2-bob. Taʼlim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha bosh
mutaxassisining lavozim majburiyatlari
4. Bosh mutaxassisi quyidagilarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarida hamda boshqarma tomonidan qabul
qilingan hujjatlarda tarbiyaviy ishlar va ixtisoslashtirilgan muassasalarni muvofiqlashtirish
shoʻbaga yuklatilgan vazifalarni hamda boshqarma rahbariyati va boshqarma boshligʻining boshqa
topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etadi.
boʻlimi faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha boʻlim boshligʻi va
viloyat boshqarma boshligʻining tegishli oʻrinbosarlariga taklif kiritadi.
Maʼnaviy-axloqiy tarbiya va maktabdan tashqari taʼlim sohasida zimmasiga yuklangan
vazifalarni amalga oshirishda tegishli tashkilotlar shuningdek, boshqa jamoat va xalqaro tashkilotlar
bilan samarali amaliy hamkorlikni taʼminlashda boʻlim boshligʻi va viloyat boshqarma
boshligʻining tegishli oʻrinbosarlariga koʻmaklashadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining yillik, yarim yillik va choraklik ish rejasi
loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Boshqarma faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda
ishtirok etadi, ularni takomillashtirib boradi.
Maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda tadbirlarni, shu jumladan boʻlim boshligʻi ishtirokidagi
tadbirlar (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari, oʻquvlar, koʻrik-
tanlovlar va boshqalar)ni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi.
Voyaga yetmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha
axloqiy tarbiya ishlarini olib borish borasida tegishli idoralar bilan hamkorlik qiladi.
“Tarbiya” fani turkumiga kiruvchi fanlardan oʻquv dasturlari, darslik, uslubiy qoʻllanmalar
va adabiyotlar yaratilishida ishtirok etadi hamda ushbu fanlarning oʻqitilishini muvofiqlashtiradi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida sinf rahbarlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar
boʻyicha direktor oʻrinbosarlari faoliyatini joylarda oʻrganadi, uslubiy yordam koʻrsatadi hamda
faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi, tegishli
chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Tuman hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaning
qarori va koʻrsatmalarini maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilishini taʼminlaydi
va ijrosini nazorat qiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalaridagi tarbiyasi ogʻir bolalar bilan yakka tartibda
shugʻullanishni tashkil etish ishlarini muvofiqlashtiradi va bu borada joylarda amalga
oshirilayotgan ishlarni nazorat qiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimidagi hujjatlar yuritilishini va ijro intizomini nazorat
qiladi.
Xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan taʼlim sohasida olib borilayotgan
tegishli dastur va loyihalarda ishtirok etadi.
Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
Boshqarmaning ish rejasi, shuningdek vazirlik rahbariyati topshirigʻiga asosan xizmat
safarlariga boradi.
Boʼlimning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda xizmat doirasida foydalanadigan va maxfiy xarakterdagi hujjatlar bilan
ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.
Faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, tegishli
boshqarma va tashkilotlarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi.
Tuman miqyosida keng koʻlamda turli xil tarbiyaviy ishlar, seminarlar, suhbatlar,
uchrashuvlar, sport musobaqalari, oʻquv va koʻrik-tanlovlari oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Taʼlim muassasalari kutubxonalari, “Barkamol avlod” bolalar maktablari va “Bolalar
kutubxonalari” faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va tashkil etilgan
tajriba-sinov maydonchalari ishlarini muvofiqlashtirib boradi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlarni darsdan keyingi fan toʻgaraklari va
mashgʻulotlarga uzluksiz jalb qilinishini tashkillashtiradi va ularni tashkil etilishini taʼminlaydi.
5 ta muhim tashabbus boʻyicha tegishli ishlab chiqilgan yoʻriqnomalar, tavsiya va tartiblarni
amaliyotga joriy etilishini taʼminlaydi.
Maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida tashkil etilgan toʻgaraklar hamda jismoniy tarbiya
va sport yoʻnalishi boʻyicha olib borilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni umumlashtirilishini nazorat
qiladi.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan
foydalanish boʻyicha oʻquvchilarda dastlabki tushunchalarni shakllantirish yuzasidan tashkiliy
ishlarni olib boradi.
Statsionar va kunduzgi oromgohlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularga amaliy va uslubiy
yordam koʻrsatadi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish
boʻyicha boʻlim boshligʻiga taklif kiritadi.
Yoshlar bilan ishlash sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman prokuraturasi, Ichki ishlar boʼlimi, Sogʻliqni
saqlash boʼlimi, tuman maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek boshqa jamoat va xalqaro
tashkilotlar bilan samarali amaliy hamkorlikni taʼminlashda boʼlim boshligʻiga koʻmaklashadi.
Boʻlim faoliyati, uning sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok
etadi, ularni takomillashtirib boradi.
Yoshlar masalalari sohasidagi tadbirlarni, shu jumladan boʻlim rahbarlari ishtirokidagi
tadbirlar (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari, oʻquvlar, koʻrik-
tanlovlar va boshqalar)ni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi.
Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar sodir etilishi, suisid, erta turmush, erta
tugʻruqni oldini olish, uzoq muddatga ketgan oila farzandlarini aniqlash va taʼlim olishlarini doimiy
nazorat qilish, muntazam dars qoldiruvchi oʻquvchilarni aniqlash va hisobini yuritish va faoliyati
davomida huquqni muhofaza qiliuvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi.
Tizimida Yoshlarda oid davlat siyosatini targʻib etish ishlarini muvofiqlashtiradi.
Oʻquvchi-yoshlar bilan ishlash sohasida tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimlari, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari ishini muvofiqlashtiradi;
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash,
ularning isteʼdodlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashish ishlarini muvofiqlashtiradi va bu borada
joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qiladi.
Xalqaro, davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan taʼlim sohasida olib borilayotgan
tegishli dastur va loyihalarda ishtirok etadi.
Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya qiladi.
Boʻlimning ish rejasi, shuningdek boʻlim rahbariyati topshirigʻiga asosan xizmat safarlariga
boradi.
Boʻlimning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda xizmat doirasida foydalanadigan va maxfiy xarakterdagi hujjatlar bilan
ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qiladi.
Faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan, tegishli
tashkilotlarning murojaatlarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlarini sport mashgʻulotlariga uzluksiz
jalb qilishni taʼminlaydi, sogʻlomlashtirish va ommaviy sport ishlarini zamon talablari darajasida
yanada takomillashtiradi, sportning harakatli va milliy turlaridan unumli foydalanishga amaliy
yordam koʻrsatadi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilarini jismoniy tarbiya fani boʻyicha oʻqitilishi va
ularga mashgʻulotlar uchun yaratilgan sharoitlarni oʻrganadi.
Joylarda maktabdan tashqari sport seksiyalarida shugʻullanuvchilar uchun yaratilgan
imkoniyatlarni oʻrganadi va tahlil qiladi.
Turli sport musobaqalari, tadbirlar oʻtkazishda mahalliy maktabgacha va maktab taʼlimi
boshqaruv organlariga amaliy yordam koʻrsatadi.
Boʻlim apparat xodimlari va tuman (shahar) tashkilotlari oʻrtasida turli ommaviy sport
tadbirlari oʻtkazadi.
Tuman“Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport viloyat Kengashi va umumiy oʻrta taʼlim
maktablari jismoniy tarbiya jamoalarining ishlarini nazorat qiladi, ularga darsdan tashqari ishlarni
tashkil etish boʻyicha uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi.
Bolalar turizmni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi va oʻquvchilarni hududlarga
sayohatlarga olib chiqadi.
Oʻquvchilarni sayohatlarga olib chiqish marshrutlari, sayohat davomida foydalaniladigan
tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Bolalar turizmni rivojlantirish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik ishlarini amalga
oshiradi.
Oʻquvchilar oʻrtasida yurtimizdagi mavjud boy madaniy merosdan yaqindan tanishtirish va
ulkan tarixini oʻrgatishga qaratilgan turli ochiq darslar tashkil etilishini taʼminlash boʻyicha choralar
koʻradi.
Bolalar turizmini rivojlantirishga qaratilgan turli tadbir va tanlovlarni oʻtkazilishini
monitoring qilib boradi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan toʻgaraklarini tashkil etilishini yoʻlga qoʻyadi va ular
faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Fan va ijodiy toʻgaraklar faoliyati boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni oladi va umumlashtiradi.
“Bolalar kutubxonalari” faoliyatini tahlil qiladi, ularga amaliy va uslubiy yordamlar
koʻrsatadi.
Kitobxonlikni targʻib qilish, oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantiradi,
turli xil tarbiyaviy ishlar, suhbatlar, uchrashuvlar, koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishini rejalashtiradi va
tashkiliy masalalarni amalga oshiradi.
Taʼlim muassasalari kutubxonalari, “Bolalar kutubxonalari” faoliyati samaradorligini
oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va uning ijrosini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻradi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlarini darsdan keyingi toʻgarak va
mashgʻulotlarga uzluksiz jalb qilinishini tashkil etadi.
Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib etish, ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik
singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbat uygʻotish, axborot-kutubxona fondini
shakllantirish, maʼlumotlar bazalarini yangilash va takomillashtirishga koʻmaklashish choralarini
koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning hujjatlarida
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga yuklatilgan vazifalarni hamda boshqarma rahbariyatining
boshqa topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli ijro etadi.
Yoshlar bilan ishlash sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda
Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman kengashi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boʻlimlari,
Sogʻlikni saqlash boʻlimlari, viloyat maʼnaviyat va maʼrifat markazi, shuningdek boshqa jamoat
tashkilotlar bilan samarali amaliy hamkorlikni taʼminlashda koʻmaklashadi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishida viloyat miqyosida keng
koʻlamda turli xil tarbiyaviy ishlar, seminarlar, davra suhbatlari, oʻquvlar, koʻrik-tanlovlar va
tadbirlarni tashkil qiladi.
Davlat Maktabgacha taʼlim tashkilotlari va umumiy oʻrta taʼlim maktablarida Yoshlarga oid
davlat siyosatini amalga oshirish yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi viloyat
kengashi va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va yosh oʻqituvchilar bilan
ishlash yoʻnalishida mavsumiy loyihalarni amalga oshiradi.
Boʻlimning hayʼat qarorlari, buyruqlari, shu jumladan tegishli tashkilotlar bilan
hamkorlikdagi chora-tadbirlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarining Maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlimiga tegishli bandlarining bajarilishi boʻyicha tegishli maʼlumotlar tayyorlaydi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi iqtidorli qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning
ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga koʻmaklashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi,
mazkur yoʻnalishdagi takliflarni boʻlim boshligʻiga kiritadi.
Boʻlim boshligʻi tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga berilgan topshiriqlar
yuzasidan tezkor maʼlumotlarni elektron pochta orqali tegishliligi boʻyicha monitoringini olib
boradi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchi-qizlar bilan ishlash va psixologik xizmat
faoliyati tizimini monitoring qiladi hamda mazkur tizimning samaradorligini oshirish boʻyicha
takliflar ishlab chiqadi.
Jamoa va mehnat shartnomalari shartlariga hamda ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza
qilish, xavfsizlik texnikasi, odob-axloq qoidalari talablariga rioya etadi.
Boʻlimning obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda xizmat doirasida foydalanadigan va maxfiy hujjatlar bilan ishlashda qonun
hujjatlari talablariga rioya qiladi.
Belgilangan vazifa yuzasidan xizmat safarlariga boradi.
Faoliyatiga tegishli masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning, jumladan,
boshqarma va tashkilotlarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqadi.
Bosh mutaxassisga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalar ham yuklatilishi mumkin.
Qoʻshimcha yuklatilgan vazifalar: tuman (shahar) Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi
tasarrufidagi umumiy oʻrta-taʼlim maktablari kuratorligi hamda taʼlim muassasalari boʻyicha
fuqarolar murojaatlarini oʻrganish va tegishli tartibda hamkorlikda faoliyat olib borish.
|