Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassisining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash boʻyicha bosh
mutaxassisi (bundan buyon matnda – bosh mutaxassis)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va
javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Bosh mutaxassisi tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Bosh mutaxassisi bevosita Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz
faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
3. Bosh mutaxassisi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.