-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchi oʻrinbosarining




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

4-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchi oʻrinbosarining 
javobgarligi 
6. Oʻz lavozim majburiyatlari hamda boʻlim nizomiga muvofiq shoʻbaga yuklatilgan vazifalar 
va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi uchun javob beradi.
7. Faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishi uchun javob beradi. 
8. Foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy 
texnikadan oqilona foydalanilishi hamda ularning but saqlanishini va oʻzi ish olib boradigan xonada 
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlaydi. 
9. Hujjatlar bilan ishlash, ularni belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlashga shaxsan javob 
beradi. 
10. Imzo qoʻygan hujjatlarning va oʻzi bergan xulosalarning qonunchilikka muvofiqligi uchun 
javob beradi. 
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan 
roʻyxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga muvofiq 
buxgalteriya hisobini yuritilishiga javob beradi. 
12. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi va boshqa qonun hujjatlariga asosan zimmasiga yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi 
qonunchiligiga muvofiq tegishli tartibda intizomiy va moddiy javobgardir. 
 


Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati umumtaʼlim muassasalari boʻyicha Bosh 
iqtisodchisining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI 
1-bob. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (keyingi 
oʻrinlarda Buxgalteriya xizmati deb yuritiladi) Bosh iqtisodchisi (keyingi oʻrinlarda Bosh 
iqtisodchisi deb yuritiladi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va javobgarliklarini belgilab 
beradi. 
2. Bosh iqtisodchi viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining 
buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. 
Bosh iqtisodchi bevosita maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga boʻysunadi va oʻz 
faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi. 
3. Bosh iqtisodchi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va 
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga 
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning 
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma” 
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchi oʻrinbosarining

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish