45
“....raqamli texnologiyaning xususiyatlarini tushunish va o‘rganish, raqamli
ta’lim jarayonlarining umumiy qonuniyatlarini va ularning turli sohalarda
ko‘rinishining alohida tomonlarini o‘rnatish uchun hozirgi kunda ilmiy bilimlarning
turli sohalarida qo‘llanadigan, lekin hozircha raqamli ta’lim jarayonlarining umumiy
nazariyasi yagona ilmiy metodologiyasi bilan bog‘lanmagan, taqamli ta’lim
jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan hozirgacha shakllangan bir qancha tasavvurlarni
qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘ladi” degan fikrga qo‘shilmasdan bo‘lmaydi.
Shunga ko‘ra, pedagogik hodisalarni ko‘rib chiqish uchun raqamli texnologiya
tushunchasini doimiy harakatda bo‘lgan, yig‘iladigan, qayta ishlanadigan,
saqlanadigan, uzatiladigan va tizim tomonidan foydalaniladigan (yoki foydalanish
mumkin bo‘lgan) ma’lumotlar deb hisoblash mumkin.
Raqamli texnologiyaning metodologik qiymati, fundamentalligi, universalligi
undan asos bo‘luvchi g‘oya sifatida foydalanish imkonini beradi. Aynan shu
yondashuv raqamli ta’lim jarayonlarini yagona nuqtai nazardan ko‘rib chiqish
imkonini beradi.
Shaxsning barcha ko‘rinishlari
raqamli texnologiyaga
tayanadi va raqamli
ta’lim jarayonlarini o‘zida aks ettiradi. N.A.Sirelchukning xaqqoniy ravishda
ta’kidlashicha: “Raqamli texnologiyaning o‘zini bilish subektidan tashqarida
tasavvur
ham qilish mumkin emas, u.... raqamli texnologiyani, bilimlarni,
ma’nolarni yaratuvchi va foydalanuvchi hamda ularning asosida rivojlanish va o‘z-
o‘zini rivojlantirishning amaldagi agenti bo‘lib qoladi....”
Raqamli ta’lim muhiti nazariyasining yuqori evristik imkoniyatlari
pedagogik hodisalarning raqamlili tabiatini ochish, ta’lim jarayonining uslubiy-
didaktik ta’minotining xususiyatlarini aniqlash, pedagogik raqamlashgan
axborotlarni baholashni amalga oshirish va uning asosida ta’lim
jarayonini
optimallashtirish imkonini beradi.
Ta’limiy faoliyat
boshqa har qanday pedagogik asosdagi jarayon kabi, o‘z
tabiatiga ko‘ra raqamlidir, chunki u turli xil
raqamlashgan axborotlar
bilan amallar
bajarishni nazarda tutadi. Bundan tashqari
ta’limiy faoliyat
uni qayta ishlashdan
iborat bo‘lib, V.Gasparskiyning fikricha, voqe’likni o‘zgartirishning
raqamli
tayyorgarligidir.
Fan va amaliyot rivojlanishining hozirgi sharoitlarida pedagogikaning fan
sifatidagi chegaralarini aniqlash va pedagogik hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va
oldindan aytib berish uchun ishonchli vositaga ega bo‘lish
bilan birga har bir
pedagogik tushunchani aniqlashtirish lozim Bu maqsad uchun pedagogik vosita
sifatida biz tomonimizdan
raqamli texnologik yondashuv
tanlandi.
Shunday bo‘lsa-da, olimlarning bu muammoga yuqori darajadagi
qiziqishlariga qaramay, hozirgi kunga kelib, ta’limga raqamli texnologik
yondashuvning ilmiy asoslari va uning evristik salohiyati hozircha aniqlanmagan,
ilmiy izlanish metodlari ishlab chiqilmagan, hal qilinishida raqamli ta’lim muhiti
nazariyasining qoidalari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan pedagogik muammolar
doirasi aniqlanmagan.
O‘qitishga bo‘lgan axborotli yondashuv nuqtai
nazardan uning tashqi
(o‘qitishning kommunikativ tomonlarini ta’minlovchi
raqamli ta’lim jarayonlar
) va
46
ichki ko‘rinishi (atrofning ta’sir ko‘rsatishi ostida tinglovchilarning mental
darajasida yuz beruvchi
raqamli ta’lim jarayonlar
) ko‘rib chiqilishi lozim.
Ta’lim jarayoni raqamli tomonining qiymati zaruriy turli-tumanlikning
ob’ektiv qonuniyati bilan aniqlanadi, u esa, har qanday o‘qitish tizimi faqat olingan
raqamlashgan axborot asosidagina maqsadli faoliyat ko‘rsatishini ta’kidlaydi.
Tinglovchilarning bilish faoliyatini boshqarishning muammolari orasida
quyidagilar ayniqsa qiziqroq: o‘quv axborotlari hajmini aniqlash, o‘quv mehnatining
sarfi, o‘quv predmetlarini o‘rganishning ketma-ketligi, o‘qitishga sarflanadigan
vaqtni me’yorlashni asoslash.
Bundan tashqari, raqamli texnologik yondashuv, raqamli ta’lim
jarayonining
turli bosqichlarini tanlashda tinglovchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etish
usullari sifatidagi o‘qitish metodlari tushunchasini kengaytirish imkonini beradi.
Ta’kidlash
muhimki,
pedagogikada
raqamlashtirishning
umumiy
konsepsiyasining qo‘llanilishi, ta’lim jarayonini pedagogik tadqiq qilishning
an’anaviy yo‘nalishini uning ishtirokchilarining raqamli-ta’limiy muammolari
jarayoni bilan almashtirish imkonini beradi.
Belgilash lozimki, hozircha raqamli-ta’limiy faoliyatning ozgina bo‘lsa ham
to‘liq va bir butun konsepsiyasi mavjud emas. U o‘zining rivojlanish bosqichida
turibdi.
Pedagogik hodisalardagi raqamli ta’lim jarayonlarni ta’lim jarayonida
axborotni olish, o‘zgartirish, uzatish va o‘zlashtirish nuqtai nazaridan ko‘rib
chiqamiz. Raqamli texnologik yondashuvni nazariy umumlashtirish sifatida asos
(bazis), g‘oya va natijalarni ajratib olamiz.
Raqamli texnologik yondashuvning nazariy asoslarining bu tuzilmasini
quyidagicha tavsiflaymiz:
−
Hozirgi zamon jamiyatini raqamlashtirish tendensiyalari;
−
Empirik negiz (raqamli
axborotni uzatish, qayta ishlash, saqlash,
o‘zgartirish tajribasi, uni umumlashtirish va qonuniyatlari);
−
Nazariy negiz: konseptual qoidalar, falsafiy, didaktik, psixologik,
informatika va h.k. tushunchalar.
Raqamlashtirish
ilmiy-texnika rivojlanishining ilg‘or tendensiyalaridan biri
sifatida zamonaviy jamiyatning ko‘pgina tomonlarini qamrab olgan. Raqamlashgan
axborot industriyasi, raqamli texnologiyalari jadal ravishda yaratilmoqda.