Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi boshligʻining
LAVOZIM YOʻRIQNOMASI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur lavozim yoʻriqnomasi maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi boshligʻi
(bundan buyon matnda – boʻlim boshligʻi)ning lavozim majburiyatlari, huquqlari va
javobgarliklarini belgilab beradi.
2. Shoʻba boshligʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi
vazirining, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʼining
(bundan buyon matnda – hududiy boshqarmalar) buyrugʻiga koʻra lavozimga tayinlanadi va
lavozimdan ozod etiladi.
Shoʻba boshligʻi bevosita tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga
boʻysunadi va oʻz faoliyatini boʻlim boshligʻi tomonidan tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga
oshiradi.
3. Shoʻba boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga,
vazirlikning hayʼati qarorlari, vazirning buyruqlariga hamda boshqarma boshligʻi koʻrsatmalariga
(bundan buyon matnda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati hamda vazirlikning
hujjatlari deb yuritiladi), “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma”
hamda mazkur yoʻriqnomaga amal qilgan holda faoliyatini olib boradi.