• Вставить
  • Mavzu-3: MS WORD MATN MUHARRIRI, MS EXCEL ELECTRON JADVALI, MS POWER POINT TAQDIMOTLAR YARATISH DASURLARI
  • Tayanch soz va iboralar
  • Format
  • 3. Word 2010 dasturida ishlashni boshlash.
  • Amaliy matematika




    Download 7,49 Mb.
    bet5/56
    Sana25.12.2019
    Hajmi7,49 Mb.
    #4861
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

    Papka - bu mantiqiy sig'im bo'lib, unda ixtiyoriy obyektlarni, Hujjatlarni, fayllarni, yorliqlarni va saqlash mumkin. Papka DOS ning direktoriyasi yoki katoligiga o'xshashdir.

    Yorliq - bu obyektning (Hujjat, dastur, qurilmaning) shartli belgilanishi bo'lib, obyektga tezda murojat qilishni ta’minlaydi.

    Piktogramma. Windowsda piktogrammalar dasturlarni kichraytirilgan holda bajarish uchun ishlatiladi. Piktogrammalar 3 xilda bo'ladi:

    • dastur piktogrammalari;

    • hujjat piktogrammalari;

    • dasturlar sarlavxalari piktogrammalari;

    Dastur piktogrammalari dastur darchadan dasturga kichraytirilganda hosil bo'ladi. Faqatgina dastur piktogrammalari darcha tashqarisida joylashadi. Ularni ochish darchadan tashqaridagi ekranning ixtiyoriy qismiga ko'chirishingiz mumkin.

    • hujjat piktogrammalari kichraytirilgan hujjat darchalaridir. Bu piktogrammalarini faqatgina ishlayotgan dastur ish maydoni doirasida ish joyini o'zgartirish mumkin.

    • dastur sarlavhalari piktogrammalari dasturlarni boshqarishda ishlatiladi. Bunda har bir piktogramma va uni tasvirlovchi Hujjatlar ro'yxatiga ega bo'ladi. Bu piktogrammalar dastur guruhlari darchasida joylashadi.

    Windows oynalari. Oynalar bir necha tipda bo'ladi:

    • amaliy oynalar yoki dasturlar oynalari, ular dasturlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi;

    • guruhli oynalar yoki hujjatlar oynasi, u foydalanuvchining Windows muhiti bilan aloqasi uchun ishlatiladi;

    • muloqot oynalari - bu oynalarning alohida ko'rinishi bo'lib, ularda muloqotni tashkil etish maqsadida bajariladigan jarayonlar uchun foydalanuvchi tanlaydigan qo'shimcha parametrlar beriladi; bu oynalar oldingi aytib o'tilganlardan farqli o'laroq mashtablanmaydigan va ko'chirilmaydigandir.

    Papkani o'chirish uchun kerak bo'lgan papka belgilanadi va klaviaturadan Del tugmachasi bosiladi.

    Papkani bir joydan ikkinchi joyga umuman boshqa joyga ko'chirish uchun ko'chirilishi kerak bo'lgan papka ustiga sichkonchaning kursorini olib kelib sichqonchani o'ng tugmasi bosiladi. So'ngra qaerga joylanishi kerak bo'lsa o'sha katalog yoki disk ochiladi. O'sha yerda sichqonchani o'ng tugmasi bosiladi. Menyudagi Вставитьtanlab bosiladi.



    Papkadan nusxa ko'chirish uchun papka belgilanadi va sichqonchaning o'ng tugmasini bosib, u yerdan kopirovat tanlanadi. Nusxani joylash uchun joylanishi kerak bo'lgan yerga sichqoncha kursori olib kelinadi va sichqonchaning o'ng tugmasi bosiladi, so'ngra menyudan Вставитьtanlab bosiladi.

    Ish stolida yorliq tashkil qilish. Windows muhitida diskda yana bitta obyekt - yorliqlar hosil qilish imkoniyati ham mavjud. Yorliq (shortcut) maxsus fayl bo'lib, o'zida boshqa fayl, katalog yoki tashqi qurilmaga yo'l (yo'nalish) haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi.

    Ko'p ishlatiladigan dasturlarga murojaat qilishni yorliqlar orqali amalga oshirish mumkin. Ko'p hollarda murojaat qilishga to'g'ri keladigan hujjat, tashqi qurilma (masalan, printer) uchun ham yorliq tashkil qilish maqsadga muvofiq. Shundan so'ng, bu hujjatni ochish uchun uning yorlig'ida sichqoncha klavishasini 2 marta bosilsa kifoya. Yorliq faqat hujjatlar uchungina emas, balki ixtiyoriy obyektlar, xususan papkalar, disklar boshqa komputer va printerlar uchun ham tashkil qilinishi mumkin. Yorliqni faqat ish stoliga emas, balki ixtiyoriy papka ichiga joylashtirish foydalanuvchi ixtiyorida bo'ladi. Yorliq hosil qilish hujjatning nusxasini olish degani emas. Ixtiyoriy yorliq ko'pi bilan 374 bayt joy egallashi mumkin. Shuning uchun ham bitta obyekt uchun xoxlagancha yorliq hosil qilish mumkin. Yorliqlar fayllar kabi nomlanadi va LNK (Link-связь-aloqa so'zidan olingan) kengaytmasiga ega bo'ladi. Yorliqni o'chirish - bu hujjatni yo'qotish degani emas.

    Yorliq uchun yorliq hosil qilish man qilinmaydi, lekin bu holda ikkilamchi yorliq ham birlamchi yorliq kabi asosiy obyektga yo'l haqidagi ma’lumotlarni saqlab, birlamchi yorliqning nusxasi vazifasini bajaradi. Yorliqlar piktogrammasi asosiy obyekt piktogrammasi bilan bir xil bo'lib, faqat piktogrammaning quyi burchagidagi egri strelka mavjudligi bilan farqlanadi.

    Nazorat uchun savollar:


    1. Operatsion tizim vazifalari.

    2. Operatsion tizim turlari.

    3. Windows amaliyot tizimi. Uning asosiy imkoniyatlari.

    4. Windowsni yuklash va unda ishni yakunlash ketma-ketligi.

    5. Windows darchasi. Asosiy menyu tarkibi va vazifalari.

    6. Windowsda darchalarning oʻlchamini joyini oʻzgartirish. Darchalar turi.

    Mavzu-3: MS WORD MATN MUHARRIRI, MS EXCEL ELECTRON JADVALI, MS POWER POINT TAQDIMOTLAR YARATISH DASURLARI

    Reja:

    1. WORD muharriri imkoniyatlari, ishlashni boshlash.

    2. Excel lentalari bilan ishlash.

    3. Power Point da taqdimot yaratish

    Tayanch so'z va iboralar: Windows, Microsoft Office, word, excel, power point, menyu, lenta.

    1. WORD muharriri haqida tushuncha.

    Microsoft Word - Windows muhitida ishlash uchun mo'ljallangan Microsoft Office tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo'lib, uni matn muharriri deb atashadi. U har xil xatlar, hujjatlar va hisobotlar tayyorlashda qulay vositadir. Shuningdek uning yordamida blanklar va anketalar, maqolalar hamda risolalar ham tayyorlash mumkin.

    Wordda hujjatlarni yaratishda, uning tarkibiga kiritilgan, ko'plab shablonlar tizimi va formatlash uslublaridan foydalaniladi. Word WYSIWYG (nimani ko'rsang shuni olasan, ya’ni ekranda qanday ko'rinsa, chop etilganda qog'ozda ham shundayligicha ko'rinadi) turidagi muharrirlar guruhiga kiradi.

    Odatda Word matnli fayllarni o'zining shaxsiy ikkilik formatida .doc kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli lahjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn muharrirlari tomonidan ham qo'llash uchun qabul qilingan. RTF formati o'zining matnli tuzilmasi bo'yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Hozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo'lib hizmat qilmoqda. Bu muharrirning oxirgi lahjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) ham saqlash imkoniyatiga ega.

    Word matn muharririda hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalari ishlatiladi. Ayrim uskunalar panellari (lentalar) va ularning vazifalari bilan tanishamiz.

    Standartnaya - fayl va almashishlar buferi bilan ishlaydigan buyruqlarni ifodalovchi tugmachalaridan iborat.

    Formatirovanie - matnni formatlash uchun ishlatiladi.

    VisualBasic - VisualBasicda Word hujjati bilan biriktirilga dastur yaratishga xizmat qiladi.

    WordArt - figurali matn yaratish buyruqlari joylashgan tugmachalardan iborat.

    Avtotekst - hujjatga ko'p takrorlanadigan matn elementlarini tezda joylash yoki almashtirish.

    Baza Dannix - hujjat jadvallarida ma’lumotlar ombori yaratish va u bilan ishlash uchun xizmat qiladi. Nastroyka Izobrajeniya - grafikali tasvirlar bilan ishlovchi buyruqlarni chaqiruvchi tugmachalar joylashgan.

    Retsenzirovanie - xabarlar yoki taqrizlar joylash uchun xizmat qiladi.

    Risovanie - hujjatga grafikali obyektlar joylash uchun xizmat qiladi.

    Forma - ma’lumotlar ombori bilan ishlaganda forma, jadval, ro'yxat, kiritish maydonlari yaratish tugmachalarini ifodalaydi.

    Elementi upravleniya - hujjatga tugmachalar, pereklyuchatellar va Visual Basicning boshqa elementlarini joylaydi.

    Word xat yoki maqolalar yaratishning bir necha shablonlarini taklif etadi. Bitta shablondan ko'p marta foydalanish mumkin.

    Hujjatni yaratish, saqlash, ochish va yopish uchun Fayl tavsiyanomasi bo'limlaridan yoki “Standartnaya” panelidagi tugmachalardan foydalanish mumkin.

    Word matn muharriri hujjatlarni boshqa formatlarda ham saqlash imkoniga ega. Biror hujjatni Microsoft Word formatidan farqli formatda saqlash uchun hujjatni saqlash darchasidagi “Tip fayla” ro'yxat maydonidan kerakli format tanlanishi va “Soxranit” tugmasi bosilishi kerak.

    Matn muharrirlarining, shu jumladan Word dasturining, muhim xususiyatlaridan bin matnni har xil formatlash imkoniyati mavjudligidir. Formatlashni uch xil ko'rinishini farqlashadi.



    . Belgilarni formatlash - bunda gap asosan shriftni o'zgartirish haqida ketadi.

    . Abzastni formatlash - bunda matndagi alohida abzastlar maydonlari o'lchamlarini, satrlar orasidagi intervallarni o'zgartirish va abzastlarni tekislash tushiniladi.

    . Sahifalarni formatlash - bunda sahifa ko'rinishini va o'lchamlarini tanlash, xoshiyalar o'lchamlarini o'zgartirish nazarda tutiladi.

    Belgilarni formatlash matn yozishda shrift rangi, o'lchami va uslubini o'zgartirish amallarini o'z ichiga oladi. Buning uchun “Formatirovanie” uskunalar paneli tugmachalaridan ham foydalanish mumkin.

    Abzastlarni formatlash quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    . abzastlarni tekislash;

    . abzast chegaralarini o'rnatish;

    . abzast birinchi satri boshlanadigan chegarani o'rnatish;

    . satrlar orasidagi masofani o'rnatish;

    . abzastlar orasidagi masofani o'rnatish;

    . abzastni sahifada joylashishi nazorati.

    Abzastlarni tekislash “Formatirovanie” uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word hamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko'rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o'ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo'ylab ikki tarafga ham tashkil qilish mumkin.

    Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontal chizich yordamida o'rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining Abzast bo'limi yordamida ham o'rnatish mumkin.

    Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Yahni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan ham ko'proq interval bo'lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o'zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo'limidagi “mejstrochnqy” maydonidagi ro'yxatdan foydalanish mumkin.

    Har qanday qog'ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo'ladi. Word sahifaning hamma tarafidagi hoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o'rnatish imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa bo'limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi.



    Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki “Standartnaya” uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak.

    Word muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda Word muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo'yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo'natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko'zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.

    WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:

    Avtomatn - matn kiritilayotganda ayrim so'z, tushuncha va jumlalarni bir necha bor yozishga to'g'ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug'i ularni qayta yozadi.

    Avtomuharrir - matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to'g'irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.

    Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo'lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.

    Formatlash - bu hujjat shaklini o'zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi


    zarur bo'lgan so'z va tushunchalarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi
    masofalarni o'zgartirish mumkin.

    Avtoformat - mavjud shakllar asosida matnni formatlash.



    • Kolontitul - har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo'lishi mumkin.

    • Konteks menyusi - “sichqoncha” ning o'ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan obyektga mos ravishda menyu ham o'zgarib turadi.

    • Sichqoncha” - hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo'lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo'ladi.

    2. Word muharriri imkoniyatlari:

    • Matnlarni kiritish va tahrir qilish;

    • Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko'zdan kechirish;

    • Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;

    • Formatlash usullaridan foydalanish ;

    • Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;

    • Blankalarni tayyorlash ;

    • Jadvallar bilan ishlash;

    • Zarur holda yordamchi ko'rsatma berish;

    • Formulalar yozish;

    • Imloni tekshirish;

    • So'zlarni bo'g'inlab ko'chirish;

    • Windows ilovalari ma’lumotlaridan foydalanish;

    • Word Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;

    • Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish. 3. Word 2010 dasturida ishlashni boshlash.

    MicrosoftWord2010 – Windows muhitida ishlash uchun mo'ljallangan Microsoft Offic e tarkibiga kiruvchi dasturlardan biri bo'lib, Microsoft Word 2010 dasturini ishga tushirish bir nechta usullari mavjud:

    1. Pusk ->Vse programmi ->Microsoft office 2010 ->Word 2010ni tanlash orqali;

    2. Agar ishchi stolda Microsoft office paneli mavjud bo'lsa, undagi Word yorlig'iga
    sichqoncha ko'rsatkichi keltirilib, chap tugma bosiladi;

    3. Kontekst menyu orqali ->Sozdat^ ДокументMicrosoft Word

    Hosil bo'lgan konteks menyudan «MS Word 2010» ishga tushiriladi. Microsoft Word dasturi oynasining umumiy ko'rinishi quyidagi rasmda keltirilgan:





    Fayllar bilan amallar bajarishning asosiy buyruqlari Office tugmachalari menyusida yig'ilgan.

    Faylni yaratish uchun “


    Download 7,49 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Download 7,49 Mb.