-bob. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining lavozim majburiyatlari




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/322
Sana17.05.2024
Hajmi3,57 Mb.
#239820
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   322
Bog'liq
lavozim yoʻriqnomalari

2-bob. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining lavozim majburiyatlari 
4. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni amalga oshiradi: 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi hamda “Maktabgacha 
taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonunlar va boʻlim Nizomi asosida faoliyat koʻrsatadi; 
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni, “Maktabgacha taʼlim
va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek taʼlim tizimiga doir Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmon va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini hamda Respublika 
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining qaror va buyruqlarini, hududiy boshqarmalar 
buyruqlarini tuman (shahar) miqyosida bajarilishini muvofiqlashtiradi; 
taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, taʼlim strategiyasini ishlab chiqish, 
uning rivojlantirish istiqbollarini belgilash va rejalashtirish, taʼlim tizimini maktabgacha
va maktab taʼlimining boshqa sohalari bilan oʻzaro aloqalarni takomillashtirishni taʼminlaydi; 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining yillik, yarim yillik ish rejasi 
loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun hududiy boshqarma boshligʻiga kiritadi; 
ish rejada belgilangan topshiriqlarni oʻz muddatida va sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib 
boradi; 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining Nizomiga muvofiq boʻlim 
Hayʼat majlisiga rahbarlik qiladi; 
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida budjet mablagʻlarini maqsadli
va toʻgʻri ishlatilishini nazorat qiladi, muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi; 
moliyaviy hujjatlarga birinchi imzo qoʻyadi; 


Umumtaʼlim maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida va maxsus maktab-
internatlarida davlat taʼlim standartlari va Maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat talablarining 
bajarilishini taʼminlaydi, shuningdek maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining oʻquv-tarbiyaviy 
ishlarida, moliyaviy va xoʻjalik ishlarini yuritilishi jarayoniga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, 
muvofiqlashtiradi, ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi
va nazorat qiladi; 
taʼlim sifatini oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi; 
Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlim va taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini 
qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil etilishini nazorat qiladi; 
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish 
sohasida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi; 
taʼlim tizimida turli organlar va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni 
rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
oʻz vakolati doirasida tuman (shahar)ning taʼlim tizimida kadrlar siyosatini amalga oshirib 
boradi; 
faoliyatning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha boʻlim xodimlari oʻrtasida funksional vazifalarni 
taqsimlash va ularning javobgarligi darajasini belgilaydi; 
kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, 
texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini taʼminlash. 
maktabgacha hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil 
etadi; 
boʻlim faoliyatiga yakka rahbarlikni amalga oshiradi; 
5. Boʻlim boshligʻi quyidagilarni bajarishi shart: 
ichki mehnat tartibi qoidalari, jamoa va mehnat shartnomalarining talablari hamda shartlari, 
mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalari va meʼyorlariga amal qilishi; 
tuman (shahar) hokimligi va hududiy boshqarma boshliqlari buyruqlarida yuklatilgan 
tegishli topshiriqlarni, belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlashi; 
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida hududiy boshqarma boshligʻlari oldida hisobot berishi. 

Download 3,57 Mb.
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   322




Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻining lavozim majburiyatlari

Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish