini
o‘rganadi;
navbatdagi kalendar yilda hududdagi xodimlarni kasbiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘nalishlar va
ta’lim muassasalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantiradi va hududiy maktabgacha va maktab
ta’ilmi boshqarmalariga taqdim etadi;
hududdagi ta’lim muassasalari xodimlarining malaka oshirishga o‘z vaqtida va to‘la jalb
qilinishini ta’minlaydi;
har bir xodimning uzluksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha faoliyati natijalarini tasdiqlovchi
ma’lumotlar (qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiganliklari haqidagi hujjatlar,
muqobil malaka oshirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar) aks etgan elektron shakldagi hujjatlar
majmuasi — elektron portfoliosini shakllantiradi va unga xodimning individual trayektoriyasi,
kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
xodimlarning tuman (shahar) miqyosidagi, shuningdek, ta’lim muassasalaridagi uzluksiz
malaka oshirish tadbirlarini tashkil qiladi;
xodimlarning ishdan ajralmagan shakldagi malaka oshirish jarayonlari monitoringini olib
boradi.
boʻlim xodimlari, taʼlim muassasalari rahbarlari uchun xizmat guvohnomalari tayyorlaydi
hamda ularni rasmiylashtirish uchun taqdim etadi, xizmat guvohnomalari blankalari hisobini
yuritadi va ularni roʻyxatga oladi, ushbu hujjatlarni yoʻq qilish toʻgʻrisida dalolatnomalar
tayyorlaydi;
taalluqliligi boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi, natijasi
yuzasidan oʻrnatilgan tartibda javob xatlari tayyorlaydi;
ish faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi,
faoliyatiga oid muhim masalalar haqida boʻlim boshligʻiga muntazam ravishda axborot beradi.
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
talablariga rioya qilish, shuningdek rahbarlik qiladigan tarkibiy boʻlinma xodimlarining ushbu
qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik
obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan
maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan
ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini
taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
|