tuman, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida tibbiy
koʻrik ishlarini monitoring qiladi va uslubiy qoʻllanmalariga oʻzgartirishlar kiritish haqida takliflar
tayyorlaydi;
tuman, shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tizimidagi taʼlim muassasalarida
sogʻlom ovqatlantirish tashkil etish va tibbiy xizmatlar boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni
Hukumat qarorlari, vazirlik va boshqarma hayʼati qarorlari hamda boshqa idoraviy hujjatlarda
belgilangan vazifalar ijrosini taʼlim muassasalarida oʻrganadi;
taʼlim muassasalarida tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha zamonaviy ilgʻor shakl va usullari
toʻgʻrisida maʼlumotlar bankini yaratadi hamda mazkur yoʻnalishda ish olib borayotgan ijodkor
xodimlar, taʼlim muassasa rahbarlari faoliyatini oʻrganishda qatnashadi;
taʼlim muassasalarida tibbiy xizmat koʻrsatish monitoringini olib boradi, natijalar asosida
tegishli takliflarni tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻiga kiritadi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbariyati tomonidan boʻlimga
berilgan topshiriqlar yuzasidan tezkor maʼlumotlarni elektron pochta orqali tegishliligi boʻyicha
taʼlim muassasalariga yuboradi, ijrosini nazorat qiladi hamda monitoringini olib boradi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining koʻrsatmasiga asosan oʻz
vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha taʼlim muassasalariga metodik yordam koʻrsatadi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining yillik, yarim yillik va choraklik ish
rejasi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etadi, ish rejada belgilangan tadbirlarni oʻz muddatida
va sifatli ijro etilishi monitoringini olib boradi;
jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining ish rejasi, shuningdek, boʻlim
boshligʻining topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga boradi;
tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining obroʻsi va shaʼniga putur
yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar
bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qiladi;
faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
oʻz vaqtida koʻrib chiqadi.
Tuman, shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi metodistiga qonunchilik hujjatlariga
muvofiq boshqa vazifalar yuklatilishi mumkin.
Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi hamda ularni bus-butun saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi.
Metodist uning yurituvidagi hujjatlarni belgilangan tartibda saqlanishiga javob beradi.