davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini
bitimdagi amal qilish muddatiga muvofiq faoliyat koʻrsatishini oʻrganib borish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari
faoliyatini maktabgacha taʼlim tizimidagi normativ-huquqiy hujjatlar va Sogʻliqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari, meʼyorlari va gigiyena normalari
asosida faoliyatini
oʻrganib chiqish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlariga
tegishli shoʻbalar bilan hamkorlikda metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish va
muvofiqlashtirish;
davlat-xususiy sherikchilik asosidagi hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun
davlat budjetidan ajratilgan subsidiyalardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
oʻz yoʻnalishi boʻyicha boʻlimga kelgan hujjatlarning ijrosini taʼminlash;
davlat-xususiy sherikchilik hamda oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish
istagini bildirib va shu yoʻnalish boʻyicha qilingan murojaat va takliflarni oʻrganib chiqish,
fuqarolarni qabul qilish va murojaatlarni hal etish choralarini koʻrish.
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
tartibi,
mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va
ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;
maktabgacha va maktab taʼlim tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan
maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan
ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning
himoya qilinishini
taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.