oʻquvchilar, shuningdek, “deviant” xulqli bolalar va oʻsmirlarning muammolari bilan
bogʻliq psixologik maslahat tadbirlarini oʻtkazish;
umumtaʼlim muassasalari psixologlarining funksional vazifalariga oid faoliyatini olib
borilishini nazorat qilish va metodik yordam koʻrsatish;
oʻquvchilarning aqli va idroki xamda shaxs sifatida rivojlanishini psixologik-pedagogik
tashxislash va korreksiyalashning dolzarb muammolariga bagʻishlangan metodik seminarlar,
guruhlarda psixologik treninglar oʻtkazish;
maktab oʻquvchilarini professional taʼlim muassasalari va oliy taʼlim
muassasalariga jalb
etish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.
umumiy oʻrta taʼlim maktablarining kasbga yoʻnaltirish xonalarini axborot, maʼlumotnoma,
professiogramma, tashxislash (anketa, test, metodika, soʻrovnomalar) va boshqa materiallar bilan
jihozlashda metodik va amaliy yordam koʻrsatish;
oʻquvchilarning qiziqishi va qobiliyatlarini aniqlash boʻyicha yaratilgan yagona elektron
platforma orqali oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini samarali tashkil etish;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish,
kelajakda oʻz kasbini ongli va mustaqil tanlashlariga koʻmaklashuvchi har bir 5-11-sinf oʻquvchisi
uchun elektron platformadagi oʻquvchilarning shaxsiy kabinetlarida joylashtirilgan “Ishchi
daftari”lardan unumli va doimiy foydalanishlarini nazoratga olish;
oʻquvchilarda kasbga boʻlgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “Kasb va yoshlar” ochiq
muloqot oyligini tashkil etish;
7-9-sinf oʻquvchilarining kasbga moyilligini aniqlash boʻyicha tashxislar oʻtkazib borish
hamda natijalaridan kelib chiqib, ishlab chiqarish korxonalari, hunarmandchilik
markazlari va
boshqa tashkilotlarga ekskursiyalar tashkil qilish;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati va oʻsish nuqtalariga muvofiq maktab
oʻquvchilari uchun ustuvor kasblarni belgilash hamda 10- va 11-sinf oʻquvchilarini ushbu
kasblarga, shu jumladan kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish
maskanlari, qisqa muddatli kurslar ochilgan taʼlim muassasalarida oʻqitishni tashkil etish;
oʻquvchi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish masalalari boʻyicha bandlik xizmatlari, professional
taʼlim, sogʻliqni saqlash va madaniyat muassasalari, korxona va tashkilotlar, ommaviy axborot
vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
sanoat, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi
korxona va tashkilotlariga
ekskursiyalar, sayyor darslar, professional taʼlim muassasalarida seminarlar va maʼruzalar
oʻtkazish, turli kasb vakillari bilan uchrashuv, suhbatlarni tashkil etishda umumiy oʻrta taʼlim
maktabi rahbarlariga amaliy yordam koʻrsatish;
Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyada, Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim
toʻgʻrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlarda belgilangan huquqlarga
rioya qilish va erkinliklarini taʼminlash;
umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini professional taʼlimga yoʻnaltirishning dolzarb
muammolariga bagʻishlangan metodik seminarlarni tuman (shahar) miqyosida tashkil qilish;
professional taʼlim muassasalari bilan birgalikda “Ochiq eshiklar kuni”, “Kasblar festivali”
kasbga yoʻnaltirish tadbirlarini oʻtkazilishini taʼminlash;
amaliyotda
oʻquvchilarni
psixologik-pedagogik
tashxislash
metodikalaridan
(psixodiagnostik testlar, soʻrovnomalar va x.k.) toʻgʻri foydalanish boʻyicha olingan natijalarning
maxfiyligini taʼminlash;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablariga, mexnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi
Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini
oʻziga berilgan vakolatlar doirasida koʻrib chiqish;
maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
maktabgacha taʼlim tashkiloti va maktablarda psixologik xizmatni takomillashtirish,
psixologlarni metodik qoʻllab-quvvatlash va professional rivojlantirish, psixologlar uchun amaliy
metodik seminarlar, psixologik treninglar oʻtkazish;
oʻsmirlarni psixologik — ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining
oldini olish, destruktiv holatlarga moyilligi boʻlgan oʻquvchilarni barvaqt aniqlash va ularga
ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha tadbirlarni tashkil etish;
maktabgacha taʼlim tashkiloti va maktab psixologlarining malakasini oshirish, ularni qayta
tayyorlash ishlarini tashkil etish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini tashkil etishda ishtirok
etish;
oʻquvchilar va ularning
ota-onalariga akademik litsey, professional taʼlim muassasalari va
oliy taʼlim muassasalari mutaxassisliklari, tayyorlov yoʻnalishlari boʻyicha kasbga yoʻnaltirish
bilimlarini hamda kasbga yoʻnaltirish targʻibotini amalga oshirish;
umumtaʼlim maktablarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish, inklyuziv sharoitda taʼlim
oluvchilar uchun psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish, inklyuziv taʼlim
tizimi joriy qilingan umumtaʼlim muassasalari, ularda taʼlim olayotgan oʻquvchilar toʻgʻrisida
maʼlumotlar bazasini shakllantirish va uni doimiy yangilab borish;
turli yoshdagi iqtidorli va salohiyatli bolalarni aniqlash tadbirlarini oʻtkazish, ularni saralash
va maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi ayrim fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish;
ijtimoiy-psixologik muammolari mavjud hamda fanlarni oʻzlashtirishi past boʻlgan
oʻquvchilar bilan psixologik-pedagogik tashxislar, soʻrovnomalar, suhbatlar oʻtkazish orqali
muammo turini aniqlash, guruhlash va ular bilan korreksion ishlarni olib borish boʻyicha maktab
psixologlariga metodik yordam berish;
professional taʼlim va oliy taʼlim muassasalariga ekskursiyalar va maʼruzalar oʻtkazish, turli
kasb vakillari bilan uchrashuv, suhbatlarni tashkil etishda umumtaʼlim maktabi psixologlariga
amaliy yordam koʻrsatish;
nutqida nuqsoni boʻlgan 1-4-sinf bolalarini aniqlash, hisobga olish, umumtaʼlim maktablari
qoshida logopediya shoxobchalarini tashkil etish va ularni faoliyatini muvofiqlashtirish;
oʻquvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar bilan yakka va jamoaviy shakldagi suhbatlar,
maslahatlar, seminar-treninglar tashkil etish, turli xil yigʻilishlarda maʼruzalar bilan chiqishlar,
shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali psixologik bilimlarni berib borish;
oʻquvchilar, shuningdek, “deviant” xulqi bolalar va oʻsmirlarning muammolari bilan bogʻliq
psixologik maslahat tadbirlarini oʻtkazish;
maktabgacha taʼlim tashkiloti va umumtaʼlim muassasalari
psixologlarining funksional
vazifalariga oid faoliyatini olib borilishini nazorat qilish va metodik yordam koʻrsatish;
oʻquvchi-yoshlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy
va intellektual rivojlanishini taʼminlash boʻyicha maktab psixologlari uchun metodik seminarlar,
guruhlarda psixologik treninglar oʻtkazish;
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish,
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;
oʻquvchilarni psixologik-pedagogik tashxislash metodikalaridan (psixodiagnostik testlar,
soʻrovnomalar va h.k.) amaliyotda toʻgʻri foydalanish boʻyicha olingan natijalarning maxfiyligini
taʼminlash.