• УзМУ http://www.nuu.uz
  • Турли ахборотлар
  • Сайт яратиш
  • Масофадан укитиш
  • Вестминстер университети
  • Тест синовлари
  • Amaliy matematika




    Download 7,49 Mb.
    bet56/56
    Sana25.12.2019
    Hajmi7,49 Mb.
    #4861
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56



  • Topshiriqlar:

  • 1. Internetga ulaning va manzillar qatoriga intuit.ru manzilini kiriting

  • 2. Intuit.ru saytidan ro’yhatdan o’ting

  • 3. Microsoft Word 2010 kursiga a’zo bo’ling

  • 4.Ma’ruzalarni mustaqil o’zlashtiring

  • 5. Imtixon topshirib sertifikat oling

  • 6.Bajarilgan ish yuzasidan daftarga konspekt qiling





  • Foydalaniladigan adabiyotlar:





    1. M Aripov,B Begalov va boshkalar Axborot texnologiyalari Noshir Toshkent 2009



    1. G’ulomov S.S., Alimov R.X va boshqalar. Axbotor tizimlari va texnologiyalari. -T.: Sharq nashriyoti, 2000 y.



    1. M. Aripov va boshqalar. Informatika, informasion texnologiyalar. – T.: 2004.



    1. T. X. Xolmatov. Amaliy matematika, dasturlash va komp’yuterning dasturiy ta’minoti. – T.: 2000.



    1. N.V.Makarova. Informatika. Darslik. –T.: 2005.



    1. A.Sattorov. Ma’lumotlar bazasini boshkarish sistemasi Access (Windows 9x/2006) T.2006 y



    1. F.Zokirova va boshqalar Informatika i IT T. Aloqachi 2007.



    1. Komp’yuternie seti. Uchebniy kurs: Ofisial’noe posobie Microsoft dlya samostoyatel’noy podgotovki. Per. S. Angl. - -e izd., ispr. i dop. –M; «Russkaya redaksiya», 1999 – 568 b.



    1. Simonovich S, Evseev G, Alekseev A Spesial’naya informatika uchebnoe posobie – M.: Ast-Press: Inforkom-Press, 1999



    1. SH.Nazirov. Dastrurlash tillari T.2007 y.



    1. P.V.Xramsov Osnovi Web texnologii. Kurs leksii. M.2003. Internet



    1. A.Saratovskaya, L.Nabiulina Osnovi Html Toshket aloqachi 2007.



    1. Prakticheskaya informatika, CHast’1,2" Roganova E.A., Roganovoy N.A.
      "Osnovi informatiki i programmirovaniya" Roganova E.A.



    1. http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html



    1. http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz





  • O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

  • NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

  • AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI



  • TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN



  • Mustaqil ishlar to’plami





  • NAMANGAN – 2019





  • Maxsus sirtqi ta’lim yo’nalish talabalari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani bo’yicha mustaqil ishlar to’plami.

  •  

  •  

  •          Ushbu mustaqil ishlari  to’plami maxsus sirtqi yonalishidagi bakalavrlarning o’quv rejalaridagi ta’limda axborot texnologiyalari fani dasturiga asosan tuzilgan bo’lib, u butun kurs materialini to’la qamrab olgan. To’plamdagi har bir mustaqil ishida tuzuvchilar tomonidan ishning maqsad va vazifalari, kerakli vosita va tushunchalar berilganidan so’ng bajaruvchiga muayyan(konkret) topshiriq qiyilgan. Bajaruvchiga qulaylik yaratish uchun topshiriqdagi vazifalarning ma`lumotlar ba`zasi bevosita bajaruvchining o’zi, oilasi, guruhi, o’qiyotgan fanining adabiyotlari yoki o’zi tanlagan(qiziqqan) yonalishdagi jarayon va ma`lumotlar bilan bog`langan. Bajarilgan ishni baholash belgilangan me`yorlar asosida shu mavzuga ajratilgan umumiy soatdan kelib chiqqan xolda amalga oshirilishi ko’rsatib qo’yilgan.

  •          To’plamdagi xar bir mustaqil ishi yonalishning davlat standartlari talablariga ko’ra fan dasturi bo’yicha shu mavzu uchun ajratilgan soatlar doirasida va yonalishning xususiyatlarini xisobga olgan xolda bajarish va baxolash imkoniyatini beradi. 

  • Mustaqil ishi №1

  •  

  • Mavzu: Windows Operatsion tizimi va muhiti. Ishchi stoli, bosh menyu, masalalar paneli. (kompyuterda topshiring)

  •             Mustaqil ishining maqsadi: Windows operatsion tizimi va muhiti haqida tushunchaga egà bo`lish.

  •             Texnik vosita: komp'yuter, Internet, adabiyotlar

  •             Topshiriq:

  •             1. Ishchi stol bilan tanishib chiqing.

  • 2. Moy kompyuter imkoniyatlari, dastur oynasi, fayl va papkalar bilan ishlash, kompyuter haqida ma’lumotlar olishni o’rganing.

  • 3. Setevoe okrujeniye vazifasi, dasturda ishlash, tarmoqdagi qo’shni kompyuterdan ma’lumot olib ko’rsatish.

  • 4. “Korzina”dan o’chiriligan faylni tiklash usullarini o’rganing.

  • 5. Pusk tugmasi bandlari bilan tanishib chiqing.

  •  

  • Mustaqil ishi №2

  •  

  •             Mavzu: Windows Operatsion Standart dasturlari. (Komp'yuterda topshiring)

  •             Mustaqil ishining maqsadi: Windows operatsion tizimi ning ishchi oynasi, bosh menyusi và masalalar panelida disk, fayl va paapkalar bilan ishlash. Xato va kamchiliklarni bartaraf qilish.

  •             Texnik vosita: Pentium komp'yuterlari bilan jixozlangan xona va Windows operatsion tizimi.

  •             Topshiriqlar:

    1. Paint Brush dasturini yuklang va unda jixozlar jamlamasini, palitrani irnating.

    2. Paint Brush dasturida kuz faslini tasvirlang.

    3. Tasvirni "Kuz" nomi bilan iz papkangizga saqlang va dasturdan chiqing.

    4. Bloknot dasturida tarjimai hol kiriting va xotiraga oling.

    5. Kal’kulyator dasturi yordamida xozirgi kungacha to’plagan ballaringizni hisoblang.

    6. WordPad dasturida kuz xaqida matn kiriting va Paint Brush dasturida tasvirlagan "kuz" nomli faylingizni shu matn oxiriga joylashtiring.

    7. Xosil bilgan hujjatni o’z papkangizga  "kuz haqida" nomi bilan saqlang.

    1.  

    2. Mustaqil ishi №3

    3.  

    4. Mavzu: Fayllarni arxivlash: arxivlovchi dasturlar, imkoniyatlari. (Komp'yuterda topshiring)

    5.  

    6.             Mustaqil ishining maqsadi: Komp'yuterni viruslardan tozalash uchun antiviruslardan foydalanishni irganish. 

    7. Texnik vosita: Kompyuter, Windows OT, proektor, arxivatorlar.

    8. Topshiriq:

    9. 1.      TC dasturida fayllarni arxivlashni ko’rib chiqing

    10. 2.      Provodnik dasturida fayllarni arxivlashni ko’rib chiqing

    11.            

    12. Mustaqil ishi №4

    13.  

    14.             Mavzu: Komp'yuter viruslari va antiviruslar. (Komp'yuterda topshiring)

    15.             Mustaqil ishining maqsadi: Komp'yuterni viruslardan tozalash uchun antiviruslardan foydalanishni irganish. 

    16. Texnik vosita: Kompyuter, Windows OT, proektor, antiviruslar.

    17. Topshiriq:

    18. 1.         Windows OTning Standart dasturlar ichida mavjud Slujebnie programmi bilimi yordamida disklarni tozalang.

    19. 2.         Windows OTlarda antivirus dasturlarini ishga tushirib yumshoq va qattiq disklarni tekshirib chiqing.

    20.  

    21. Mustaqil ishi №5

    22.  

    23.             Mavzu: MS Word matn muharriri (Komp'yuterda topshiring)

    24.             Mustaqil ishining maqsadi: MS Word matn muharriri haqida tushunchaga ega bo`lish.

    25.             Texnik vosita: komp'yuter, Internet, adabiyotlar

    26.             Topshiriq:

    27.             1.         Dastur gorizontal menyu bandlari bilan tanishib chiqing.

    28. 2.         Dasturda rasmlar bilan ishlashni o’rganing.

    29. 3.         Dasrurda jadvallar bilan ishlashni o’rganing.

    30.  



    31. Mustaqil ishi №6

    32.  

    33. Mavzu:  MS Excel - jadvali dasturi bilan ishlash, ma`lumotlar kiritish va taxrirlash (Komp'yuterdà topshiring)

    34. Mustaqil ishining maqsadi: Talabalarga Excel dasturining imkoniyatlarini, uning menyusida ishlashni, sodda ma`lumotlar jamg`armasini yaratishni o’rgatish.

    35. Texnik vositalar: Komp'yuter, Windows tizimi, Microsoft Excel  dasturi, proektor.

    36. Topshiriqlar:  

    37. 1.         Excel dasturi gorizontal menisi bilan tanishib chiqing.

    38. 2.         Excelda diagrammalar bilan ishlashni o’rganing.

    39. 3.         Excelda funktsiya va formulalar bilan ishlashni o’rganing.





    40. Mustaqil ishi №7

    41.  

    42. Mavzu: Power Point dasturida ishalash bosqichlari. Matn va rasmlarga animatsiyalar qishish. Prezentatsiya slaydlariga turli animatsiyalar berish (Komp'yuterda topshiring)

    43. Mustaqil ishining maqsadi: Power Point dasturida prezentatsiyalar yaratish, xotiraga olish, iqish.

    44. Texnik vositalar: videoproektor,  Pentium 4  komp'yuteri, ekran, mul'timediali disk.

    45. Topshiriqlar:

    46. 1.         Dastur dasturi gorizontal menisi bilan tanishib chiqing.

    47. 2.         Dasturda yaratilgan taqdimotga animatsiyalar berish usullarini o’rganib chiqing.

    48.  





    49. Mustaqil ishi № 8

    50.  

    51. Mavzu: Mul'timedia dasturlari (Kopm'yuterda topshiring)

    52. Mustaqil ishining maqsadi: Mul'tmedia dasturlari bilan tanishib chiqish.

    53. Texnik vositalar: videoproektor,  Pentium 4  komp'yuteri, ekran, mul'timediali disk.

    54. Topshiriqlar:

    55. Mul'timediya dasturlarini ishga tushirib, datsurda ishlashni o’rganib chiqing (fayllar oching, dastur buyruqlarini, gorizontal menyularni kirib chiqing).

    56.  



    57. Mustaqil ishi № 9

    58.  

    59. Mavzu: Internet va Internet Explorer dasturi (Komp'yuterda topshiring)

    60. Mustaqil ishining maqsadi: Internetda ishlashni, undan ma`lumot olishni, elektron pochta xizmatidan foydalanishni irgatish. 

    61. Texnik vositalar: Pentium_4  komp'yuteri, Internet Explorer dasturi, mul'timediali disk.

    62. Topshiriqlar:

    63. 1. Internetga ulanishni o’rganing.

    64. 2. Internet Explorer brauzeri bilan tanishib chiqing.

    65. 3. Qidiruv saytlarini aniqlang.

    66.  



    67. Mustaqil ishi № 10

    68.  

    69. Mavzu: Elektron pochta xizmati (Komp'yuterda topshiring)

    70. Mustaqil ishining maqsadi: Ýlektron pochta xizmatidan foydalanishni irgatish. 

    71. Texnik vositalar: Pentium_4  komp'yuteri, Internet Explorer dasturi, mul'timediali disk.

    72. Topshiriq: Bepul pochta xizmatini taqdim etuvchi milliy manzillarni aniqlang.

    73.  



    74. Mustaqil ishi № 11

    75.  

    76. Mavzu: Masofaviy ta`lim tizimi  (Komp'yuterda topshiring)

    77. Mustaqil ishining maqsadi: Masofaviy ta`lim tizimidan  foydalanishni irgatish va ta`lim tizimiga a`zo bulish. 

    78. Texnik vositalar: Pentium_4  komp'yuteri, Internet Explorer dasturi.

    79. Topshiriq:      

      1. Milliy Masofali ta`lim tizimi saytini aniqlab unga a’zo bo’ling.

      2. Intuit.ru masofali tizimida MS WORD kursiga a’zo bo’ling va ta’lim oling.

      3. Yakunlab sertifikat oling.

    1.  

    2. Fоydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati

    3. Asоsiy adabiyotlar

    1. Katherine M. First look MS Office 2010. Microsoft Press. Redmond, Washington 98052-6399. © Microsoft Corporation, 2010.

    2. A History of the Personal Computer: the People and the Technology.  Ray A. Allan: Allan Publishing; 1st edition. 2001. UK. 528 pages.

    3. Your PC, Inside and Out. By Luchlan Roy. Kindle edition ( 2013) UK.

    4.  M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O’quv qo’llanma. T.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013. 350 bet.

    5. M.Aripov, A.Madraximov. Informatika, informatsion texnologiyalar. Darslik. T: TDYuI., 2004.

    6. M.Aripov, B.Begalоv, U.Begimqulоv, M.Mamarajabоv. Axbоrоt texnоlоgiyalar. O’quv qo’llanma. T.: “Nоshir”, 2009.



    1. Qo’shimcha adabiyotlar



    1. М. Арипов, А. Тиллаев. «Информатика ва ҳисоблаш техникаси асослари». Олий ўқув юртлари учун Электрон қўлланма (CD). Тошкент. 2002.

    2. М.М.Арипов, Ф.А.Кабилжанова, З.Х.Юлдашев. «Информационные Технологии» (учебное пособие для студентов ВУЗов), Ташкент 2004, НУУз.

    3. M.M.Aripov, T.Imomov va boshqalar. Informatika. Axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. 1-2-qism, Toshkent. 2005. TDTU. 334 b. va 394 b.

    4. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. Darslik. – T.:“Cho’lpon”, 2013.

    5. F.A.Kabiljanova, L.P.Varlamova. “Informatsion texnologiyalarni iqtisodiy masalalarga qo'llash” kursi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. Mirzo Ulug’bek nomli O’zMU. Toshkent, 2014. 48 b.

    6. Д.Ю.Романова, Г.И.Лесничая. Информатика и информационные технологии. Конспект лекций: учеб.посорбие. –М.: Эксмо, 2009. -320с



    1. Internet saytlari

    1. Википедия. Свободная энциклопедия: www.ru.wikipedia.org

    2. http://www.intuit.ru/department/informatics/intinfo/

    3. http://stud.h16.ru/education/informat/eu intro/i1.htm

    4. http://www.junior.ru/students/miroshnikov/pon kod.htm

    5. http://www.dstu.edu.ru/informatics/mtdss/index.html

    6. http://www.tula.net/tgpu/new/New/informatic/g1.htm

    7. http://www.ziyonet.uz



    1. Фойдали сайтлар





      1. Номи

      1. Интернет ресурслар



      1. Электрон журнал

      1. http://www.arki.ru/magaz



      1. Мультимедиажурнал

      1. http://www.625-net/index.htm



      1. Тармок хавфсизлиги буйича электрон журнал

      1. http://zlob.net.ru



      1. Вебмастерлар учун журнал

      1. http://allwebcreation.al.ru



      1. Компьютерлар хакидаги газета ва журналлар

      1. http://www.aha.ru



      1. Журнал ЧИП

      1. http://www.chip.com.ua



      1. Журнал Про РС

      1. http://propc.dz.ru



      1. Журнал Мир Интернет

      1. http://www.iworld.ru



      1. Илмий-оммабоп Интернет журнал

      1. http://www.xterra.ru



      1. Хакерлар, программистлар, админлар учун журнал

      1. http://www.cydsoft.com



      1. Журнал Компьютер Пресс

      1. http://www.compress.ru



      1. Журнал UPGRAIDE: щаммаси темир хакида

      1. http://upgrade.computer.ru



      1. Журнал ТелеМультиМедиа

      1. http://www.telemultimedia.ru



      1. Илмий-оммабоп Интернет журнал

      1. http://www.membrana.ru
    2. Узбекистон сайтлари





      1. УзМУ

      1. http://www.nuu.uz



      1. Узбекистон республикаси

      1. http://www.gov.uz



      1. Турли ахборотлар

      1. http://www.bilimdon.uz



      1. Мактаб грантлари

      1. http://www.connect.uz



      1. Сайт яратиш

      1. http://www.re.uz



      1. УзНЕТ ресурслари каталоги

      1. http://www.sk.uz



      1. Масофадан укитиш

      1. http://www.dl.uz

      1. http://www.darvoza.uz

      1. http://www.edunet.uz



      1. Вестминстер университети

      1. http://www.wiut.uz



      1. УзР ФА

      1. http://www.academy.uz



      1. Тест синовлари

      1. http://www.Examen.uz

      1. http://www.test.uz




    3. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    4. NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    5. AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI



    6. TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN



    7. GLOSSARIY





    8. NAMANGAN – 2019



    9. GLOSSARIY

    10.  

    11. Analog hisoblash mashinasi (AHM), uzluksiz o’zgaruvchi fizik kattaliklar (mashinaga oid o’zgaruvchan miqdorlar) bilan hal etilayotgan vazifaga oid tegishli o’zgaruvchan miqdorlarning analoglari o’rtasidagi muayyan nisbatlarni qayta ishlab chiqarish (modelini tuzish) uchun mo’ljallangan hisoblash qurilmasi. Mashinaga oid o’zgaruvchan miqdorlar sifatida elektr kuchlanish va toklar xizmat qiladigan, izlangan nisbatlar modeli esa elektr zanjirlarida ro’y beradigan fizik jarayonlar bilan tuziladigan elektron AHMlar keng tarqalgan.

    12. Analog kompyuterlar - hisoblab chiqarilayotgan kattaliklar analogi sanaladigan, uzluksiz o’zgarib turuvchi fizik (elektr kuchlanish, vaqt va shu kabi) kattaliklarga ishlov beruvchi kompyuterlar.

    13. Mikroprotsessorning arifmetik-mantiqiy qurilmasi (AMQ) - sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan (ShKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qo’shimcha matematik soprotsessor ulanadi). Funktsional jihatdan AMQ, odatda, ikkita registr, summator va boshqaruv sxemasidan (mahalliy boshqaruv qurilmasidan) tashkil topgan.

    14. Arxivator - kompyuterda yaratilgan hujjatlarni arxivlovchi dastur

    15. Kompyuter arxitekturasi tushunchasi ostida kompyuterning mantiqan tashkil topgan qismi, tuzilishi va resurslari, ya’ni ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni uchun muayyan vaqtga ajratib beriladigan hisoblash tizimiga mansub vositalar majmui tushuniladi.

    16. Kompyuterning tashqi qurilmalari mashinaning tevarak-atrof, jumladan foydalanuvchilar, boshqarish ob’ektlari va boshqa kompyuterlar bilan hamkorligini ta’minlaydi.

    17. Tashqi xotira qurilmasidan muayyan vazifalarni hal etish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan axborotni uzoq vaqt saqlash uchun foydalaniladi.

    18. Shaxsiy kompyuter afzalliklari: atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo’yilmagan tarzda muxtor ishlatilish;

    19. ishining o’ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi);

    20. arxitekturaning o’zgaruvchanligi, ya’ni fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo’llanilishga moslasha oladigan o’zgaruvchanligi;

    21. foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi

    22. Xotirada saqlash qurilmasi, kodlashtirilgan shaklda havola etilgan axborotni yozish, saqlash va chiqarib berish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, hisoblash mashinalari, avtomatik boshqaruv, telemexanika, dastur vositasida boshqariladigan texnologik agregat kabilarda qo’llaniladi. Axborot tashuvchi vositalar sifatida magnit tasmalari va disklaridan, optik disklar, ferrit o’zaklar, ingichka magnit plyonkalari va shu kabilardan foydalaniladi. Xotirada saqlash qurilmasining asosiy parametrlari jumlasiga hajm (bir vaqtda saqlanadigan axborot miqdori - bir necha o’nlab baytdan bir necha yuzlab Mbaytgacha) va murojaat qilish vaqti (2 ta ketma-ket murojaatlar orasidagi minimal vaqt bir necha o’nlab ns dan bir necha ms gacha) kiradi.

    23. Internet (Internet, lat. inter -orasida va net - tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko’rsatish provayderlarining) tarmoqlarini barobar ulab turadigan Butun jahon kompyuter tarmog’i. Internetga kirish turlari orasida on line va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko’rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori talablar qo’ymaydi, biroq faqat e- mail - elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi.

    24. Gipermatn (hypertext) -hujjatlarni yoki ma’lumotlar bazalarini tashkillashtirish usuli. Bunda hujjatlarning yoki axborotlarning tegishli qismlari (parchalari) bir-biri bilan ishoralar (links, hyperlinks) vositasida o’zaro bog’lanadi va foydalanuvchiga, fikrlash yo’li bilan, ushbu ishoralar bo’yicha tegishli hujjatlar yoki axborotga o’tish imkonini beradi. Ishoralar matn, grafik, audio yoki video formatda havola etilishi mumkin.

    25. HTML (Hypertext Markup Language) o’z ichiga fayl belgilashning dasturiy kodlari (markup symbols) yoki teglarni (tags) mujassam etib, ular shriftlarni, qatlam, grafika va boshqa Web-hujjatlarga ishoralarni belgilab beradi.

    26. HTTP (HyperText Transfer Protocol) Internet orqali Web-sahifalar uzatilishiga oid standartlar to’plamini belgilaydi.

    27. URL (Universal Resource Locator) faylning yoki Internetdagi resursning joylashgan joyini (manzilini) belgilash uchun mo’ljallangan standartdan iborat. Resurs turi qo’llanilayotgan protokolga bog’liq. Web misolida mulohaza yuritiladigan bo’lsa, bunda protokol HTTP sanaladi, resurs sifatida HTML-sahifa, grafik fayl va olis kompyuterda amalga oshayotgan dastur xizmat qiladi.

    28. .com - tijorat domeni

    29. .edu - ta’limga oid domen

    30. .gov - hukumat domeni

    31. .org - notijorat tashkilotlar domeni

    32. .net - tarmoqlar va xizmat ko’rsatuvchi provayderlar domeni

    33. .mil - qurolli kuchlar domeni.

    34. Interfeys (interface) -kompyuterda mavjud qurilmalarni o’zaro ulab, ular o’rtasida aloqa bog’lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mo’ljallangan vositalar majmui.

    35. Hisoblash tizimidagi qurilmalar o’rtasida (misol uchun, axborot kiritish qurilmasi bilan xotirada saqlash qurilmasi o’rtasida) axborot almashinuvi uchun mo’ljallangan, bir xil signal va apparatlarga ega aloqa tizimi.

    36. Axborot (lat. Informatio - tushuntirish, bayon etish). Ushbu atamaning ibtidoiy ma’nosi -insonlar tomonidan og’zaki, yozma yoki boshqa usullar bilan (shartli signallar, texnik vositalar va shu kabilar yordamida) uzatiladigan ma’lumotlarni anglatadi. O’tgan XX asr o’rtalaridan e’tiboran esa bu atama umumilmiy mazmun kasb etib, o’z ichiga odamlar o’rtasida, inson bilan avtomat, avtomat bilan avtomat o’rtasida ma’lumotlar almashinishini, hayvonot olami va o’simliklar dunyosida kuzatiladigan signal almashuvlarni, hujayradan hujayraga, organizmdan organizmga muayyan alomatlar o’tishini (genetik axborotni) hamda kibernetikaga oid asosiy tushunchalardan birini mujassam etdi

    37. Klaviatura - (nem. klaviatur, lat. clavis - kalit), muayyan tartibda joylashtirilgan pishang-tugmalar to’plami bo’lib, kompyuter ichiga sonli, matnli axborotni va boshqarish axborotini dastaki kiritish uchun mo’ljallangan.

    38. Kompyuter (ingl. computer -hisoblagich, lat. computo -hisoblamoqdaman) - elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig’ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblar chiqarish, belgilar bilan manipulyatsiya qilish va shu kabi boshqa qobiliyatlarga ega bo’lib, o’z ishini maxsus yo’riqlar bilan ijro etadigan, ya’ni bajaradigan ishi dasturlanadigan, ushbu dastur vositasida hisoblar chiqarishning murakkab izchilligini qabul qilib, amalga oshiradigan ko’p funktsional elektron uskuna (mashina).

    39. Kompyuter tarmog’i, axborot uzatish kanali (yoki elektr aloqa kanali) orqali bog’langan kompyuterlar, zaruriy dasturiy ta’minotlar va axborotga, uni taqsimlab ishlov berishni tashkillashtirish uchun mo’ljallangan texnik vositalar majmui.

    40. Bunday tizimdan, unga ulangan qurilmalarning har qanday biri axborot uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalanishi mumkin. Miqyosiga ko’ra kompyuter tarmoqlari mahalliy va global tarmoqlarga farq qiladi.

    41. Mahalliy kompyuter tarmoqlari (yoki mahalliy hisoblash tarmoqlari - MHT) bir necha metrdan bir necha kilometrgacha masofada ishlashi mumkin. Odatda bunday tarmoqlar bitta tashkilot yoki korxona kompyuterlarini qamrab olib, bitta binodan tashqariga chiqmaydi.

    42. Global kompyuter tarmoqlari axborot uzatish uchun optik tolali aloqa magistrallari, sun’iy yo’ldosh orqali tashkil etiladigan aloqa tizimlari va kommutatsiya qilinadigan telefon tarmog’idan foydalanadigan butun mintaqa, mamlakat va qit’alarni qamrab olgan tarzda juda ko’p kompyuterlarning o’zaro ulanishini ta’minlaydigan kompyuter tarmog’i.

    43. Kompyuter dasturlari uchta toifaga bo’linadi, jumladan:

    44. amaliy dasturlar - kompyuterdan foydalanayotgan insonga zarur bo’lgan ishlarni (misol uchun, matnlarni tahrirlash, axborot massivlarini qayta ishlash, videotasvirni ko’rish, xabar yuborish kabi ishlarni) bevosita amalga oshiradigan dasturlar;

    45. tizimga oid dasturlar, bunday dasturlar orasida kompyuter ishini boshqaradigan, boshqa dasturlarni ishga tushirib, kompyuter ishlayotgan vaqtda xizmat ko’rsatib boradigan -operatsion tizim alohida ahamiyatga egadir. Xizmat ko’rsatish vazifasini bajaruvchi boshqa dasturlar asosan ko’makchi ish bajaradi, ya’ni misol uchun, foydalanilayotgan axborotning zaxira nusxalarini barpo etadi, kompyuter qurilmalarining ish qobiliyatini tekshirib boradi va h. k.;

    46. Kompyuter monitori (displey, display - ko’rsatmoq, tasvirlamoq), matnli va grafik axborotlarni asosan kineskop (elektron-nurli asbob) ekranida ko’z bilan ko’rish uchun aks ettiradigan qurilma. Monitorlar rangli va monoxrom bo’lib, bir-biridan o’lchamlari bilan farq qiladi. Shuningdek, rostlash va ranglarni to’g’rilash uchun mo’ljallangan turli vositalar bilan jihozlanadi. Monitorlarning axborotni tasvirlash qobiliyati (aks ettiriladigan tasvirdagi gorizontal va vertikal bo’yicha chiqariladigan nuqtalar soni) turlicha bo’ladi.

    47. Kursor (ingl. cursor -ko’rsatkich) EHM tomonidan displey ekranida ko’rsatilib, uning ish nuqtasini belgilaydigan (identifikatsiyalaydigan) harakatchan belgi.

    48. Kesh-xotira qurilmasi - foydalanuvchi daxl qila olmaydigan, nisbatan sekin ishlovchi xotira qurilmalari ichida saqlanayotgan axborot bilan bajarilayotgan operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ravishda ishlatiladigan, tez ishlovchi, kichik hajmli (virtual) buferli xotira qurilmasidir. Agar mashinada hajmi 256 Kbaytga teng kesh-xotira qurilmasi qo’llanilayotgan bo’lsa, ushbu qurilma shaxsiy kompyuter ishining unumdorligini 20 foizga oshiradi

    49. Mikroprotsessor xotirasi (MPX) - kichik hajmga ega xotira bo’lsa ham-ki, u haddan tashqari tez ishlaydi (bunda, MPXga murojaat qilish vaqti, ya’ni ushbu xotiradan axborotni qidirib topish, yozish yoki solishtirib chiqarish uchun sarflanadigan vaqt nanosoniyalarda o’lchanadi). Mazkur xotira qurilmasi axborotni qisqa muddat davomida saqlash, yozib olish va mashinaning hisoblarda ishtirok etayotgan taktlariga bevosita uzatish uchun mo’ljallangan. MPX mashinaning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash uchun qo’llaniladi, negaki asosiy xotira qurilmasi tez ishlaydigan mikroprotsessorning unumli ishlashi uchun zarur bo’ladigan axborot yozish, qidirib topish va solishtirib chiqarish tezligini doim ham ta’minlay olmaydi.

    50. Minikompyuterlar yirik hisoblash mashinalari (meynfreymlar) bilan mikrokompyuterlar o’rtasidagi oraliq mavqega ega kompyuterlar turi. Aksariyat hollarda minikompyuterlarda RISC va UNIX arxitekturasi qo’llanilib, ular o’nlab va yuzlab terminallar yoki mikrokompyuterlar ulanadigan serverlar vazifasini bajaradi. Minikompyuterlar yirik firmalar, davlat idoralari, ilmiy muassasalar, o’quv muassasalari va kompyuter markazlarida, mikrokompyuterlar hal eta olmaydigan ishlarni bajarish, axborotning juda katta hajmini saqlash va unga ishlov berish uchun qo’llaniladi. Minikompyuterlar asosan Ay-Ti-end-Ti (AT&T), Intel (Intel), Xyulett-Pakkard (Hewlett-Packard), Digital Equipment firmalari tomonidan ishlab chiqariladi.

    51. Modem (ingl. mo(dulator) va dem(odulator)), kompyuterlar orasida axborot almashinish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, aloqa yo’li orqali uzatish maqsadida diskret (uzlukli) signallarni modulyatsiya qilingan uzluksiz signallarga va bunday signallarni qabul qilish mobaynida (demodulyatsiya qilgan tarzda) diskret signalga aylantirish uchun xizmat qiladi. Mahalliy hisoblash tarmoqlarida, modem, axborot oqimining server bilan terminallar orasidagi taqsimotini boshqaradi.

    52. Sichqon (ingl. mouse) qo’l kaftiga bemalol sig’adigan, tugmali quticha ko’rinishiga ega kompyuter manipulyatori, ko’rsatish qurilmasi. Sichqon stol yoki shunga o’xshash boshqa yuza ustida qanday surilsa, monitor ekranidagi kursor ham xuddi shu tarzda surilib boradi. Sichqondagi tugmalari yordamida kompyuterga komandalar beriladi. Sichqon grafik to’plamlarda keng ko’lamda qo’llaniladigan menyu, piktogramma kabi ob’ektlar bilan manipulyatsiya qilish amallarini nihoyatda qulaylashtiradi.

    53. Noutbuk (ingl. notebook - yozuv daftari) jamiki ichki va tashqi qurilmalari yagona korpusga birlashtirilgan bo’lib, odatda, vazni 2-5 kg keladigan kichik chemodan ko’rinishiga ega ixcham mikrokompyuter. Ko’chmas mikrokompyuterga ulangani kabi, noutbukka ham qo’shimcha tashqi qurilmalar ulanishi mumkin. Elektr ta’minoti bilan akkumulyator batareyalari vositasida ta’minlanadi.

    54. Asosiy xotira qurilmasi axborotni saqlash va kompyuterning boshqa bloklari bilan almashinish uchun mo’ljallangan.

    55. Mashinaning asosiy funktsional imkoniyatlari - axborotga ishlov berish, saqlash va tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish.

    56. Shaxsiy kompyuter - hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bo’yicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o’rnatiladigan yoki qo’lda olib yuriladigan, atayin bitta foydalanuvchi tomonidan ishlatilishi uchun yaratilgan EHM.

    57. Tizim bloki tarkibiga esa kompyuterning barcha asosiy uzellari kiradi. Jumladan:

    58. tizim platasi (yoki asosiy plata) Motherboard

    59. elektr ta’minot bloki;

    60. ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich (vinchester);

    61. ko’chma magnit disk asosidagi to’plagich;

    62. optik disk asosidagi to’plagich;

    63. qo’shimcha qurilmalarni ulash uchun mo’ljallangan ajratkichlar.

    64. Plotter (ingl. plotter -kartograf) - grafik axborotni (rasm, chizma va xaritalarni) qog’ozga chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma.

    65. Foydalanuvchi, informatikada - hisoblash tizimi (misol uchun EHM) yoki dasturiy vositadan (dastur, ish tartibi va shu kabilardan) foydalanayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs.

    66. Printer - axborotni qog’ozga bosib chiqarish uchun mo’ljallangan elektromexanik qurilma. Printerlar monoxrom va rangli, zarb berib (impact) va zarb bermay ishlaydigan (non-impact) turlarga bo’linadi. Ishi izchil kechadigan printerlar belgilarni qog’ozga ketma-ket bosadi, satrli printerlar - bitta satrni birdaniga, sahifali printerlar esa bitta sahifani butunligicha shakllantiradi.

    67. Matritsali printerlar XX asrning 70-, 80- yillarida kompyuter sohasida eng keng tarqalgan printerlar bo’lgan. Ishi zarb berib (impact dot matrix) izchil kechadigan axborot bosish qurilmalari ignalar yoki ingichka kichik o’zaklarning bitta (ikkita) vertikal qatoriga

    68. ega bosuvchi kallak bilan jihozlangan.

    69. Purkovchi printerlar zarb bermay ishlaydigan (non-impact) printerlar turiga mansubdir. Bunday printerlarda tasvir, bosuvchi kallak naychalari (soplolari) vositasida qog’ozga purkaladigan maxsus siyohlarning mikrotomchilari bilan shakllanadi. Ushbu naychalar soni, printerlar modellariga bog’liq holda, odatda, 12 donadan 256 donagacha bo’ladi. Purkovchi printerlarning aksariyat modellarida tasvirni tiniq bosish qobiliyati bir dyuymga 1440 ta nuqtaga qadar etadi. Matritsali printerlardan farqliroq purkovchi printerlar ishi ancha shovqinsiz kechib, tasvir sifatli bosilishini ta’minlaydi.

    70. Lazerli printerlarda tasvir yaratilishining elektrografik tamoyili qo’llaniladi, ya’ni: bo’yoq (toner) zarralari elektrostatik potentsial yordamida barabanga tortiladi va barabanda shu tariqa hosil bo’lgan tasvir qog’ozga o’tadi.

    71. Yorug’lik diodi vositasida ishlaydigan printerlar (Light Emitting Diode, LED) o’z nomini yarim o’tkazgich lazer o’rniga juda kichik yorug’lik diodlarining "tarog’i" qo’llanilganligi uchun olgan. Bunday printerlarga aylanuvchi ko’zgu va linzalarning murakkab optik tizimiga ehtiyoj bo’lmaydi, bu esa, o’z navbatida, printerning tan narxi arzonlashishiga imkon yaratadi.

    72. Sublimatsion printerlar (dye sublimation) rangli tasvirlarni o’ta yuqori sifat bilan bosish uchun qo’llaniladi. Bunday printerlarda bo’yash tasmalari taxminan 400 gradusga qadar qizdiriladi. Natijada bo’yoq modda bug’lanib, maxsus qog’ozga o’tadi.

    73. Dastur (hisoblash mashinasida) - masalani echish qoidalari yoki amallari majmuining (algoritmining) dasturlash tilida berilgan tavsifi (muayyan EHMning mashina tiliga translyator vositasida avtomatik tarzda o’giriladi). Dastur tuzish jarayoni -dasturlash deb ataladi

    74. Dasturlash, EHMda hal etiladigan vazifalarni tayyorlash bo’lib, o’z ichiga quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:

    75. Dasturiy ta’minot (yoki EHMning matematik ta’minoti), Ehmning avtomatik ravishda ishlashini ta’minlovchi dasturlar, tavsiflar va yo’riqnomalar kompleksi. Umumiy matematik ta’minot (muayyan EHMda hisoblash jarayonini tashkillashtirish uchun) va maxsus (ma’lum vazifalarni hal etish uchun) matematik ta’minotlarga farq qiladi.

    76. Sayt - (site - joy, o’rin), axborot ko’rsatish uchun mo’ljallangan, Internet tarmog’ida o’z manziliga ega bo’lgan sahifa. Internet tarmog’ida ushbu atama o’zaro bog’langan gipermatnli hujjatlardan (kichik sahifalardan) tashkil topgan yagona informatsion tuzilishni anglatadi.

    77. Skaner (scanner) qog’ozdagi mashinkada yozilgan matnni, shuningdek, grafik tasvirlar, rasmlar, chizmalar, slaydlar va fotosuratlarni avtomatik hisoblab, kompyuterga kiritish uchun mo’ljallangan qurilma.

    78. Multimedia vositalari - apparat vositalari va dasturiy vositalar kompleksi bo’lib, insonga, o’zi uchun tabiiy bo’lgan turli-tuman muhitlar, ya’ni: tovush, video, grafika, matn, animatsiya kabilardan foydalangan tarzda kompyuter bilan muloqot qilish imkonini beradigan vositalardir. Multimedia vositalari jumlasiga:

    79. Fayl (file, asosan: qog’ozlarni tikib qo’yish, kartoteka hamda ma’lumotlar to’plami ma’nolarini anglatadi), ayrim yozuvlarni identifikatsiyalash uchun xizmat qiladigan tavsiflarga ega, o’zaro bog’liq, tartibga solingan yozuvlar majmui. Asosan kompyuterning tashqi xotirasida joylashib, yuborish va ishlov berish jarayonida yaxlit holdagi narsa sifatida qabul qilinadi

    80. Forum (lat. forum) - Internet tarmog’idagi ommaviy yig’in yoki anjuman. (Qo’shimcha ma’lumot: Qadimiy Rimda ushbu atama siyosiy hayot markaziga aylangan maydon yoki bozorni anglatgan. Rimning bosh forumi - Romanum forumi sanaladi, eramizdan oldingi 6- asrdan boshlab rivojlanib kelgan ushbu forum serhasham arxitektura ansambliga aylandi. Shuningdek, forum deb, har qanday ommaviy vakillar yig’ilishi, s’ezdga aytiladi. Misol uchun, Butun jahon yoshlar forumi)



    81. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

    82. NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI

    83. AMALIY MATEMATIKA” KAFEDRASI



    84. TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” FANIDAN



    85. ILOVALAR





    86. NAMANGAN – 2019








    Download 7,49 Mb.
  • 1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




    Download 7,49 Mb.