tegishli davr uchun moliyaviy hisobotlarni tuzish va hududiy organlarga oʻz vaqtida
topshirilishini taʼminlaydi;
buxgalteriya hisobotlari boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni tayyorlaydi;
moliyaviy sohaga oid boʻlgan hududiy va respublika miqyosida seminarlar, kengash
yigʻilishlari, oʻquvlar, anjumanlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi;
Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli, samarali va oqilona foydalanish,
mablagʻlarning maqsadsiz sarflanishini nazorat qilish, moliyaviy xato va kamchiliklar kelib chiqishi
mumkin boʻlgan holatlarni oldini olish, byudjet intizomiga rioya etishni taʼminlaydi;
maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining va Buxgalteriya xizmati tomonidan qamrab
olingan muassasa va tashkilotlarning xarajatlar smetasi doirasida ularning buyurtmalariga muvofiq
va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish va xizmatlar koʻrsatish uchun
shartnomalar tuzish, shuningdek, isteʼmol limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini
taʼminlaydi;
“Yuridik va jismoniy shaxslarni murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan tartibda
fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari tayyorlashni taʼminlaydi;
lavozim majburiyatiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan Bosh hisobchiga
axborot kiritib boradi;
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati Bosh hisobchisi yoʻqligida uning vazifasini
bajaradi.