normativ huquqiy hujjatlarda belgilangan topshiriqlarni roʻyxatini shakllantirish, ular
boʻyicha aniq ijrochilar, muddatlar va bajarish mexanizmlari koʻrsatilgan topshiriqlar
tayyorlanishini hamda ularning ijrochilarga yetkazilishini nazorat qiladi;
“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi hamda “edo.ijro.uz” elektron
hujjat aylanish tizimi bilan masʼullarni ishlash jarayonini muvofiqlashtirib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalari hamda
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan kelgan murojaatlarni (taklif, ariza va shikoyat)
oʻrnatilgan tartibda roʻyxatga olish, mazmunan oʻrganish va boʻlim faoliyatiga taalluqlilarini
rahbariyat orqali boʻlim xodimlariga ijro uchun yetkazilishini hamda belgilangan muddatda
bajarilishini nazoratini olib boradi va nazoratdan olinishi yuzasidan monitoring yuritadi.
boʻlim faoliyatiga taalluqli boʻlmagan, shuningdek, anonim, takroriy va koʻrmasdan
qoldiriladigan murojaatlar (taklif, ariza va shikoyat) boʻyicha belgilangan muddatda tegishli xulosa
va javob xatlari asosida oʻrnatilgan tartibda nazoratdan olinishini taʼminlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalaridan kelgan
murojaatlarni (taklif, ariza va shikoyat) mavjud qonun hujjatlari talablariga muvofiq koʻrib chiqib,
tahlil etish va natijalari boʻyicha har chorakda
belgilangan jadvallar asosida tayyorlangan hisobotni
oʻrnatilgan tartibda Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasiga taqdim etilishini taʼminlaydi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi va
Xalq qabulxonalaridan hamda tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlar orqali kelgan murojaatlarni
(taklif, ariza va shikoyat) koʻrib chiqish, fuqarolar qabuli va bu borada belgilangan tartibda ish
yuritishni taʼminlaydi.
boʻlim boshligʻining jismoniy va yuridik shaxslarni qabullarni tashkillashtiradi, zarur hollarda
yozma va ogʻzaki murojaatlarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun masʼullarni jalb etadi, sayyor
qabulga oid tashkiliy va tahliliy ishlarni amalga oshiradi.
murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzgan aybdor xodimlarga nisbatan tegishli
intizomiy choralar koʻrish boʻyicha boʻlim boshligʻiga maʼlumot kiritadi.
boʻlim tizimidagi rahbar va xodimlarni ragʻbatlantirish, intizomiy javobgarlikka tortish
toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Bosh mutaxassisning zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi
mumkin.