42
RAQAMLI TA’LIM MUHITI NAZARIYASI: RIVOJLANISHNING
ZAMONAVIY DARAJASI
Berdaliyeva Gulasal Abdukunduzovna
Q.Niyoziy nomidagi O‘zPFITI mustaqil tadqiqotchisi, (PhD) dotsent
ANNOTATSIYA
Maqolada o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy
rivojlanish jarayonini
takomillashtirish, raqamli ta’lim muhitini yaratish, raqamli texnologiyaning
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berilgan.
АННОТАЦИЯ
В статье представлена информация о
совершенствовании процесса
непрерывного профессионального развития учителей, создании цифровой
образовательной среды, особенностях цифровых технологий.
ANNOTATION
The article presents information on improving
the process of continuous
professional development of teachers, creating a digital educational environment,
and features of digital technologies.
Hozirgi raqamlashgan jamiyatda o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanish
jarayonini takomillashtirish ta’lim sifatini ko‘tarishning eng muhim yo‘nalishlaridan
biri hisoblanadi.
“Raqamli ta’lim” o‘z mohiyatiga ko‘ra, ta’lim
jarayonining asosan raqamli
texnologiyalar bilan ishlaydigan hamda ta’lim metodlari raqamli mahsulotlar
bo‘lgan elektron darslik, elektron ma’ruzalar to‘plami,
virtual laboratoriya
ishlanmalari, mustaqil ishlar nazoratini tashkil etish mexanizmining elektron bazasi
va masofaviy xizmatlarga asoslangan tizimlardan iborat qismi hisoblanadi.
Ma’lumki, hayotni anglash, uni o‘rganish informatsiyalarni yig‘ish va o‘zlashtirish
orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs
tomonidan o‘zlashtirilgan informatsiyalarning ko‘p yoki ozligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo‘l ochish, ta’lim tizimini
takomillashtirishda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning
talabiga aylandi.
S.Usmanov, Z.Abduraxmonovlarning “raqamli ta’lim
muhitini yaratish
konsepsiyasi”da yangicha ta’lim muhitlarini yaratish tamoyillari tahlil qilingan va
uning mazmuni ochib berilgan[6].
Z.L.Umarov ta’limni raqamlashtirish sharoitida pedagoglarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish pedagogikasi fani asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy
tadqiqotlar olib borgan[7].
Mark Prenskining “Digital Natives, Digital Immigrants” (“Raqamli dunyo
sohiblari, raqamli dunyo muhojirlari”) nomli maqolasida bugungi kun pedagoglariga
quyidagi ta’rifni beradi: “Hozirda o‘qituvchilarimiz batamom o‘zgargan. Zamonaviy
o‘qituvchilar endilikda biz ishlab chiqqan ta’lim tizimimizga ko‘ra o‘qitiladigan
kishilar emas”. Maqolada bugunning tinglovchilari “Digital Natives” – “Raqamli
dunyo sohiblari”– bugungi kunda kompyuter, video o‘yinlari va internetning raqamli
tilida o‘z ona tiliday so‘zlashuvchi yoshlar sifatida ta’rif beriladi. Ta’lim sohasi
43
vakillari o‘qituvchilarga esa “Digital Immigrants” – “raqamli dunyo muhojirlari” –
raqamli, elektron
dunyoga moslashayotgan, yangi texnologiyalarning ko‘pgina
qirralarini endi qabul qilayotgan kishilar sifatida baho beriladi[8].
Raqamli texnologiyalardan foydalanish va uni biror-bir sohaga tatbiq etish o‘z
ichiga qator vazifalarni oladi.
Pedagogikada bir qancha metodologik yondashuvlar mavjud: tizimli, faoliyatli,
kompetentli va boshqalar.
Yondashuv
pedagogika metodologiyasining kategoriyasi sifatida, pedagogik
paradigma va ta’lim nazariyasi o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib tasavvur qilinadi
va muayyan belgilarning: - ta’lim jarayonida foydalaniladigan asosiy tushunchalar;
ta’lim faoliyatini amalga oshirishning tayanch qoidalari sifatidagi tamoyillar; ta’lim
jarayonini qurishning usullari va metodlarining mavjudligi bilan tavsiflanadi.