• Taqrizchilar
  • O’UK raisi: __________________ “Kelishildi”
  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
  • TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. KOMPYUTER TURLARI. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING ARXITEKTURASI VA STRUKTURASI, KIRITISH VA CHIQARISH QURILMALARI
  • Ta ’limda axbort texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari.
  • Fanning vujudga kelish tarixi va hozirgi kundagi orni.
  • 2. AKTni Ozbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yonalishlari
  • 3. Ozbekistonda
  • Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunlar
  • O zR Prezidentining “ Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini
  • OzR Prezidentining “Zamonaviy АКТni yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisida” 21.03.2012 yildagi Qarori Ushbu qarorga asosan
  • Zamonaviy kompyuterlarning tarixi
  • 2. Kompyuteriarni sinflash
  • Amaliy matematika




    Download 7,49 Mb.
    bet1/56
    Sana25.12.2019
    Hajmi7,49 Mb.
    #4861
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
    TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN

    O’QUV-USLUBIY MAJMUA

    Bilim sohasi: 100 000 - Gumanitar soha

    Ta’lim sohasi: 110 000 - Pedagogika

    Ta’lim yo’nalishi: 5111700 - Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish

    5110900 – Pedagogika va psixologiya

    5111800 - Maktabgacha ta’lim

    5111100 - Musiqiy ta’lim

    5112000 - Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat

    5110800 - Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

    maxsus sirtqi ta’lim yo’nalishlari uchun



    NAMANGAN - 2019

    Ushbu O'quv uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 1 martdagi “Yangi o'quv uslubiy majualarni tayyorlash bo'yicha uslubiy ko'rsatmani tavsiya etish to'g'risida”gi 107-sonli buyrug'iga asosan tayyorlandi.

    O'quv uslubiy majmua O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 25 avgustdagi 744-sonli qarori bilan tasdiqlangan namunaviy ishchi dastur asosida ishlab chiqildi.



    Tuzuvchi: - “Amaliy matematika” kafedrasi

    katta o’qituvchisi M.Dadaxanov

    o’qituvchilar B.Nurmatov

    S.Toshboyev

    F.Otabayeva

    Sh.Jo’rayev

    O.Alixanov
    Taqrizchilar: f-m.f.n. A.Imomov

    p.f.n. N.Otaxonov

    O'quv uslubiy majmua “Amaliy matematika” kafedrasining 2019 yil 24 avgust- dagi “ 1 -son yig'ilishida muhokamadan o'tgan va universitet o'quv-uslubiy kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.

    Kafedra mudiri: M.Dadaxanov

    O'quv uslubiy majmua Namangan davlat universiteti o'quv-uslubiy kengashida


    tasdiqlangan (2019 - yil 27 avgustdagi 1-sonli bayonnoma).

    O’UK raisi: __________________

    Kelishildi”
    O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i: Z.Mo’minov


    11

    2 3 4


    MUNDARIJA

    Betlar

    1

    O'QUV MATERIALLARI




    2


    MA’RUZA MASHG'ULOTLARI MAVZULARINING TASNIFI




    3

    AMALIY MASHG'ULOTLARI MAVZULARINING TASNIFI




    5

    MUSTAQIL TA’LIM MASHG'ULOTLARI MAVZULARINING



    6
    7


    TASNIFI




    6

    GLOSSARIY




    7


    ILOVALAR







    A) fan dasturi







    B) ishchi dastur







    C) baholash mezoni







    D) tarqatma materiallar





    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI
    TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN
    Ma’ruzalar matni

    NAMANGAN – 2019

    Mavzu-1: TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI. KOMPYUTER TURLARI. ZAMONAVIY KOMPYUTERLARNING ARXITEKTURASI VA STRUKTURASI, KIRITISH VA CHIQARISH QURILMALARI

    Reja:

    1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish.

    2. O'zbekistonda АКТsohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning
      ahamiyati

    3. Zamonaviy kompyuterlarning arxitekturasi va strukturasi, kiritish va chiqarish qurilmalari

    Tayanch so'z va iboralar: informatika, qonun, farmon, qaror, axborotlashtirish, axborot resursi, axborot texnologiyasi, axborot tizimi.

    1. Ta’limda axbort texnologiyalari faniga kirish.

    Informatika - bu insoniyat faoliyatining bir sohasi bo'lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta ishlash, va uzatishlar bilan o'zaro bog'liq bo'lgan jarayonlarni o'rganadigan fan bo'lib hisoblanadi.

    Informatika atamasi axborot (information) va avtomatika (automatique) so'zlarini birlashtirishdan hosil bo'lib, «ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash» degan ma’noni bildiradi. Mustaqil fan sifatida informatika 40 - yillar oxirida texnika, biologiya, ijtimoiy va boshqa sohalarda boshqarishning umumiy prinsiplari haqidagi - kibernetika fani bazasida vujudga keldi.

    Ta’limda axbort texnologiyalari fanining mazmuni va asosiy vazifalari. Fanning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko'p qirrali bo'lib, uning ko'plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib informatikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

    Informatika - kompyuter yordami va ularni qo 'Hash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir.

    Informatika yangi axborotni ancha keng o'zgartirish va barpo etish jarayonlarini o'rganadi. Informatika kompyuter texnikasi rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi va usiz mavjud bo'la olmaydi.

    Informatika - axborot va uni qayta ishlovchi texnikaviy, dasturiy vositalari xususiyatlariga asoslanadi.

    Informatika amaliy fan sohasi sifatida quyidagilar bilan shug'ullanadi:



    1. Axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o'rganish (axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish);

    2. Inson faoliyatining turli sohalarida kommunikasion-axborot modellarini yaratish;

    3. Aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqarish, ishlashni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiya tayyorlash.

    Informatikaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Istalgan xususiyatdagi axborot jarayonlarini tadqiq etish.

    2. Axborot jarayonlarini tadqiq etishdan olingan natijalar negizida axborotni qayta ishlaydigan axborot tizimini ishlab chiqish va yangi texnologiyani yaratish.

    3. Jamiyat hayotining barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texiologiyasidan samarali foydalanishning ilmiy va muxandislik muammolarini yaratish, tatbiq etish va ta’minlashni hal etish.

    Informatika o'z-o'zidan mavjud bo'lmay, balki boshqa sohalardagi muammolarni hal etish uchun yangi axborot texnikasini va texnologiyalarini yaratishga qaratilgan kompleks ilmiy-texnik sohadir.

    Shartli ravishda informatikani uchta o'zaro bog'liq qismga bo'lish mumkin:



    1. Apparatli texnika vositasi.

    2. Dastur muhiti.

    3. Algoritmlar muhiti.

    Informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha sohalarida asosan kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida axborotni qayta ishlashi bilan bog'liq fan, texnika va ishlab chiqarishning xilma-xil tarmoqlari birligini o'zida namoyon etadi.
    Tor ma’noda informatika 3 qismdan iborat: texnik vositalar, dasturlar va algoritmlar. Shuningdek, informatikani xalq xo'jaligining, fundamental fanning va tatbiqiy fanning bir tarmog'i deb ko'rish mumkin.

    O'z navbatida insonning ixtiyoriy faoliyati doirasi, shu bilan birga fanning har bir tarmog'i, xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo'lsin, undagi axborot o'zining maxsus tomonlari bilan tavsiflanadi.

    Masalan, iqtisodiyot, yuridik, filologiya va jurnalistika axborotlari haqida aytadigan bo'lsak, bu shu soha mutaxassislarining xizmat burchlari muvaffaqiyatli bajarishlari uchun zarur bo'lgan, doimo yangilanib turuvchi bilim va ma’lumotlar to'plami bo'lib hisoblanadi.

    Mehnat samaradorligining bundan keyingi o'sishi va farovonlik darajasini ko'tarish, katta hajmdagi multimedia axborotini (matn, grafika, videotasvir, tovush, animatsiya) qabul qilishi va ishlashga yangi intellektual vositalar va «inson mashina» interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin.



    Fanning vujudga kelish tarixi va hozirgi kundagi o'rni. EHMlarning yaratilishi va uning jadal sur’atlarda rivojlanishi hamda uning bilan bog'liq bilimlarning jamiyat tomonidan zaruriyat sifatida qabul qilinishi bevosita EHM bilan bog'liq fanni vujudga keltirdi. Bu fanning nomi informatika deb atalib, informatika XX asrning 60-yillarida Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi.

    Informatika atamasi lotincha “informatic” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, xabar qilish, tushuntirish, bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga «Computer scince”» -(kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.

    Informatika inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishiga bog'liq. Bunda asosiy xizmat mikroprossesor texnikasiga to'g'ri keladi, uning paydo bo'lishi 70-yillar o'rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprossesorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog'lanadi.

    Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo'lib, u inson faoliyatining turli sohalarida o'chraydigan informatsiyalarni, texnik-dasturiy vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Bu fan G'arbiy Evropa davlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Evropa davlatlarida esa «Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o'rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir.

    Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo'lish mumkin:


    • super kompyuterlar (Super Computer);

    • katta kompyuterlar (Manframe Computer);

    • mini kompyuterlar (Mini computer);

    • shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

    • bloknot(notebook) kompyuterlar.

    2. AKTni O'zbekistonda rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari

    O'zbekiston Respublikasi elektron hukumat sohasidagi faol ishini 2002 yil 30 mayda imzolangan PF-3080-son “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonidan so'ng boshlagan. Ushbu farmonning qabul qilinishi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzilishiga, O'zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etilishiga, Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi tashkil qilinishiga, Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga aylantirilishiga olib keldi. Mazkur farmon orqali, O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari amaliyotga joriy etishni yanada chuqurlashtirish, axborot kommunikatsiya texnologiyalari potensialidan keng foydalanish borasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi boshlangan, respublikamizda elektron hukumat tizimining keyingi istiqboli uchun zamin yaratilgan edi. Albatta, har qanday ishda bo'lgani kabi, elektron hukumatni amaliyotga tadbiq etishda ham, qonunchilik, me’yoriy-huquqiy baza eng asosiy o'rin tutadi. Bu borada, 2003 yil so'ngida qabul qilingan «Axborotlashtirish haqida» va «Elektron raqamli imzo haqida»gi qonunlar muhim qadam bo'lib xizmat qildi.

    2007 yil esa, O'zbekistonda elektron hukumatni shakllantirish borasida muhim amaliy qadamlar tashlangan, e’tiborga molik yil bo'ldi. Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan (VMQ №181, 23.08.2007), Davlat organlarining o'zaro hamda, fuqarolar va muassasalar bilan munosabatlarini, elektron hukumat xizmatlarini taqdim etish orqali yo'lga qo'yish borasida ustuvor yo'nalishlar belgilab olindi. Maxsus nizom orqali, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash orqali ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlarining standartlarini yaratish va asosiy davlat interaktiv xizmatlari ro'yxati qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil, 17 dekabrdagi №259 qarori bilan, hukumat portalida axborot taqdim etish va interaktiv xizmatlar ko'rsatishni takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi. 2009 yil, 21 apreldagi, №116 hukumat qarori bilan, davlat organlarining internet tarmog'ida taqdim etishi lozim bo'lgan, 9 xil tematikaga biriktirilgan, jami 102 xil axborot turlari ro'yxati, shuningdek, ularning yangilanib turishi muddatlari o'rnatildi.

    2002-2012 yillarda, O'zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari va elektron hukumatni shakllantirish borasida 10 ortiq qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

    O'zbekistonda elektron hukumatni shakllantirishning huquqiy asoslari borasida 2012 yil eng katta burilish yili bo'ldi. 2012 yilda qabul qilingan jami 4 ta qonun hujjatlarida, O'zbekistonda elektron hukumatni amaliyotga joriy etishni jadallashtirish borasida asosiy chora-tadbirlar va aniq yo'nalishlar belgilab olindi. Avvalo, 2012 yil, 21-mart kuni imzolangan, PQ-1730, «Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari» haqidagi Prezident qarori orqali, o'z ichiga 21 ta aniq chora-tadbirlarni qamrab olgan, 2012-2014 yillarga mo'ljallangan maxsus dastur tasdiqlandi va uning ijrosi maxsus Muvofiqlashtiruvchi Kengashga yuklandi. Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi, №378 «Interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishni hisobga olgan holda internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining hukumat portali faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» qarori bilan, elektron hukumatni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish maqsadida, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali tashkil etish va uning texnik va texnologik asoslari bayon qilingan nizom qabul qilindi.

    Yuqorida eslab o'tilgan barcha me’yoriy-huquqiy qonunchilik hujjatlari, O'zbekistonda interaktiv davlat xizmatlari hamda elektron hukumatni joriy qilish, uni rivojlantirish borasida bosqichma-bosqich, evolyutsion huquqiy poydevorni yaratishga xizmat qildi. 2013 yilda ham bu boradagi mantiqiy izchillik davom etib, aytish mumkinki, haqiqiy ma’noda O'zbekiston elektron hukumatining huquqiy poydevorini mustahkamlagan muhim qonun hujjatlarining qabul qilinishi bilan ahamiyatli bo'ldi. Xususan, bu borada, Vazirlar Mahkamasining 25-yanvar, 2013 yil, 18-sonli qarori bilan, davlat boshqaruvining samaradorligi va yuridik hamda jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatish sifatining oshirilishini ta’minlovchi «Elektron hukumat» tizimini shakllantirish alohida ustuvor vazifa qilib belgilandi. Qolaversa, mazkur qarorda «Elektron hukumat» tushunchasiga, o'zbek tilida rasmiy tushuntirish - ta’rif berildi.

    Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog'onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi.

    Davlat boshqaruvi ichki strukturasi - vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo'lga qo'yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo'llash orqali, o'zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi.

    Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko'zda tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni ham o'z o'rnida e’tirof etib o'tish zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog'oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog'oz mahsuloti tejaladi; hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o'zidayoq belgilangan manzilda bo'ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to'plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo'llaydi, murojaatni ko'rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko'rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to'plamini, yoki, murojaatnomani ko'tarib, idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko'rib chiqishda jarayonining kureri sifatida qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi xarajatlarni oldi olinadi. Bunday murojaatni ko'rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo'lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko'rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko'rilishi mumkin bo'ladi. Murojaatni ko'rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga etgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo'lib turishi imkoniyati yaratiladi.



    Ilm-fan va texnikaning barcha yo'nalishi kabi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o'zida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy.

    Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi.

    Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo'yicha tashabbus 2001-yilda yuridik kuchga ega bo'ldi. Mamlakatda elektron hukumatni rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan dastur hukumat organlarining ishida samardorlikni oshirishga qaratilgan bo'lib, u uch bosqichda amalga oshirilishi lozim bo'lgan.

    Birinchi bosqichda (2001-2003) kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan bo'lib, ularning natijasida Koreyaning hukumat organlari tashqi dunyo bilan Internet orqali uchta asosiy yo'nalishda - G2C (davlat - fuqaroga), G2B (davlatdan - biznesga) va G2G (davlatdan - davlatga) sxemalari bo'yicha aloqa qila boshladi.

    Bundan tashqari, davlat boshqaruvi tizimida idoralararo elektron aloqalarni ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan. Unda, xususan, elektron hujjat aylanishi, elektron raqamli imzo va boshqa texnologiyalar faol qo'llanilgan. Umumiy hisobda, birinchi bosqich uchun jami 225 million AQSh dollari miqdorida mablag sarflangan. Natijada, Koreya raqamli imkoniyatlar indeksi bo'yicha jahonda 4-o'ringa ko'tarilib oldi.

    Ikkinchi bosqichda (2003-2007) Koreya hukumati o'z oldiga ancha katta maqsadni qo'ygan -dunyo davlatlari ichida nisbatan ochiq va shaffof elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to'rtta sohaga oid loyihalar ishga tushirilgan:


    • davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko'rsatishi

    • davlat xizmatlarini ko'rsatish

    • axborot resurslarini boshqarish

    • qonun ijodkorligi tizimi

    Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun jami 981 million AQSh dollari miqdoridagi mablag' sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo'lgan.

    2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron tizimi - "On-Nara” (koreyscha, onlayn-mamlakat) tizimidan foydalanishga o'tgan. Buning natijasi o'laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan.

    Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi - "On-Nara” 2007-yildan to'liq ishga tushgan bo'lib, uning oldiga quyidagi maqsadlar qo'yilgan:

    • ma’lumotlarni qayta ishlash va almashish doirasida barcha boshqaruv jarayonlarini


    standartlashtirish;

    • davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona tizimga solish;

    • tizim ishtirokchilari o'rtasida axborotlarni almashish va tarqatishni ta’minlovchi turli
    jarayonlarni o'zaro bog'lash va bir-biriga integratsiya qilish.

    Janubiy Koreyada hozirda deyarli barcha davlat xaridlari veb-texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi-tenderlarning 93 foizi va onlayn-xaridlarning 99,6 foizi.


    3. O'zbekistonda АКТsohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyati

    Fuqarolarning axborotni izlash va olish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqlarni ta’minlash demokratik va huquqiy davlatni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

    Fuqarolarning axborotni izlash, olish va uni tarqatish bo'yicha Konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash bo'yicha juda katta ishlar qilingan.

    Axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagicha bo'ladi:



    • O'zbekiston Respublikasining 10 dan ortiq Qonuni;

    • O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni;

    • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

    Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunlar

    • Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida (2011 y.)

    • Elektron to'lovlar to'g'risida (2005 y.)

    • Elektron tijorat to'g'risida (2004 y.)

    • Elektron hujjat aylanishi to'g'risida (2004 y.)

    • Axborotlashtirish to'g'risida (2003 y.)

    • Elektron raqamli imzo to'g'risida (2003 y.)

    • Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida (2002 y.)

    • Telekommunikatsiyalar to'g'risida (1999 y.)

    O'zR Prezidentining Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida” 2002 yil 30 maydagi PF-3080-son farmoni

    Iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes, fan va ta’lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratib berishda O'zR Prezidentining yuqoridagi Farmonining qabul qilinishi asosiy qadam bo'ldi. Ushbu qaror bilan quyidagi ishlar amalga oshirildi:



    • AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilangan;

    • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;

    • Sohada tashkiliy o'zgartirishlar amalga oshirildi (O'zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg'armasi, TATU tashkil etildi;

    • tadbirkorlikni qo'llab-quvvvatlash bo'yicha bojxona va soliq imtiyozlari belgilandi;

    • Kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini joriy etish Markazi UZINFOCOM tashkil etildi.

    O'zR Prezidentining “AKTni yanada rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2005 yil 8 iyuldagi PQ-117 son qarori Ushbu qarorga asosan:

    • 2010 yilgacha telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ma’lumotlarn iuzatish va AKTniqo'llashningmaqsadliyo'nalishlari;

    • 2010 yilgacha mahalliy davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari faoliyatida AKTni qo'llash dasturi;

    • Milliy axborot-qidiruv tizimini shakllantirish va rivojlantirish dasturlari tasdiqlandi.

    - Davlat organlarining veb-saytlarini va Hukumat portalini yanada rivojlantirish bo'yicha
    chora-tadbirlar belgilandi.

    O'zR Prezidentining “Zamonaviy АКТni yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 21.03.2012 yildagi Qarori

    Ushbu qarorga asosan:

    2012 - 2014 yillarda O'zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.



    2012 - 2014 yillar davrida davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Milliy axborot tizimiga ulanadigan axborot tizimlari ro'yxati tasdiqlandi;
    Zamonaviy kompyuterlarning tarixi

    Nemis olimi Vilgelm Shikard (1592-1636) tomonidan 1623 yilda ixtiro qilingan mexanik moslama mexanik hisoblash mashinalar davrini boshladi.



    Bleyz Paskal 1642 yilda birinchi jamlovchi (qo'shish va ayirish) mashinani yaratdi. 1673 yilda esa boshqa olim nemis Gotfrid Vilgelm Leybnits 4-arifmetik amalni bajaruvchi mashinani yaratdi. 1820 yilda Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator - ARIFMOMETR yaratildi.



    1885 yilda amerikalik lxtirochi Uvilyam Barrouz klaviatura va qog'ozga pechatlash uskunalardan iborat arifmometrni yaratdi.

    Universal avtomatik hisoblash mashinani yaratish g'oyasi va loyihasi Kembridj universitetining professori Chariz Beybidjga (1792-1871) mansubdir. Uning loyihasi bo'yicha bu mashina xotira qismi, hisoblash qismi, boshqarish qismi va chiqarish qismiga ega bo'lishi shart edi.

    Chariz Beybidjning analitik mashinasi 1888 yilda amerikalik injener German Xollerit birinchi elektromexanik hisoblash mashinani - tabulyatorni yaratdi. Ushbu mashina rele asosida ishlagan bo'lib, perfokartalarda yozilgan ma’lumotlar bilan ishlay olar edi.

    1943 yilda Buyuk Britaniya maxfiy amaliylarida

    Alan Tyuring boshchiligida elektron lampalarda ishlovchi Koloss nomli birinchi EHM yaratildi. 1944 yilda AQSHning harbiylari uchun amerikali injener Govard Eyken elektromexanik rele asosida og'irligi 35 tonnali EHM yaratdi.

    1947 yilda Bell amaliy xodimlari V.Shokli, J.Bardini va V.Berteyn tomonidan birinchi tranzistor kashf etildi. 1948 yildan esa elektron lampalar o'rniga kashf etilgan tranzistorlar qo'llana boshlandi va shuning uchun 2 avlod EHM lari tranzistorli deb nomlangan 1949 yilda Djey Forrester tomonidan magnitli xotira uskunalari yaratildi va shu yilda Kembridj universitetida birinchi xotiraga ega EDSAC nomli EHM yaratildi.

    1959 yilda Robert Noys bitta plastinada bir nechta tranzistorlarni joylashtirib integral sxemalar yoki chiplarni yaratgan. 1968 yilda Burroughs firmasi tomonidan integral sxemalarda ishlaydigan birinchi kompyuter chiqarildi va shuning uchun uchinchi EHMlar avlodi katta integral sxemali deb nomlanadi.

    1970 yildan boshlab Intel firmasi integral sxemalarni chiqara boshladi. Ushbu firmada ishlagan Marshian Edvard Xoff shu yilda mikroprosessorni kashf etgan (bitta kremniy chipda bir nechta integral sxemalarni joylashtirdi). Shu yildan boshlab mikroprosessorlarda ishlovchi turtinchi EHMlar avlodi boshlandi, ular kichik integral sxemali avlod deb nomlanadi.

    1977 yilda Apple Computer firmasi tomonidan Apple-II nomli shaxsiy kompyuterlar ommaviy ravishda chiqarila boshlagan. 1980 yilda Osborne Computer firmasi birinchi portativ kompyuteriarni chiqara boshladi. 1981 yildan boshlab IBM (International Business Machines) firmasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar seriyalab chiqara boshlandi va butun dunyoga sotila boshlandi.

    EHMlarning beshinchi avlodi - (90 yillar) bilimlarni qayta ishlaydigan samarali tizimlarni qurishga imkon beradigan ko'plab o'nglab parallel ishlaydigan mikroprosessorlardagi SHK; parallel-vektor tarkibli o'ta murakkab mikroprosessordagi SHK, ular bir vaqtning o'zida dasturni o'nglab ketma-ket ko'rsatmalarini bajaradi

    EHMlarning oltinchi avlodi - ommaviy parallelizmi va “neyron” strukturali optoelektron EHM - neyronli biologik tizimlarni arxitekturasini modellashtiruvchi ko'p sonli murakkab bo'lmagan mikroprosessorlarni taqsimlangan tarmoqli EHM.



    2. Kompyuteriarni sinflash

    Kompyuteriarni xotirasining hajmi, takt chastotasi(bir sekundda bajaradigan amallar tezligi), ma’lumotlarning razryad to'rida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo'lish mumkin:



    • super kompyuterlar;

    • katta kompyuterlar;

    • mini kompyuterlar;

    • mikro kompyuterlar(shaxsiy kompyuterlar);

    • bloknot va cho'ntak kompyuterlari (notebook, netbook),

    Super kompyuterlar (top 500 kompyuterlar) - juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Bunday masalalar sifatida ob-havoni global, bashoratiga oid masalalarni, uch o'lchovli fazoda turli oqimlarning kechishini o'rganish masalalari, global informatsion tizimlar va hokazolarni keltirish mumkin. Bu kompyuterlar bir sekundda 10 trilliardlab amal bajaradi. Misol sifatida AQSH energetika vazirligining Sandia amaliysida o'rnatilgan 9472 prosessorii Intel ASCI Red kompyuterini keltirish mumkin. Xususan, bu kompyuter yadro sinovlarini va eskirayotgan yadro qurollarini modellashtirishda qo'llaniladi.

    Katta kompyuterlar (Manframe Computer) - fan va texnikaning turli sohalariga oid





    masalalarni yechishga mo'ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi super kompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog'ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/ 9000, Frantsiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning Ml 800 rusumli kompyuterini misol qilib keltirish mumkin.

    Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuteriardan kamida bir pog'ona

    pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (programm Driver processor - dasturiy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan (maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va shu kabilar misol bo'la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o'zlarining «katta og'alari» Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko'tarilib bormoqda.

    Shaxsiy kompyuterlar hozirda korxonalar, muassasalar, oliy o'quv yurtlarida keng tarqalgan bo'lib, ularning aksariyati IBM rusumiga mos kompyuterlardir.



    Bugungi kunda pentium IV kompyuterlari ham jahon bozorida keng tarqalmoqda. IBM PC moslik kompyuterlarini yuzlab firmalar ishlab chiqarmoqda. Bular IBM, Compaq, Hewlett-Packard, Packard Bell, Toshiba, Apple, Siemens Nixdors, Acer, Olivetti, Gateway, SUN va boshqa firmalardir. Yuqorida nomlari zikr etilgan firmalar ishlab chiqargan kompyuterlar (bradename) -«Oq yasalgan», Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida: Malayziya, Xitoy, Tayland, Koreya va boshqa mamalakatlarda yuqorida nomlari keltirilgan firmalar litsenziyasi asosida ishlab chiqarilgan kompyuterlar «Sariq yasalgan» nomga ega. Firma nomlari ko'rsatilmagan kompyuterlar esa «nomsiz kompyuterlar» (noname) deb yuritiladi.



    Notebook kompyuterlar(yozuvkitobchasi). Notebook kompyuterlar hajmi ancha ixcham bo'lib, ammo bajaradigan amallar soni, xotira hajmi shaxsiy kompyuterlar darajasiga ko'tarilib bormoqda. Ularning qulaylik tomonlaridan biri ham elektrenergiyasidan va ichiga o'rnatilgan batareyalarda ham uzluksiz (batareyani har safar almashtirmasdan) ishlash mumkinligidir.

    Bunda batareya quvvati energiyaga ulanishi bilan o'zi zaryad ola boshlaydi va u batareya bir necha yillarga mo'ljallangan bo'ladi. Hozirda bunday notebooklarni IBM, Compaq, Acer, Toshiba va boshqa firmalar ishlab chiqarmoqda. Tabiiyki, bunday kompyuterlar o'z imkoniyatlari nuqtai nazaridan shaxsiy kompyuterlarga tenglashayotganini nazarda tutilsa, uning narxi baland bo'lishini sezish qiyin emas. Bundan tashqari, bunday rusumli kompyuterlar 8-10 yil mobaynida buzilmasdan ishlash qobiliyatiga ega. Ular shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan amaliyot tizimlar MS DOS, qobiq dasturiar, Windows ning oxirgi lahjalarida va boshqa amaliyot tizimlar boshqaruvida ishlaydi.



    Download 7,49 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 7,49 Mb.