tuman (shahar)dagi umumtaʼlim maktablariga maktab yoshidagi bolalarni toʻliq qamrab olish
boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarni shakllantirish hamda qabul qilinishi kutilayotgan 1-sinf
oʻquvchilari uchun “Prezident sovgʻasi”ga buyurtmalarni shakllantirish va Boshqarmaga taqdim
etish;
umumtaʼlim maktablari tomonidan 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilarni Vazirlikning
adm.maktab.uz elektron platformasiga kiritilishini nazorat qilish;
umumtaʼlim maktablarining 1-sinfiga oʻquvchilar qabuli va ularga “Prezident sovgʻasi”ni
yetkazib berilishini taʼminlash va nazorat qilish;
erp.uzedu.uz elektron platformasida oʻquvchilar haqidagi maʼlumotlarni kiritilishini
taʼminlash va nazorat qilish;
umumtaʼlim maktablari tomonidan elektron dastur orqali yuborilgan sinflar komplektini
shakllantirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tumanning bosh iqtisodchisi bilan birgalikda belgilangan
mezonlar asosida koʻrib chiqish va tasdiqlash;
umumtaʼlim maktablarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish va
ular ishlarini muvofiqlashtirish;
lavozim majburiyatiga taalluqli yoʻnalishlar boʻyicha fuqarolardan kelgan murojaatlarni
oʻrganib chiqib, tegishli javob xatlarini yuborish;
boʻlim nizomi, kasbiy odob-axloq va korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalari, ichki mehnat
tartibi, mehnatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari
talablariga rioya qilish;
xodimlarning va taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik
obroʻsini hurmat qilish;
taʼlimi tizimi obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni
tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda
qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish va maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlash;
foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan
oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi
talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
5. Shoʻba boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart:
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari va shartlari,
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi;
Tuman (shahar) hokimligi, boshqarma va boʻlim boshligʻi buyruqlarida yuklatilgan tegishli
topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot berishi.