Bosh mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

Bosh mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart: 
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; 
Boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli 
bajarishni taʼminlashi; 
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida boʻlim boshligʻi oldida hisobot berishi. 
oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning oʻziga xos xususiyati va murakkabligiga, 
bajarilgan ishlarning miqdori hamda sifatiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda ish haqi olish; 
kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlari uchun ragʻbatlantirilish; 
davlat organining mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar 
hisobidan muntazam ravishda malakasini oshirib borish; 
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda hamda shartlarda mehnat 
shartnomasiga oʻzgartishlar kiritish va shartnomani bekor qilish; 
oʻz mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilovchi lavozim 
yoʻriqnomasi va boshqa hujjatlar bilan tanishish; 
mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish; 
ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim davlat fuqarolik xizmatchilari uchun 
qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, 
shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan tarzda dam olish; 


qonunchilikka muvofiq huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinish, shuningdek davlat 
pensiya taʼminotini olish; 
davlat organining qonunga xilof qarorlari va uning mansabdor shaxslarining qonunga xilof 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish; 
davlat organi rahbariyatining noqonuniy topshiriq va talablarini bajarishdan bosh tortish; 
davlat fuqarolik xizmatidagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar faktlari toʻgʻrisida xabar 
bergan taqdirda, davlat himoyasi bilan taʼminlanish; 
xizmatga oid masalalar yuzasidan davlat organining rahbariyatiga oʻz fikrini bildirish, oʻzi 
davlat fuqarolik xizmatini oʻtayotgan davlat organining faoliyatini takomillashtirish boʻyicha 
takliflar kiritish; 
oʻzining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat organining rahbariyati hamda 
boshqa mansabdor shaxslar tomonidan hurmat qilinishi; 
davlat organi tomonidan qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, 
shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat fuqarolik xizmati lavozimining 
va ish haqining saqlanib qolishi; 
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat fuqarolik xizmatini oʻtash vaqtida yetkazilgan 
moddiy zararning oʻrni qoplanishi va maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; 
oʻzining mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonunda taqiqlanmagan 
barcha usullar bilan himoya qilish; 
davlat fuqarolik xizmati masalalari yuzasidan maxsus vakolatli davlat organiga murojaat 
qilish; 
zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar, 
xulosalar va boshqa hujjatlarni boʻlim xodimlari va tasarrufdagi tashkilotlar hamda taʼlim 
muassasalari rahbarlaridan soʻrab olish va ular bilan oʻzaro hamkorlik qilish; 
vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha boʻlim xodimlari va tasarrufdagi tashkilotlar hamda 
taʼlim muassasalari rahbarlari faoliyatini oʻrganish, tahlil qiladi va kamchiliklarni bartaraf etish 
boʻyicha taklif tayyorlash; 
ijro muddati yaqinlashayotgan nazoratdagi hujjatlar, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalariga oid, bajarilishi uzoq muddatga moʻljallangan 
hujjatlarning ijro holatini barcha bosqichlarda nazorat qilish, ularning ijrosini taʼminlashni masʼul 
ijrochilardan talab qilish va tekshirish; 
xizmat majburiyatlari doirasida xizmat aloqasi, davlatlararo va shaharlararo aloqa, elektron 
pochta, internet tarmogʻidan tekin foydalanish; 
mehnat qonunchiligi asosida boʻlim xodimlari va taʼlim muassasalari rahbarlarini lavozimga 
tayinlash va lavozimdan ozod etish, shuningdek, alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarni 
ragʻbatlantirish yuzasidan boʻlim boshligʻiga takliflar kiritish; 
boʻlim xodimlari va tasarrufdagi tashkilotlar hamda taʼlim muassasalari rahbarlarini ijro 
intizomini buzganlik, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik holatlari yuzasidan boʻlim boshligʻi nomiga tushuntirishlar olish, ularni intizomiy 
javobgarlikka tortish boʻyicha oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritish; 
oʻz yoʻnalishi boʻyicha, shuningdek, shaxsiy rivojlanishga qaratilgan malakasini oshirish va 
qayta tayyorlash kurslarida ishtirok etish; 
Bosh mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi ham mumkin.
 
Bosh mutaxassis oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq boʻlimga 
yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash hamda devonxona faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan 
prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi. 


Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan 
oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin 
xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
Bosh mutaxassis hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga 
shaxsan javob beradi. 
Bosh mutaxassis imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka 
muvofiqligi uchun javob beradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bosh mutaxassis quyidagilarni bajarishi shart

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish